85
Odam tana tuzilishi juda murakkab, tananing alohida qismlarining mexanik
xususiyatlari chiziqli emas, lekin tana to‘liqligicha passiv ob‘ekt hisoblanmaydi.
Misol uchun odam shunday mexanik ta‘sirlar ostiga tushib qolganda turish holati
(pozasi) yoki muskullardagi zo‘riqishlarni o‘zgartirib sharoitga moslashadi. Bu
hol odamga titrashning biomexanik ta‘sirlarini o‘rganishda o‘ta qiyinchilik
tug‘diradi. Hayotda ayrim hollarda kichik miqdordagi titrashlar inson
organizmiga ijobiy ta‘sir etishi mumkin, masalan vibrouqalagichlardan
foydalanilganda, sekinishlab chiqarishda odamga ta‘sir etuvchi titrashlar zararli omil
hiso blanadi va uni yo‘qotish yo‘llarini izlash lozim. Mexanik titrashlar
ishlovchilarga noqulay ish sharoitini yaratish bilan birga titrash bilan bog‘liq bo‘lgan
og‘ir va davomiy kasalliklarga olib keladi. Bunday patologik o‘zgarishlar
mexanizmi hanuzgacha to‘liq o‘rganilmagan. Shu o‘zgarishlar va hodisalarni
o‘rganishda odam tanasiga ta‘sir etuvchi titrashni biomexanik xususiyatlarini
o‘rganish kerak. Bu izlanishlar titrashdan himoya qilish tizimini va titrash
me‘yorlarini belgilashda katta rol o‘ynaydi. Shu xususiyatlar hisobga olib
yaratilgan titrashdan himoya qiluvchi vositalar samaradorligi shubhasi oshadi.
Nazorat savollari
1.
Elektr metallanish nima?
2.
Elektrooftalmiya deb nimaga aytiladi?
3.
Elektr belgilar nima?
4.
Odamni tok urish xolati necha xil?
Ishdan maqsad
: Inson-texnika-muxit sistemasida ish o‘rnining asosiy
elementlardan biri bo‘lgan inson-operatorning mehnat faoliyatini tashkil qilishida
uni har tomonlama ergonomik o‘rganish va loyihalashni talab qilinadi. Operatorni ish
o‘rni bir necha xil ta‘riflanadi.
Operatorning ish o‘rni operator yoki operatorlar guruhi mehnat faoliyati olib
boradigan, zarur texnik vositalar bilan jix ozlangan zona.Operatorning ish o‘rni
ishlab chiqarish jarayonining nazorat qilish va boshqalarni funksiyalarini amalga
oshirishi uchun zarur texnik vositalar va yordamchi qo‘rilmalar bilan
jihozlangan. Inson-texnika-muhit sistemasidagi insonning mehnat faoliyati
zonasidir.Operatorninig ish o‘rni ma‘lumotlarini qayd qilish, boshqarish
organlari, yordamchi qurilmalar bilan jiozlangan. Inson-texnika-muxit
sistemasidagi insonning mehnat faoliyati olib boradigan o‘rni (joyi). Yoki ish o‘rni
mehnatning uch elementi predmet, vositalar, mehnat sub‘ekti o‘zaro ta‘sirida
bo‘lgan ishlab chiqarishning eng kichik yaxlit birligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: