Mehnat ishlab chiqarish tadbirkorlik qobiliyati kapital halim hamroyev tadbirkorlik asoslari


 5. TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUWATLASH


bet60/236
Sana25.05.2023
Hajmi
#944014
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   236
Bog'liq
Tadbirkorlik asoslari. Hamroyev H

7. 5. TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUWATLASH
BORASIDA JAHON TAJRIBASI
Jahonning barcha rivojlangan mamlakatlarida tadbirkorlik va kichik 
biznesni qo'llab-quvvatlash davlat iqtisodiy siyosatining mustaqil 
tarkibiy qismi hisoblanadi. Kichik biznesning rivojlanishiga iqtisodi­
yotni tarkibiy qayta qurish, xizmatlar ko‘rsatish sohasining yuksalishi, 
bandlikning o‘sishi, texnologik taraqqiyot va normal raqobat muhim 
omili sifatida qaraladi. Tadbirkorlik (biznes)ning rivojlanishini tartibga 
solib turish uchun ko‘p mamlakatlarda maxsus organlar (xizmatlar) 
tashkil etilgan.
Amerika Q o‘shma Shtatlarida Kongress tomonidan 1953- yilda 
“Kichik biznes m a’muriyati” degan maxsus tashkilot tuzilgan. U xu­
susiy sektorga ko‘maklashish, uni moliyalash va kreditlash ishlarini 
juda yaxshi yo‘lga qo‘ygan. Kichik biznes m a’muriyati kichik biznesni 
qo‘llab-quvvatlash maqsadlariga qaratilgan 45 milliard dollarlik bud- 
jetga ega. Bundan tashqari, tabiiy ofatlardan ziyon ko‘rgan tadbirkorlar 
uchun m o‘ljallangan 5 milliard dollarlik qo‘shimcha mablag‘i ham bor. 
Kichik biznes m a’muriyatining 90 dan ortiq mintaqaviy va hududiy 
bo'limlari tuzilgan. Ular joylarda xususiy sektor subyektlari oldida 
tug‘iladigan har qanday muammoni kechiktirmay hal etishni asosiy 
maqsad qilib olgan. Kichik biznesga oid birinchi qonun 1953-yilda 
qabul qilingan, undan so‘ng esa yana ko‘plab huquqiy hujjatlar qa­
bul qilingan. Ularning bajarilishini shu m a’muriyat qoshida tuzilgan 
Advokatura qattiq nazorat qilib boradi. Bu Advokatura m a’muriyat 
kabi yuqori maqomga ega. Uning rahbari AQSh Prezidenti tomonidan
127


tayinlanadi va faqat Prezident va Konressga hisobot beradi. Advokatura 
vakillari Kongress yig‘ilishida kichik biznes manfaatlarini himoya qila- 
dilar va xususiy sektorga ma'muriy bosim ko‘rsatish holatlarini bartaraf 
etadilar. Qonunlarga davlat idoralari ham, kichik biznes vakillari ham 
birday amal qiladilar. 2003- yilda kichik biznes m a’muriyati tomonidan 
xususiy sektorga 200 mln dollar yo‘naltirilgan. Bunday xarajatlar o‘zini 
oqlaydi. Chunki kichik biznes subyektlari va ularning foydasi qancha 
ko‘p bo‘lsa, budjetga shuncha ko ‘p mablag‘ tushadi. Kichik biznesni 
qo‘llab-quwatlovchi tashkilotlar vakillarining fikricha tadbirkorlar 
oldida vujudga keladigan muammo pulning yetishmasligidan emas, 
balki aksar hollarda bilimning yetishmasligidan kelib chiqadi. Shuning 
uchun ham joylarda tadbirkorlar uchun bepul kutubxonalar va masla- 
hatxonalar tashkil etilgan.
Yaponiyada XX asming 40- yillarida mamlakat hukumati qoshida 
“Kichik va o‘rta korxonalar boshqarmasi” tashkil etilgan. Kichik biz­
nesni qo‘llab-quvvatlashni milliy davlat markazlari kichik biznesni ri­
vojlantirish umumdavlat dasturini bajarish yo‘li bilan amalga oshiradi- 
lar. Shunday markazlardan 170 ta tuzilgan va faoliyat yuritib kelmoqda. 
Bundan tashqari, kichik korxonalarning raqobatbardoshligini yuqori 
darajada tutib turish uchun har bir prefekturada davlat texnologik das­
turini amalga oshirishga javob beradigan davlat texnologik marka­
zlari mavjud. Barcha markazlar faoliyatini Kichik va o‘rta korxonalar 
boshqarmasi muvofiqlashtirib boradi. Yaponiyada kichik va o‘rta kor- 
xonalami qo‘llab-quwatlashda quyidagilar ishtirok etadilar:
- davlat;
- o‘zini o ‘zi boshqarish hududiy organlari;
- moliyaviy tuzilmalar;
- o‘quv yurtlari,
Davlat kichik va o ‘rta korxonalami turli xil imtiyozlar va soliqlami 
kamaytirishni moliyalashni, oliy maktab (tashqi savdo va sanoat vazirli­
gi) ga qarashli o ‘quv yurtlarida boshqaruvchilar, sohiblar, ma'murlar 
stajirovkasini yo‘lda qo‘yish orqali qoilab-quvvatlaydi.
Mintaqaviy madad o ‘zini o ‘zi boshqaruvchi jam oat tashkilotlari 
tomonidan moliyaviy ta ’minlashni, savdo va sanoatda rahbarlik qi­
lish markazi yordamida savdo-sanoat palatasi hamda kichik va o ‘rta 
korxonalar uyushmasi Markaziy jamiyati mutaxassislarining bepul 
maslahatlarini y o ‘lga qo‘yishni o‘z ichiga oladi. Moliyaviy tuzilmalar
128


ham kreditlashni, ham banklarda maslahat markazlarini tashkil etishni 
amalga oshiradilar. 0 ‘quv yurtlari kichik va o ‘rta biznes uchun kadrlar 
tayyorlab beradilar.
Ana shunday qoMlab-quvvatlash natijasida Yaponiyada kichik va 
o‘rta korxonalar soni ko‘payib bormoqda. Ularning ulushi hukumat 
buyurtmalarida 45 foizni, jam oat tashkilotlarining buyurtmalarida 32 
foizni tashkil etadi. Sotilayotgan sanoat mahsulotlarining 55 foizi, ul­
gurji savdoning 60 foizi, chakana savdoning 80 foizi kichik va o ‘rta 
biznesga to‘g‘ri keladi. Sanoat korporatsiyalari mahsulotlarining qariyb 
40 foizi kichik va o‘rta yordamchi pudratchilar ishtirokida ishlab chiqa- 
riladi.
Buyuk Britaniyada hukumat tadbirkorlik faoliyatining umumiy 
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini ta’minlash yo‘li bilan, shuningdek, be­
vosita qo‘llab-quvvatlashning turli-tuman iqtisodiy, tashkiliy, huquqiy- 
m e’yoriy usullaridan foydalanib, kichik biznesga ta’sir etadi.
Fransiyada kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash hukumat faoliyatining 
muhim bir y o ‘nalishi hisoblanadi. Kichik korxonalami kerakli axborot 
bilan ta’minlash, ularning tovarlarini o ‘tishiga ko‘maklashish, kichik 
va o ‘rta firmalaming eksportga moyilligini rag‘batlantirish, moliyaviy 
ko‘mak - bular kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash yo ‘llaridir. Lekin 
frantsuz mutaxassislarining fikricha, baribir kichik biznesni rivojlanti- 
rishning yaxlit siyosatini ishlab chiqish, milliy va mahalliy darajadagi 
xatti-harakatlami muvofiqlashtirish talab qilinadi.
Koreya Respublikasida kichik biznesga ko‘maklashish siyosatini 
butun tashkilotlar tizimi amalga oshiradi. Bu masalalaming barcha- 
sini kichik biznesga doir maxsus qonun tartibga soladi. Bu qonun dav­
lat muassasalari - kichik biznesga ko‘maklashish organlarini tuzishni 
ko‘zda tutadi. Lekin u yerda kichik biznesga ko‘maklashish ishlari 
shunday tashkil etilganki, kichik korxona chetdan aniq yordam kutmay 
o ‘zi oyoqqa turib olish “immunitetini”, o‘sish va rivojlanish xususiyat- 
larini o ‘zi ishlab chiqadi
Shuni ta’kidlash lozimki, jahonda kichik biznesni qo‘llab-quvvatla- 
maydigan mamlakatlar ham bor. Masalan, Avstraliyada davlat kichik 
tadbirkorlikni sira qo‘llab-quvvatlamaydi. Natijada kichik korxonalar 
yirik firmalar bilan bo‘ladigan raqobatda yutqazadilar. Ayrim mam­
lakatlar (AQSh, Germaniya, Osiyodagi ba’zi mamlakatlar)da esa dav­
lat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamma kichik korxonalarga taalluqli
129


bo‘lmaydi. Korxonalarning noqulay hududda joylashganligi va ijti­
moiy-iqtisodiy ahamiyatiga qarab ularni qo‘llab-quvvatlashga alohida- 
alohida yondashiladi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish