Mehnat ishlab chiqarish tadbirkorlik qobiliyati kapital halim hamroyev tadbirkorlik asoslari


bet58/236
Sana25.05.2023
Hajmi
#944014
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   236
Bog'liq
Tadbirkorlik asoslari. Hamroyev H


1- chizma.
Tadbirkorlik infratuzilmasi tarkibi.
119


Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash vazifasi yuklatilgan davlat or- 
ganlaridan asosiysi 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005- 
yil 2- maydagi farmoni bilan tuzilgan 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash 
davlat qo‘mitasi hisoblanadi. Uning tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash 
sohasidagi vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
- xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish konsepsiyasi va das­
turlari, ularni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqishda ishtirok 
etish va bajarilishini ta’minlash;
- o ‘z vakolatlari doirasida investitsiya va bozor tuzilmalarini tash­
kil etish va rivojlantirish, xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab- 
quvvatlash, ular uchun moddiy-texnika resurslari va mahsulotlarini 
sotish bozorlaridan keng foydalanish uchun teng sharoitlar yaratishga 
yo‘naltirilgan chora-tadbirlami amalga oshirish;
- o‘z vakolatlari doirasida tadbirkorlik subyektlarining qonuniy 
huquqlarini nohalol raqobatdan himoya qilish;
- tadbirkorlik subyektlarining tovarlar va xizmatlar, ko‘chmas mulk 
va qimmatli qog‘ozlar bozorlaridan (shu jumladan, birja savdolari orqa­
li) keng foydalanishlarini ta’minlash borasidagi qonunlarning bajari­
lishini nazorat qilish;
- tovar, xizmatlar, moliya bozorlariga yangi xo‘jalik yurituvchi sub- 
yektlaming kirishi uchun mavjud to ‘siqlami bartaraf etish y o‘li bilan 
tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish.
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quv- 
vatlash davlat qo‘mitasi huzurida “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash 
va korxonalarni tarkibiy o ‘zgartirish jam g‘armasi” tuzilgan bo‘lib, u 
mazkur masalalarni hal qilishda moliyaviy ta’minotni amalga oshiradi.
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash asosiy vazifasi hisoblangan 
nodavlat tashkilotlaridan biri 0 ‘zbekiston savdo-sanoat palatasidir. 
Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriylik asosida 
birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi. 0 ‘zbekiston 
savdo-sanoat palatasi 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004- 
yil 7- iyuldagi farmoni asosida tashkil etilgan. Uning asosiy maqsadi- 
tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, ishchanlik 
muhitini takomillashtirish, o ‘z a ’zolarining huquqlari va qonuniy man- 
faatlarini ifoda etish hamda himoya qilish, tadbirkorlaming chet ellik 
sheriklar bilan aloqalarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashishdir. Uning 
asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
120


- 0 ‘zbekistonda tadbirkorlikni, eng avvalo, kichik va xususiy tad­
birkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish;
- tadbirkorlarga chet ellik sheriklar bilan amaliy muloqotlar va alo- 
qalarni kengaytirishga, eksport mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib 
chiqishga, shuningdek raqobatbardosh tayyor mahsulot chiqarishni 
ta’minlovchi yangi ishlab chiqarishlar barpo etish hamda mavjud ish­
lab chiqarishlami texnikaviy jihatdan qayta jihozlash uchun to‘g‘ridan- 
to ‘g ‘ri chet el investitsiyalarini jalb etishga ko‘maklashish:
- boshqa davlatlarning savdo-sanoat palatalari va tadbirkorlar ja- 
moat birlashmalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo'yish hamda rivojlan­
tirish;
- tadbirkorlarga keng turdagi xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan, 
axborot ta’minoti va maslahat yordami berish, respublika ishlab 
chiqaruvchilari, ularning mahsulotlari va investitsiyaviy imkoniyat­
lari, sheriklari va zamonaviy texnologiyalar xarid qilish imkoniyatlari 
to ‘g ‘risidagi axborotlar aks ettirilgan biznes-kataloglar tashkil etish va 
tarqatish;
- tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay muhitni shakllantirish, 
xalqaro huquq va biznes yuritish amaliyotining umum e’tirof etilgan 
m e’yorlarini joriy qilish, tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirishning 
huquqiy va iqtisodiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qonun huj- 
jatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- tadbirkorlaming huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifoda etish 
hamda himoya qilish, shu jumladan, sudda, davlat va xo‘jalik boshqa- 
ruvi organlari bilan munosabatlarda;
- tadbirkorlik sohasi uchun kadrlar tayyorlash, tadbirkorlarni 
o‘qitish va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish va rivoj­
lantirishni qo‘llab-quvvatlash;
- palata qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalami ham bajari- 
shi mumkin.
Tadbirkorlikni moliyaviy qo'llab-quvvatlashni amalga oshirish 
maqsadida 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995- yil 26- 
iyuldagi farmoni asosida “Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni 
qo‘llab - quw atlash jam g‘armasi” 2005- yilda “Tadbirkorlikni qo‘llab- 
quvvatlashva korxonalami qaytao‘zgartirishjamg‘armasi” ko‘rinishida 
qayta tuzilgan va 1998- yil apreldagi farmoni asosida “Dehqon va fer-
121


mer xo'jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jam g‘armasi” tuzildi. Ulaming 
tashkiliy-huquqiy shakli aksiyadorlik jamiyati bo‘lib, asosiy vazifalari 
quyidagilar:
- davlat korxonalarini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan 
chiqarishdan tushadigan hamda nodavlat sektori bandlik jam g‘armasi 
mablag‘larini xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash- 
ga jalb qilish;
- o ‘z aksiyalari bilan ishtirok etib, mulkdorlar tabaqasini shakllan­
tirish;
- kichik va xususiy korxonalar ustav jam g‘armasiga ishtirok etish;
- kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga axborot-maslahat xiz- 
matlari ko‘rsatish;
- tadbirkorlik infratuzilmasi va bozor infratuzilmasining rivojlanti- 
rishga ko‘maklashish;
- kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan kredit olishda 
kafil bo!lish;
- kichik va xususiy tadbirkorlik uchun kadrlar tayyorlash va ulami 
qayta tayyorlashda ishtirok etish va boshqalar.
Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 
0 ‘zbekiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan (2000- 
yil 17- fevral) Adliya vazirligi tarkibida Tadbirkorlik subyektlari 
huquqlarini himoya qilish boshqarmasi, viloyat adliya boshqarmalarida 
esa xuddi shunday bo‘limlar tuzildi. Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 
(2003- yil 4- sentabr) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi va uning 
quyi organlari tarkibida fermer va dehqon xo ‘jaliklari huquqlarini hi­
moya qilish tuzilmalari tashkil etildi. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvat- 
lash bo‘yicha sud organlariga aniq vazifalar yuklatilgan. 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2005- yil 14- iyundagi “Tadbirkorlik sub­
yektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish cho­
ra-tadbirlari to‘g ‘risida”gi farmoniga asosan tadbirkorlik subyektlari 
bilan bog‘liq nizolami (ulaming ro‘yxati keltirilgan) faqat sud ko‘rib 
chiqishi va hal qilishi belgilab qo‘yilgan. Mazkur farmonda tadbirkor­
lik subyektlari va birlashmalari tomonidan nizolami tez va samarali 
ko‘rib chiqish uchun “Hakamlik sudlari” tuzish tartibi ham belgilangan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va uning joy- 
lardagi organlariga tadbirkorlik subyektlarini tekshirishlarni tartibga
122


solish, muvofiqlashtirish, ularga soliqlar va yig‘imlar bo'yicha kerak­
li m a’lumotlami o‘z vaqtida yetkazish va maslahatlar berish, boshqa 
turdagi yordam ko‘rsatish singari vazifalar yuklangan.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish