2. Mehnat resurslari va harakat ko‟rsatkichlari
Mehnat resurslari mamlakatdagi mehnatga layoqatli ya‟ni mehnat
qilish qobiliyatiga ega bo„lgan kishilarni tashkil etadi. O„zbekiston
Respublikasining Mehnat Kodeksiga (1995 yil 21 dekabr) asosan mehnat
qilish yoshidagilar 16 yoshdan, erkaklar – 60 yoshgacha, ayollar esa 55
yoshgacha belgilangan. Albatta bu yoshdagi kishilarning barchasini
mehnat resursi tarkibiga kiritib bo„lmaydi, chunki bu yoshdagi I-II guruh
nogironlari mehnat qilish qobiliyatiga ega emas. Shu bilan birgalikda 16
yoshga to„lmagan yoshlar va nafaqaga chiqqan kishilar ham mehnat
qilayotgan bo„lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |