I BOB.MEHNAT BOZORI TUSHUNCHASINING MOHIYATI VA UNI O'RGANISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI 1.1 Mehnat resurslari va mehnat bozori tushunchalarining mazmuni, mohiyati va o'rganish usullari……………...................................................................................5
1.2 Ishsizlik tushunchasining mazmuni va uni bartaraf etish omillari………………………………....................................................................11
1.3 Aholini ish bilan ta'minlashva uni ijtimoiy muhofaza qilish siyosatining tashkiliy-huquqiy asoslari........................................................................................14
II BOB.MEHNAT BOZORI RIVOJLANISHINING IQTISODIY TAHLILI 2.1 Mamlakatimizda mehnat bozorini rivojlanish holati tahlili..............................20
2.2 Mehnat bozorida raqobat omillari va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish yo'llari...............................................................………...............28
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI………………………….37
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi mos ravishda ijtimoiy mehnat sohasidagi munosabatlarningrivojlanishini ham taqozo qiladi. O‘z-o‘zidan ayonki, har qanday iqtisodiy munosabatning tashkiliy-iqtisodiy bazasiz amalga oshishi mushkul. Mehnat munosabatlari amalga oshishining Shunday asoslari birinchi navbatda qanday darajadagi tashkiliy tuzilmaning mavjudligi, uning mehnat munosabatlarini barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’siri, sohasidagi huquq va kafolatlarning amalga oshishida ko‘mak va imkon berishi bilan belgilanadi.
Bu esa ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar rivojlanishining ob’ektiv qonunlaridan va resurslaridan samarali foydalanish zarur. O‘z-o‘zidan ayonki, har qandayiqtisodiy munosabatning tashkiliy-iqtisodiy bazasiz amalga oshishi mushkul. Mehnat bozori munosabatlari amalga oshishining Shunday asoslari birinchi navbatda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarifaoliyatlarining samaradorligini oshirish va ular samarali shakllanishining sifat ko‘rsatkichi bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash holatiga bog‘liqdir.
Shu nuqtai nazardan Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash” bo‘yicha mintaqaviy dasturlarning amalga oshirilishi natijasida 2019-yilda qariyb 970 ming kishi ish bilan ta’minlandi. Bu ish o‘rinlarining 60,3 foizdan ortig‘i qishloq joylarda yaratildi. Bu borada kichik korxonalar, mikrofirmalar va yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish evaziga 480 mingdan ortiq, kasanachilikni kengaytirish hisobidan esa 210 mingdan ziyod ish o‘rni tashkil etildi1.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonini boshidan kechirayotgan mamlakatlar singari respublikamizda ham Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi takomillashtirish bilan bog‘liq echilishi lozim bo‘lgan bir qator muammolar mavjud. Ularning asosiysi sifatida mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish va istiqbollashtirish kabi muammolarni alohida qayd etib o‘tish lozim.