Xo‘jaIik shartnomasi
Huquq va
Shartnoma Shartno
Shartnoma-
Shartnoma
Shartnoma-
majburiyat
mazmuni-
ma
ning bajari-
predmeti-
ning amal
laming
nmg
shakli
lishining
ning oldi-
qilish
taqsimlani
xarakteri
b o‘yicha
nazorat qilish
berdi
muddati
shi
bo‘yicha
darajasi
xarakteri
bo‘yicha
b o‘yicha
b o‘yicha
b ‘yicha
5.1- chizma.
X o ‘jalik shartnomasining turlari va shakllari.
0 ‘zbekistonda xo‘jalik faoliyatida, shu jumladan, tadbirkorlikda
xo‘jalik shartnomalarining quyidagi turlari va shakllari qo‘llaniladi:
1) huquq va majburiyatlaming taqsimlanishi bo‘yicha:
a) bir tomonlama shartnoma - shartnoma taraflaridan biri faqat
huquqqa, ikkinchisi esa faqat majburiyatlarga ega bo‘ladi (meros
qoldirish, hadya qilish shartnomalari);
b) ikki tomonlama shartnoma - shartnoma tuzgan ikki taraf ham
huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi;
d) ko‘p tomonlama shartnoma - shartnoma ishtirokchilari ikkitadan
ortiq bo'ladi (lizing shartnomasi);
82
2) shartnoma mazmunining xarakteriga qarab;
a) real shartnoma - shartnoma shartlari bo’yicha uning taraflari real
harakatlar qilishlari talab qilinadi (tovar j o ‘natish, xizmat ko‘rsatish,
pul ko‘chirish va hokazo);
b) konsensual shartnoma - real harakatlar qilish talab etilmaydigan
kelishuv (topshiriq shartnomasi, komissiya shartnomasi);
3) shakliga ko‘ra:
a) og‘izaki shartnoma - mahalliy bozorlarda, do'konlarda sotuvchi
va xaridor o‘rtasidagi oldi-sotdi og‘zaki kelishuvlar shaklida bo‘ladi;
b) yozma shartnoma - taraflar imzolaydigan huquqiy hujjat shaklida
rasmiylashtiriladi;
4) shartnomaning bajarilishini nazorat qilish darajasiga qarab;
a)
oddiy shartnoma — shartnomaning bajarilishini shartnoma tarafla-
rining o‘zlari nazorat qilib boradilar;
b) malakali shartnoma - shartnoma tuzilgan dan so‘ng tegishli davlat
organida ro‘yxatdan o ‘tkaziladi va uning bajarilishi shartnoma taraflari-
dan tashqari, uni ro‘yxatga olgan organ tomonidan ham nazorat qilinadi
(davlat buyurtmasi bo‘yicha paxta va g‘alla yetkazib berish shartnoma
lari tuman hokimligida ro‘yxatdan o‘tkaziladi);
5) amal qilish muddati bo‘yicha;
a) uzoq muddatli shartnoma - bir yil va undan ortiq muddatga tu
zilgan shartnoma;
b) qisqa muddatli shartnoma - bir yildan oz muddatga tuzilgan
shartnoma;
d)
bir martalik shartnoma - bir marta bo‘lib o ‘tadigan operatsiyalar,
harakatlar bo‘yicha tuziladigan shartnoma;
6) shartnoma predmetining oldi-berdi xarakteriga qarab;
a) pulli shartnoma - taraflardan biri o‘z majburiyatlarini bajargani
uchun haq olishni nazarda tutadigan shartnoma;
b) pulsiz shartnoma - taraflardan biri ikkinchisiga biror narsa berib,
evaziga hech narsa olmaydigan shartnoma (hadya, meros shartnomasi).
Shartnoma mazmuni shartlar tizimidan iborat bo‘lib, ana shu shartlar
asosida shartnoma tuziladi. Shartnoma shartlari ikki guruhga - muhim
va nomuhim shartlarga bo4linadi. Muhim shartlar muayyan shartno-
madan kelib chiqadigan huquqiy munosabatlarning shakllanishiga va
uning mohiyatiga ta’sir etadi. Ularga quyidagilar kiradi:
83
- shartnoma predmeti to‘g‘risidagi shartlar;
- qonun hujjatlarida muhim deb ko‘rsatilgan yoki mazkur tipdagi
shartnoma uchun zarur bo‘lgan shartlar;
- tomonlardan birining arizasiga ko‘ra bitimga kelishish uchun foy-
dalanilgan shartlar;
- shartnoma ishtirokchilari haqidagi m a’lumotlar;
- shartnoma qiymati va uning amal qilish muddati;
- shartnoma majburiyatlarini bajarish usullari va joyi;
- taraflarning huquqlari va majburiyatlari.
Shartnomaning yuridik kuchiga yoki munosabatlaming shakllanishi
va mohiyatiga ta’sir etmaydigan shartlar nomuhim shartlar hisoblanadi
va ularga shartnomaning kuchga kirish vaqti, taraflar o‘rtasidagi ke-
lishmovchiliklarni hal qilish tartibi, shartnomani o‘zgartirish va bekor
qilish tartibi, taraflarning manzillari, aloqa o ‘matish usullari, imzolari
va boshqalar kiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida hamkorlar o ‘rtasidagi barcha amaliy
munosabatlar qonunlar va shartnomalar bilan tartibga solib turi-
ladi. Shuning uchun amaliyotda shartnomaga uning ishonchliligini
ta’minlovchi bir qator talablar qo‘yiladi:
1) shartnomadagi qoidalar amaldagi qonunlar talablariga zid
boim asligi kerak;
2) har bir tarafning manfaatlari yuridik jihatdan yaxshi himoyalan-
gan, majburiyatlari esa ularning m as’uliyati bilan ta’minlangan bo‘lishi
zarur;
3) shartnomada mujmal yoki ikki xil m a’noli ta ’riflar, ifodalar
(“yuridik firt”) bo‘lmasligi va matni aniq, lo‘nda, tushunish uchun oson
bo‘lishi kerak.
Yaxshi, puxta tuzilgan shartnoma taraflarning majburiyatlarini
noto‘g ‘ri talqin etishni istisno qiladi va hamkorlardan biri shartnomani
bajarishda noinsoflikka yo‘l qo‘ygan yoki uni beixtiyor buzib qo‘ygan
taqdirda ham, ikkinchi tarafga zarar keltirishga imkon bermaydi.
Shuning uchun ham xo‘jalik ishlarida shartnoma matnining mantiqiy
tuzilishi va ifodasi katta ahamiyatga ega.
X o‘jalik shartnomasi taraflarining umumiy huquqlari va majburiyat
lari qonunda ko‘rsatilgan. Ularning umumiy huquqlari quyidagilardan
iborat:
84
- shartnomani tuzish, bajarish, o ‘zgartirish va bekor qilish munosa-
bati bilan zarur bo'lgan m a’lumotnoma va boshqa hujjatlarni so‘rash va
olish, mutaxassislar bilan maslahatlashish;
- davlat organlari va boshqa organlarga, mansabdor shaxslarga ilti-
mosnomalar bilan murojaat etish hamda shikoyatlar berish va ulardan
asoslangan yozma javoblar olish;
- boshqa tarafning iqtisodiy ahvoli, nufuzi va ishchanlik jihatlari
xususidagi m a’lumotlarni to‘plash;
- taraflarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning
qonunda nazarda tutilgan vositalari va usullarini qo‘llash;
- qonunlar va shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa huquqlar.
Shartnoma taraflarining umumiy majburiyatlari quyidagilar hisob
lanadi:
- xo‘jalik shartnomasi to ‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablariga
rioya etish;
- qonunlarda nazarda tutilgan hollarda shartnomalarning o'z vaqtida
tuzilishini ta’minlash;
- tuzilgan xo‘jalik shartnomalari bo ‘yicha zimmalariga olgan maj-
buriyatlarini o‘z vaqtida va belgilangan tartibda bajarish;
- qonunlar va shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa majburiyatlar.
Shartnoma qoida tariqasida taraflardan birining oferta (shartnoma
tuzish haqida taklif) y o ilash i va ikkinchi taraf uni akseptlashi (taklifni
qabul qilishi) yo‘li bilan tuziladi. Agar taraflar o‘rtasida shartnomaning
barcha muhim shartlari bo‘yicha kelishuvga erishilsa, shartnoma tuzil
gan deb hisoblanadi.
X o‘jalik shartnomasi taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yo‘li bi
lan, shuningdek, pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki
hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini aniqlash imkonini beradi-
gan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yo‘li bilan tuzilishi
mumkin.
Shartnomalar yuridik xizmat yoki jalb etilgan advokat tomonidan
ekspertizadan o ‘tkazilishi lozim. Eng kam oylik ish haqi miqdorining
ikki yuz baravaridan ortiq summadagi shartnomalar yuridik xizmat
yoki jalb etilgan advokatning yozma xulosasini olgandan so‘nggina
imzolanadi. Davlat ehtiyojlari uchun tovarlam i yetkazib berish, ish
larni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish shartnomalari tuzish va ularni baja
rish ishlarini mahalliy davlat hokimiyati organlari muvofiqlashtirib va
nazorat qilib boradilar.
85
Shartnomaning umumiy tarkibiy tuzilishi uning alohida qismlaridan
iborat bo'lib, quyidagi strukturaga ega:
1) kirish qismi - shartnoma tartib raqami va nomi, imzolangan vaqti
va joyi, shartnoma taraflari va ularning yuridik maqomi, uni imzolagan
shaxslaming ism-sharifi va mansabi, shartnoma tuzishga asos bo‘lgan
hujjat;
2) shartnoma predmeti - tovarlar, ishlar, xizmatlar, buyumlar, mul
kiy huquqlar, pul, qimmatli qog‘ozlar, ixtiro, san’at namunalari, fan,
adabiyot, san’at asarlari va aqliy faoliyatning boshqa natijalari, shax
siy mulkiy huquqlar, boshqa moddiy va nomoddiy ne’matlar, ularning
miqdori va sifat ko‘rsatkichlari, narxi va umumiy summasi;
3) taraflarning huquqlari va majburiyatlari - huquqlari va majburi-
yatlarining hajmi va mazmuni amaldagi qonunlar asosida kelishib bel-
gilanadi: taraflar qonunlarda ko'zda tutilmagan huquqlar va majburi-
yatlami ham kiritishlari mumkin, lekin ular amaldagi qonunlarning
umumiy m e’yori va mohiyatiga zid bo‘lmasliklari kerak;
4) o ‘zaro hisob-kitoblar tartibi - to‘lov shakllari, valuta turi, to io v
muddati, haq olish huquqi boshlanadigan payt, hisob-kitoblarni o ‘zaro
taqqoslash tartibi;
5) qo‘shimcha shartlar - shartnomaning amal qilish muddati, maj-
buriyatlar bajarilmagan taqdirda mas’uliyat belgilash va keltirilgan
zararni qoplash hamda majburiyatlaming bajarilishini ta’minlovchi
boshqa choralar (garov, kafillik, ishontirish xati, kafolat, qarzdoming
mol-mulkini ushlab qolish, pul ushlab qolish va boshqalar);
6) boshqa shartlar - shartnomaning kuchga kirish vaqti, kelish-
movchiliklami hal qilish tartibi, shartnomani o‘zgartirish va bekor
qilish tartibi, shartnoma nusxasining soni, imzolar, muhr va boshqa
m a’lumotlar.
Shartnoma munosabatlarining muhim bosqichi uning ijrosi hisobla
nadi. Bu jarayon moddiy ijrodan, ya’ni o'zaro majburiyatlaming baja-
rilishidan, ijroning hujjatlar asosida tasdiqlanishidan iborat. Shartnoma
uning shartlariga hamda qonunlar talablariga muvofiq ravishda, bunday
shartlar va talablar bo‘lmagan hollarda esa ish muomalasi odatlari, ish-
bilarmonlik udumlariga muvofiq bajarilishi lozim. Shartnoma shartlari
buzilganda uni buzgan tarafga ikkinchi taraf yozma talabnoma bildiri-
shi mumkin. Talabnomada quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
86
- talabnoma bildirayotgan va bildirilayotgan xo‘jalik subyektlari
ning nomlari;
- talabnoma bildirilayotgan sana va uning raqami;
- talabnoma bildirish uchun asos bo‘lgan holatlar;
- talabnomada bayon etilgan holatlami tasdiqlovchi dalillar;
- arz qiluvchining talablari;
- talabnoma summasi va uning hisob-kitobi;
- arz qiluvchining to ‘lov va pochta rekvizitlari;
- talabnomaga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati.
Talabnoma taqdim etgan taraf rad (qisman rad) javobi olganda yoki
belgilangan muddatda javob olmaganda sudga da’vo arizasi bilan mu-
rojaat qilishi mumkin. 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvo
fiq (bu shartnomada ham aniqlashtirilgan holda aks ettirilishi zarur)
shartnoma shartlari bajalarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan
taqdirda shartnomani buzgan taraf ikkinchi tarafga:
1) majburiyatni bajarmagan har bir holati uchun belgilangan miq
dorda jarim a to‘laydi;
2) jarimadan tashqari, shartnoma shartlarining buzilishi oqibatida
yetkazilgan zararni, shu jumladan, boy berilgan foydani ham qoplashi
kerak.
Shunday qilib, shartnomalami zarur darajada tuzish va bajarish har
bir tadbirkor, xo‘jalik yurituvchi subyekt uchun muhim ahamiyat kasb
etadi. Shuning uchun bu masalalar odatiy ishga aylanishi va kundalik
hayotga kirishi lozim. Bunday talablar bozor iqtisodiyoti qonunlari va
tamoyillaridan kelib chiqadi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |