VI BOB. 0 ‘Z B E K IS T 0N D A TADBIRKORLIK M UHITI
6 .1 . T A D B IR K O R L IK M U H IT IN IN G
M O H IY A T I VA T A R K IB I
Tadbirkorlik faoliyati m uayyan m uhitda tashkil etilishi, amalga
oshirilishi, rivojlanishi mumkin. Bunday muhit tadbirkorlik uchun ha-
yotiy zarurdir, chunki bunday muhitsiz tadbirkorlik to ‘g ‘risida gap ham
bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun tadbirkorlik
muhitining maz-
mun-mohiyatini chuqurroq anglab olish tadbirkorlik faoliyatini to'g'ri
tashkil etish, samarali olib borish va boshqarishga katta yordam beradi.
Ayrim adabiyotlarda va ommaviy axborot vositalarida tadbirkorlik
muhiti, shart-sharoitlari, omillari tushunchalarini chalkashtirib yuborish
hollari uchraydi. Bunday holat esa ularni nazariy o‘zlashtirishda ham,
amaliy qo‘llashda ham qiyinchiliklar tug‘diradi. Shuning uchun ular
ni nazariy jihatdan aniqlab olish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning
uchun, bizningcha, mazkur tushunchalar aks ettiradigan hodisalar va
ularning tadbirkorlik faoliyatidagi rolini tahlil etish zarur.
Shuni ta’kidlash lozimki, tadbirkorlik muhiti, shart-sharoitlari, omil
lari o‘zaro dialektik aloqadorlikda bo‘lgan hodisalardir. Ularning dialek-
tikasi
shundan iboratki, mazkur hodisalar o ‘zaro chambarchas bog‘liq
holda mavjud bo‘ladi va harakat qiladi, bir-birlari shakllariga o ‘tib
turadilar. Tadbirkorlik shart-sharoitlari tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirish uchun imkoniyatlar bo‘lib, ular potentsial holda mavjud. Ular
rcfyobga chiqarilib, tadbirkorlik
faoliyatiga jalb etilib, muayyan jara-
yonda u yoki bu darajada ishtirok qilgan taqdirda tadbirkorlik omili
rolini bajaradi. Ayrim hollarda bir jarayonda ishtirok etgan omil boshqa
bir jarayonda ishtirok etmasligi mumkin. Muayyan jarayonda ishtirok
etmagan
hodisa omil boim ay, potensial imkoniyat darajasida qoladi.
Shuning uchun tadbirkorlik shart-sharoitlari va tadbirkorlik omillarini
bir-biridan muayyan faoliyatda, jarayonda qanday darajada ishtirok
etishiga muvofiq ajratish mumkin.
Boshqacha aytganda, muayyan tad
birkorlik faoliyatida bajaradigan roli, vazifasiga qarab, ularning qaysi-
93
lari tadbirkorlik shart-sharoitlari va qaysilari tadbirkorlik omillari ekan-
iigi aniqlanadi.
Tadbirkorlik faoliyatida bevosita ishtirok ham unga bevosita ta’sir
ham etmay, faqat potentsial imkoniyat darajasida yoki shaklida mav
jud bo‘lgan hodisalar tadbirkorlik shart-sharoitlari b o iib hisoblanadi.
Ularning ayrimlari tabiatan mavjud bo‘lsa, ayrimlari jamiyat tomo
nidan yaratiladi va ulardan tadbirkorlik faoliyatida turli darajada foy-
dalaniladi. Muayyan tadbirkorlik faoliyatida bevosita ishtirok etadigan
hamda unga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan kuchlar tadbirkorlik omillari
bo‘lib xizmat qiladi. Tadbirkorlik muhiti esa ularning ikkalasini ham
o‘z ichiga oladi. Demak, tadbirkorlik muhiti
- bu tadbirkorlik shart-
sharoitlari va tadbirkorlik omillari majmuyidir.
Biz, yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda, tadbirkorlik
muhiti, uning tarkibi va tasnifiga aniqliklar kiritib,
yaxlit bir tizimga
keltirishga harakat qildik. Tadbirkorlik muhitini quyidagicha tasniflash
m a’qul deb hisoblaymiz:
1) muhit komponentlarining tadbirkor tomonidan nazorat qilinishi-
ga qarab:
a) ichki muhit - tadbirkor tomonidan nazorat qilinadigan yoki tad-
birkorga bog‘liq muhit;
b) tashqi muhit - tadbirkor tomonidan nazorat qilinmaydigan yoki
tadbirkorga bog'liq bo‘lmagan muhit;
2) muhit komponentlarining tadbirkorlik faoliyatida ishtirok yoki
ta’sir etish darajasiga qarab:
a) ishki muhitning tadbirkorlik faoliyatida bevosita ishtirok etuvchi
komponentlari;
b) ichki muhitning tadbirkorlik faoliyatiga bevosita ta’sir etuvchi
komponentlari;
d) tadbirkorlik faoliyatiga bevosita ta’sir
etuvchi maxsus tashqi
muhit komponentlari.
e) tadbirkorlik faoliyatiga bilvosita ta’sir etuvchi umumiy tashqi
muhit komponentlari;
3) muhitning tadbirkorlik faoliyatiga aloqadorligiga qarab:
a) mikromuhit - tadbirkorlik faoliyatiga bevosita aloqador bo‘lgan
muhit;
b) makromuhit - tadbirkorlik faoliyatiga bilvosita aloqador bo‘lgan
muhit.
Tadbirkorlik muhitining tasnifi va tarkibi 6.1- chizmada keltirilgan.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: