Mehnat ishlab chiqarish tadbirkorlik qobiliyati kapital halim hamroyev tadbirkorlik asoslari


T A D B IR K O R L IK S U B Y E K T L A R IN IN G M A Q O M I


bet38/236
Sana25.05.2023
Hajmi
#944014
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   236
Bog'liq
Tadbirkorlik asoslari. Hamroyev H

5. 2. T A D B IR K O R L IK S U B Y E K T L A R IN IN G M A Q O M I,
H U Q U Q L A R I VA M A JB U R IY A T L A R I
Bozor iqtisodiyotining ijtimoiy bazasini rivojlantirishning asosiy 
sharti sifatida tadbirkorlik shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyatidagi 
yangi maqomini belgilaydi. Bu jamiyatning muayyan tarixiy rivoj- 
lanish bosqichida unda shakllanadigan ijtimoiy m e’yor hisoblanadi. 
Ma’muriy-huquqiy alomati bo‘yicha tadbirkorlik tuzilmalari yakka 
mulk egasi tomonidan ham, jam oa tarzidagi tadbirkor tomonidan ham 
taqdim qilinadigan jismoniy yoki yuridik shaxs maqomini olishi mum­
kin.
Qonuniy huquqlaming hajmi va tashkil bo‘lish tartibi bo‘yicha 
0 ‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari uch guruhga ajratiladi: tijorat 
yuridik shaxslar, notijorat yuridik shaxslar, yuridik shaxs tashkil qil- 
magan yakka tadbirkorlar.
Tijorat yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng tadbir­
korlik subyekti maqomini oladi. Ular unitar korxona, xususiy korxona, 
xo‘jalik jamiyati, xo‘jalik shirkati, kooperativ va boshqa shaklda tuzili- 
shi mumkin.
77


Notijorat tashkilotlari o‘z ustavlariga muvofiq tadbirkorlik bilan 
shug‘ullanadi, lekin olingan foyda ta’sischilar o ‘rtasida taqsimlanmay, 
ustavda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirishga ishlatiladi (matlubot 
kooperativi, jamoat birlashmalari, ijtimoiy jam g‘armalar, muassasalar).
Har bir fuqaro yakka tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o ‘tgan 
paytdan boshlab yuridik shaxs tashkil etmay tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tmay turib 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish mumkin emas. Jismoniy shaxs- 
ning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ulanishi uchun ikki narsa talab 
qilinadi:
1) to‘liq m a’noda ishga layoqatlilik va huquqlaming cheklab 
qo‘yilmaganligi;
2) tadbirkorlik ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun kasbga doir 
tayyorgarlik va ko‘nikmalarga ega bo'lish hisoblanadi.
Davlat va jamiyat manfaatlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi- 
gan, shuningdek, amalga oshirishda alohida tayyorgarlik va kasbga doir 
ko‘nikmalar talab qiladigan faoliyat turlari bilan faqat maxsus ruxsatno­
m a (litsenziya) asosida shug‘ullanish mumkin. Bunday faoliyat turlari 
ro‘yxati 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan 
va maxsus ruxsatnoma (litsenziya) berish tartibi tegishli qonun bilan 
belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari, O ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi qaroriga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish 
taqiqlangan shaxslar ro'yxati ham tasdiqlangan. Unga ko‘ra quyidagi 
mansabdor shaxslarga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish ta­
qiqlangan:
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni himoya qilish 
organlari xodimlari;
- davlat banklari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, xizmat yu- 
zasidan pul belgilari hamda bank va pul hujjatlariga bevosita aloqador 
shaxslar;
- davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalari rahbarlari ham­
da ularning bank hujjatlariga imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan 
o ‘rinbosarlari;
- davlat ta’minot va sotish korxonalari, tashkilotlarining rahbar 
xodimlari;
- tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va uni nazorat qilish bilan 
bog‘liq masalalarni hal qilish vazifasini ham o ‘taydigan davlat organla- 
rining rahbar xodimlari va mutaxassislari;
78


- chakana, ulgurji-chakana savdo, umumiy ovqatlanish davlat bir- 
lashmalari va korxonalari, savdo boshqarmalari, trestlarining rahbarlari 
va ularning o'rinbosariari, bosh mutaxassislari, tuzilmaviy b o iim lar 
boshliqlari, moddiy javobgar shaxslari.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda tadbirkor maqomini 
berish obyektiv yoki subyektiv mezonlar asosida amalga oshirilishi 
mumkin. Bunda tadbirkorlik deganda, bir tomondan, kasbga doir bilim- 
lar, tajribadan foydalangan holda oddiy kasb tarzida shaxs tomonidan 
biror kasb-hunarga asoslanib, ikkinchi tomondan, shaxsning o ‘z nomi- 
dan mustaqil xo‘jalik arbobi sifatida amalga oshiriladigan faoliyat tu- 
shuniladi. Bitimlar tuzishning kasb-hunarga oidligidan tashqari, shaxs- 
ga tadbirkor maqomi berishning sharti, uning o‘z nomidan harakat qil­
adigan mustaqil tadbirkor kasb-hunar egasi sifatida faoliyat ko‘rsatishi 
hisoblanadi. Biror jamiyat yoki kompaniya nomidan vakil sifatida ish 
yurituvchilar tadbirkor hisoblanmaydilar.
Tadbirkorlik subyektlarining asosiy huquqlari quyidagilar:
- qonun hujjatlari ga muvofiq o‘ziga tegishli mol-mulkka egalik qi­
lish, undan foydalanish va uni tasarruf etish;
- mustaqil ravishda ishlab chiqarish dasturini shakllantirish, mahsu­
lot yetkazib beruvchi vositachilar va xaridorlarni tanlash;
- tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish 
va uni o ‘z ixtiyoriga ko‘ra tasarruf etish (ustun, monopol mavqega ega 
bo‘lganlardan tashqari);
- o‘z mahsuloti va ishlab chiqarish chiqindilarini bozor konyunk- 
turasidan kelib chiqib, mustaqil belgilangan narxlar bo‘yicha va shart­
noma asosida sotish;
- binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa mol-mulkni olish, ijaraga 
(shu jumladan, lizing asosida) olish;
- belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish va 
boshqalar.
Tadbirkorlik subyektlari yuqorida sanab o ‘tilgan asosiy huquqlar- 
dan tashqari bir qator maxsus, qo‘shimcha huquqlarga ham ega: ularga 
firmaga nom qo‘yish, savdo belgisini tanlash va undan foydalanish, o‘z 
faoliyatini himoya qilish va boshqalar kiradi.
Tadbirkorlik subyektlarining asosiy majburiyatlari quyidagilar:
- o‘zlari tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlami 
bajarish;
79


- yollash asosida jalb qilingan xodimlar bilan o‘z vaqtida hisob- 
kitob qilish;
- xavfsizlik, ekologiya, sanitariya, gigiyena va mehnatni muhofaza 
qilish talablariga rioya qilish;
- sotiladigan tovarlami sertifikatlar bilan ta’minlash;
- manzili va rekvizitlari o ‘zgarganda, bu to ‘g‘rida tegishli davlat 
organlariga o ‘z vaqtida xabar berish;
- buxgalteriya va statistika hisoblarini yuritish (yuridik shaxslar 
uchun);
- o ‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli organlarga belgilan­
gan tartibda va muddatlarda taqdim etish va boshqalar (yuridik shaxslar 
uchun).
Qonun hujjatlariga ko‘ra shaxsni tadbirkor sifatida e’tirof etish bir 
qator maxsus majburiyatlar tug‘diradi, kasb-hunami yuritishga doir 
tashkiliy-xo‘jalik faoliyatida ba’zi huquqlar va imtiyozlar yaratadi. 
Tadbirkorlik faoliyatini yuritishga doir maxsus majburiyatlarga qu- 
yidagilar kiradi:
- tadbirkorlik subyektining maxsus reyestrda ro‘yxatdan o‘tishi;
- ro‘yxatdan o‘tkazish shaklida tadbirkorning yuridik maqomi va 
mulkiy ahvoli haqida umumiy m a’lumotlarni xabar (e’lon) qilish;
- xo‘jalik faoliyatining borishini nazorat qilib turish, xo‘jalik ope- 
ratsiyalarining o‘tkazilganligi, ishlarning bajarilganligini isbotlash va 
natijalarini qayd qilib borish uchun maxsus daftarlar yuritish;
- kreditorlar tomonidan tadbirkordan qarzni undirishga doir ish­
ni ochishlari uchun olingan majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlaming 
to ‘xtatilganligini e’lon qilish;
- bankda o ‘zining hisob varag‘ini ochish;
- belgilangan tartibda soliqlar va boshqa toiovlarni amalga oshirish;
- o‘z faoliyati to‘g‘risida tegishli hisobotlar taqdim etish va boshqa­
lar.
Qonun hujjatlarida belgilangan majburiyatlar xo‘jalik yurituvchi 
boshqa subyektlaming manfaatlarini ta’minlash va himoya qilishni, 
qo‘shimcha huquqlar esa tadbirkorlarga ba’zi imtiyozlar berishni na­
zarda tutadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish