86
Ish o‘rni bo‘lishi mumkin:
-operatorlar soniga ko‘ra individual va jamoa bo‘lib(guruhlar bilan);
-malakasi bo‘yicha; universal, maxsus;
-mexanizatsiya darajasi bo‘yicha; avtomatlashtirilgan
mexanizatsiyalashgan,
qo‘lda ish bajariluvchi ish o‘rinlari, nazorat qayd qilish va boshqarish vositalari
yordamida operator tomonidan bajariladigan asosiy funksiyalarga qarab ish o‘rni
bo‘lishi mumkin; Operator tomonidan bajariladigan asosiy funksiyalarga qarab
ish o‘rni bo‘lishi mumkin:
-operativ boshqarish ish o‘rni boshqarish komanda berish, farmoyish,
buyruq
berish masalalarini yechish uchun mo‘ljalangan ish o‘rni
ma‘lumotnomalar
bo‘lgan jamlangan ish o‘rni sistema holati haqida ma‘lumotnomalarni
shakllantirishi uzatish va qabul qilish uchun xizmat qiladigan ish o‘rni;
-ma‘lumotnomalarni qo‘lda kiritish uchun ish o‘rni;
-funksional texnologik nazorat ish o‘rni, texnik vositalar va aloqa kanallari
ustida operativ nazorat qilib turiladigan ish o‘rni;
-EM dasturchisining ish o‘rni;
-kombinitsiyali ish o‘rni, operator tomonidan bir necha funksiyalarni
bajarishi mumkin bo‘lgan ish o‘rni.
Ish o‘rnini ergonomik o‘rganish va loyihalashtirish avval uni jihozlanganli gi
va tashkil etishni o‘rganishni taqozo qiladi.Ish o‘rnini
tashkil qilish bu optimal
mehnat faoliyati sharoitlarini ta‘minlash uchun texnik vositalar va yordamchi
qurilmalarni(mehnat vositalari) ish o‘rnida joylashtirish va faoliyat ko‘rsatishi
bo‘yicha tadbirlar sistemasini o‘tkazish jarayonidir.
Asosiy mehnat vositalariga operator mehnat faoliyati operatsiyalarini
bajarishda bevosita foydalanayotgan qurilmalar kiradi(texnologik qurilmalar,
stendlar, transport vositalari va hokazo).Yordamchi
qurilmalarga texnologik va
tashkiliy jihozlar kiradi. Yordamchi
qurilmalar ish o‘rnida asosiy vositalarni samarali ishlatilishini ta‘minlaydi. Ularga
sozlash, nazorat,tuzatish va boshqa vositalar kiradi.Тashkiliy vositalar va tadbirlar
ekspluatatsiya va xizmat ko‘rsatishda xavfsizlik va qulayliklar yaratish yo‘li bilan
mehnatni samarali tashkil qilishdir.
Ish joyiga qo‘yiladigan talablar:
Ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish- bu ergonomik talablarni hisobga olgan holda asosiy
va yordamchi mehnat vositalarini samarali rejalashtirish va joylashtirishdir.
Ish joyini tashkil qilishda quyidagi asosiy shartlarga rioya qilishi zarur:
-operatorga mehnat faoliyati jarayonida barcha harakatlar va siljishlarni bajarishi
uchun yetarli ishchi maydon hajmini yaratish;
-operator
bilan texnika orasida, hamda operatorlar orasida (guruh bo‘lib
ishlaganida) yetarli darajada fizik, eshitish va ko‘rish aloqalarini yaratish;
-boshqarish vositalarini operatorning harakat (motor) chegarasida joylashtirishi
(eniga, bo‘yiga, chuqurligiga);
-mehnat jarayoni xususiyatlaridan kelib chiqadigan asosiy va yordamchi
operatsiyalarni operatorning ishchi holatida bajarish imkoniyati bo‘lishi;
-ishchi
muhit faktorlarining optimal, ruhsat etilgan chegarasida bo‘lishi (atrof
87
muhit sharoiti, shovqin, titroq, yoritilganlik va boshqalar);
-operatorni atrof muhitning xavfli va zararli faktorlari ta‘siridan himoyalovchi
zarur vositalar yaratish;
-operatorning muddatidan oldin charchog‘ini oldini olish yoki kamaytirish;
-vizual ma‘lumotlarining optimal ko‘rinishini ta‘minlash;
-ishchi holatini almashtirib turish.
Ish o‘rnini loyihalash mezonlari
Ish o‘rnini loyihalashtirishda an‘anaviy mezon bu harakatlarni
kamaytirishdir. Bu yerda ish joyini tahlil qilishda quyidagi aspektlarga e‘tibor
beriladi:
-maqsadga muvofiq ish usuli yaratish. Ma‘lumki har bir vazifa (ish)
turli usularda
bajarilish mumkin . Ularning ichidan tanlab olishda quyidagilar bajariladi:
-operatsiya (faoliyat) maqsadi (ish bajarish jarayonida);
-mavjud tajribalardan foydalanib shu maqsadni amalga oshirish mumkin
bo‘lgan usullarni ishlab chiqish;
-ishlab chiqilgan usullarni tahlil qilib eng yaxshi samarilisini tanlash;
-harakatlar standartini tayyorlash. Bu tayyorgarlik quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
texnik vositalari,ularning o‘lchamlarini ko‘rsatib ish joyini ta‘riflash;
-ishni bajarish sifatiga ta‘sir etuvchi mehnat sharoiti ko‘rsatgichlari
(yoritilganlik, harakat, chang miqdori, titroq,va boshqalar);
-operatorga u yoki bu ta‘sirlarni bajarishda zarur harakatlar ketma-ketligining
jadvalini tuzish;
-vaqt bo‘yicha standartni aniqlash, buning uchun xronometraj yo‘li
bilan vaqni
o‘lchab operatsiyani bajarish uchun malakali operatorga kerak bo‘ladigan vaqt
aniqlaniladi.
Bu me zo n h ar ak atla r v a x r o n o metr ajn i k o ‘ zd a tu tad i v a q o ‘ l
me h n ati b a ja r ad ig an is h lar u ch u n k o ‘ p r o q is h latilad i.
Harakatlar va vaqtni tahlil qilish ish joyini loyihalashning har qanday usulida
kerak bo‘ladi. Lekin bundan tashqari yana ish joyini muskullar toliqadigan va
jiddiy kasb (xronik) kasalliklariga keltiruvchi sharoitlari yo‘qligi solishtirib
ko‘riladi.biomexanik analiz o‘tkiziladi.
Shuning uchun zamonaviy ish joyini loyihalash mezoni biomexanizmi zo‘riqishlarini
kamaytirish bo‘lib hisoblanadi. Muskullardagi keskin og‘riq bo‘lishi
ularning
o‘tazo‘riqishlaridan habar beradi. O‘tazo‘riqishlarda muskul to‘qimalari moslasha
olmay qoladi va unda shamollash jarayoni ketadi. Shu sababli muskulga
tushayotgan kuchlanishning (og‘irlikni) samarali davomiyligi aniqlanilishi zarur.
I s h j o y i ni lo y iha la s hning a nt ro po met rik a s pe kt la ri
Ish joyini to‘g‘ri loyihalashda inson operatorning antropometrik
ko‘rsatkichlarini yaxshi o‘rganish zarur. Agar ish joyi kattaliklari va harakatlanish
maydoni (motor kengligi) insoning antropometrik ko‘rsatkichlariga va uning ish
holatiga mos bo‘lsa muskullardagi statik va dinamik
yuklanishning samarali
miqdori ta‘minlanishi,yuqori ishchanligi saqlanishi, kasb kasalliklarinig yuzaga
kelish ehtimoli kamayishiga erishiladi. Insoning antropometrik ko‘rsatkichlari
tasodifiy kattaliklar bo‘lib, normal taqsimlanishga ega bo‘ladi (Gauss
taqsimlanishi). Bu yerda informatsion va motor zonasi hisoblarda quyidagi statistik