1.3-rasm
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Farg'ona Mas'ullari bilan uchrashuvi
Ishchilar mehnat haqini oshirishda Davlat tomonidan belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida real ish haqi miqdori 2018 yilning 1 choragida o‘tgan yil davriga nisbatan 48% ga ortdi, shu jumladan aholining pullik daromadlari ham 23% ga ko‘paydi. Yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha joylarda ishlab chiqilgan dasturlarga binoan joriy yilda 67 tа aholi istiqomat qilish uylarini qurish ishlari boshlandi.
Hududiy dasturlar doirasida hamda bandlikni ta’minlovchi zahiralarni safarbar etish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar bo‘yicha 2018 yilning 1 choragida 169,5 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Xususan, ustuvor ahamiyat kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hisobiga yangi ish o‘rinlarini yaratishga berildi. Bunda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida 80,5 mingga yaqin ish o‘rinlari yaratildi yoki bu umumiy hisobdagiga nisbatan 47,5% ni tashkil qiladi. Yangi ob’yektlarni ishga tushirish, rekonstruksiya, ishlab chiqarish korxonalarida amaldagi quvvatlarni kengaytirish va undan samarali foydalanishni oshirish hisobiga esa 13,3 mingta (umumiy hisobdagidan 7,9%) ish o‘rinlari yaratildi.
II BOB. MEHNAT BOZORI RIVOJLANISHINING IQTISODIY TAHLILI
2.1 Mamlakatimizda mehnat bozorini rivojlanish holati tahlili
Mehnat bozori umumiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish tarmoqlariga zarur bo’lgan oddiy mehnat turidan murakkab kasbiy malakasiga ega bo’lgan hamda ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishni amalga oshiruvchi oliy malakali mutaxassislarga bo’lgan talabni muqobil ravishda bo’lishini ta’minlashga xizmat qiladi. Mehnat va oliy ta’lim xizmatlari bozoriga ta’sir etuvchi omillar mamlakatimiz iqtisodchi olimlari tomonidan o’rganilmoqda. Jumladan, A.V.Vaxabov, G.Oxunova, Sh.Sh.Zaxidova, M.M.Toshxodjayev mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishning ta’lim xizmatlari bozori bilan bog’liqligi, ishsizlik muammosi, mehnat bozoridagi sifat o’zgarishlari yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borganlar.
G.Axunova “Oliy ta’lim muassasalarining faoliyati ta’lim xizmatlari ko’rsatishning ikki, ya’ni bir tomondan, shaxsning oliy ma’lumot olishga bo’lgan ehtiyojini qondirish; ikkinchi tomondan, iqtis1odiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha uchun oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash nuqtai nazaridan turib muhokama etiladi” deb ta’kidlaydi.
Mehnat bozorida bozor munosabatlari sharoitida mehnat qilish yo’nalishlarini tarkibiy jihatdan o’zgarishlari ishchi kuchini tarkibiy jihatdan doimiy ravishda ichki va tashqi omillar ta’sirida o’zgarib borishiga olib keladi. Demak, mehnat bozorining subyektlari bo’lgan ishchi kuchlarini tarkibiy o’zgarishini e’tiborga olgan holda uni tartibga solish, mehnat bozorining asosiy qismi bo’lgan ta’lim xizmatlari bozorini unga nisbatan muqobil rivojlantirish bilan bog’liq. Mehnat va oliy ta’lim xizmatlari bozorining muqobil rivojlanishi oliy ta’lim xizmatlari tizimining subyektlari bo’lgan oliy o’quv yurtlari o’rtasida shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatga bog’lanadi. Mehnat va oliy ta’lim xizmatlari bozorini muqobil rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
iqtisodiy moddiy ishlab chiqarishga;
ijtimoiy mehnat qilish va yashash sharoitlari infratuzilmalariga;
mehnat resurslarini miqdoriy va sifat tuzilishiga;
aniq ijtimoiy-iqtisodiy holatga bog’liq.
2.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |