Mehnat bozori statistikasi. Iqtisodiy faol va nofaol aholi



Download 90,92 Kb.
bet3/6
Sana10.06.2022
Hajmi90,92 Kb.
#650968
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
14-мавзу

5.1.2-jadval
"A” mamlakatning "B” yildagi mehnat resurslari balansi quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi (ming kishi hisobida)

Ko‘rsatkichlar

Jami

SHu jum

adan

I. Mehnat resurslarini tashkil topish manbalari










01. Mehnat resurslari - jami

10663,3

4563,3

6100,0

SHu jumladan










02. Mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli aholi

10462,6

4476,4

5986,2

03. Iqtisodiyotda band bo‘lgan qariyalar va o‘smirlar

200,7

85,9

114,8

Ulardan:










04. Qariyalar

127,3

42,4

84,9

05. O‘smirlar

73,4

43,5

29,9

II. Mehnat resurslarining taqsimlanishi:










06. Iqtisodiy faol aholi jami (07+09)

9194,3

4199,8

4994,5

SHu jumladan










07. Iqtisodiy tarmoqlarda band bo‘lganlar jami

8259,0

3825,7

4433,3

Ulardan:










A. Qishloq, o‘rmon xo‘jaligi, ovchilik

3667,0

-

3667,0

V. Baliqchilik

1,2

-

1,2

S. Tog‘-qazilma sanoati va karerlar izlash

39,5

-

39,5

D. Qayta ishlov beruvchi sanoat

1150,0

1024,0

121,0

E. Elektroenergiya, gaz va suv ta’minoti

52,0

-

52,0

F. Qurilish

507,2

456,5

50,7

G. Ulgurji va chakana savdo: mashina va mototsikllar, maishiy tovarlar, shaxsiy gigiena tovarlarini ta’mirlash

350,0

315,0

35,0

H. Mexmonxonalar va restoranlar

89,6

89,6

-

I. Transport, ombor xo‘jaligi va aloqa

344,0

309,6

34,4

i. Moliyaviy vositachilik

28,6

25,8

2,8

K. Qo‘zg‘almas mulk bilan operatsiyalar, ijara va tijorat faoliyati

0,5

0,4

0,1

L. Davlatni boshqarish va mudofaa, majburiy sotsial sug‘urta

380,6

380,6

-

M. Maorif

890,2

567,4

322,8

N. Sog‘liqni saqlash va sotsial xizmatlar

599,7

508,7

91,0

O. Boshqa kommunal, sotsial va shaxsiy xizmatlar

158,1

142,3

15,8

P. Xususiy uy xo‘jaliklarining yollanma ishchilari

0,8

0,8

-

Q. Eksxududiy tashkilotlar va idoralar (doimiy

-

-

-

08. Bandlar umumiy sonidan (06 qarordan) qisqartirilgan ish kuni (xaftasiga qisman) ish haqqi bilan yoki umuman uni saqlamagan holda o‘tkazilgan xodimlar

30,5

13,3

17,2

09. Ishsizlar

935,3

374,1

561,2

10. Mehnatga layoqatli yoshdagi ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘quvchilar, talabalar

623,3

275,9

347,4

11. Mehnatga layoqatli yoshdagi uy yumushlari va yosh bolalar tarbiyasi bilan bandlar

845,7

87,6

758,1

Balans (06+10+11)

10663,3

4563,3

6100

Balansdan tashqari:










12. Yoshi bo‘yicha va qarovchisini yo‘qotganligi uchun nafaqaxo‘rlar

2798,7

1381,6

1417,1

13. Mehnatga layoqatli yoshgacha bo‘lgan maktab va boshqa o‘quv yurtlarining o‘quvchilari

3793,2

967,2

2826,0

14. Maktabgacha yoshdagi bolalar va nafaqa olmaydigan qariyalar

4199,1

1514,8

2684,3

Jami iqtisodiy nofaol aholi (10+11+12+13+14)

12260,0

4227,1

8032,9



Bu ma’lumotlar tahlil qilinib, aholini bandlilik darajasi aniqlanadi, mehnat resurslari taqsimlanishidagi proportsiyalar o‘rganiladi. Balans ma’lumotlari bir necha yillar bo‘yicha solishtirilib, bu masalalar dinamikasi o‘rganiladi.
2.Korxona xodimlari tarkibi, soni va harakati ko‘rsatkichlari.
Ishga yonlash davri uzunligiga qarab korxona xodimlari quyidagi guruhlarga ajratiladi:

  • doimiy xodimlar;

  • vaqtincha xodimlar;

  • mavsumiy xodimlar;

  • uchrab qolgan ishlarni bajarish uchun qabul qilingan xodimlar.

Bajarayotgan funktsiyasiga qarab korxonalar xodimlari ikki guruhga
bo‘linadilar: ishchi va xizmatchilar. Xizmatchilar guruhida 3 ta toifa ajratiladi: rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xodimlar. “Ishchilar” kategoriyasiga bevosita mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan xodimlar kiradi. “Rahbarlar” toifasiga korxona va uning tarkibiy tuzilmalari boshliqlari kiradi. “Mutaxassislar” toifasiga muhandis-texnik iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa maxsus bilim talab qiluvchi kasb bilan shug‘ullanuvchi xodimlar kiradi. Oxirgi “xizmatchilar tarkibiga kiruvchi boshqa xodimlar” toifasiga hujjatlarni rasmiylashtiruvchi, hisob- kitob, tekshiruv, xo‘jalik xizmatidagi xodimlar (ish yurituvchilar, kotiblar, tabelchilar, hisobchilar va h.k.) kiradi.
Xodimlar soni ma’lum momentga (ma’lum kunga nisbatan) va davr oralig‘i uchun aniqlanadi (o‘rtacha miqdor sifatida). Ma’lum kunga nisbatan xodimlar soniga quyidagilar kiritiladi:

  • ro‘yxatda turgan xodimlar;

  • boshqa korxonalardan ishga olingan o‘rindoshlar;

  • fuqarolik-huquqiy ega bo‘lgan ishlarni bitim asosida bajaruvchi xodimlar.

Har kungi ro‘yxatdagi xodimlar tarkibiga shtat jadvali asosida doimiy, mavsumiy yoki vaqtincha ishga qabul qilingan kishilar, shuningdek ish haqi olib ishlovchi shu tashkilot, korxona egalari ham kiritiladi.
O‘rindoshlar ham qo‘shiladi, lekin ularning mehnat daftari asosiy ish joyida saqlanadi.
Bitim asosida - maxsus yoki xo‘jalik ishlarini bajaruvchi (remont, maslahat berish va h.k.) kishilar ro‘yxatdagi xodimlarga kiritilmaydilar.
Ro‘yxatdagi xodimlar soni korxona ixtiyoridagi har kungi mavjud bo‘lgan mehnat resurslari salohiyati haqida fikr yuritish imkoniyatini beradi. Shu va boshqa ko‘rsatkichlar momentli ko‘rsatkichlar bo‘lib, ularni soni har kuni o‘zgarib turadi. Shuning uchun ma’lum iqtisodiy tahlilni amalga oshirish uchun (o‘rtacha mehnat unumdorligi, o‘rtacha ish haqi va h.k.). O‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar soni aniqlanadi. Buning uchun har kungi ro‘yxatda turgan xodimlar sonini qo‘shib, kalendar kunlar soniga bo‘linadi (28, 29, 30, 31). Bunda shanba va yakshanba kunlar uchun juma kunida ro‘yxatda turganlar soni olinadi. Agar korxona oy davomida to‘liq ishlamagan bo‘lsa ham o‘rtachani aniqlashning bu usuli o‘zgarmaydi.
Masalan: korxona 25 iyundan ishlay boshlagan. Ro‘yxatdagi xodimlar soni quyidagicha bo‘lgan: 25 iyun (seshanba) 200 kishi, 26 iyun (chorshanba) 200 kishi, 27 iyun (payshanba) 203 kishi, 28 iyun (juma) 209 kishi. Oyning oxirgi ikki kuni (29 va 30) dam olish kunlariga to‘g‘ri kelgan. U holda

  • 200 + 200 + 203 + 209 + 209.2 1230 . . . .

T = = = 41 kishi
1 roy 30 30
Har kungi royxatdagi xodimlar soni ishga kelgan va kelmaganlardan tashkil topadi, shuning uchun kelganlar va kelmaganlar sonini qoshib, kalendar kunlar soniga bolinadi.
Masalan, korxona boyicha quyidagi malumotlar mavjud (kishi/kunlar): ishga kelishlar soni - 3010, ish kunlari kelmasliklar soni - 70, dam olish va bayram kunlari ishga kelmaslik - 1600. U holda
T = 3010 + 70+1600 = 156 kishi
1 roy 30
Bir necha oylardan iborat davr uchun o‘rtachani aniqlash o‘rtacha tortilgan arifmetik formulasidan foydalaniladi.
(I chorakda o‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar soni 612 kishi: aprelda 610 kishi, mayda 610 kishi, iyunda 604 kishi. U holda,
T =sx-n = 612 3+610 + 610 + 604 = 610 kishi
1 roy sn 6
Mehnat resurslaridan foydalanish darajasini tahlilini uch xil yo‘nalishda amalga oshiriladi:

  • soni bo‘yicha;

  • ish vaqti bo‘yicha;

  • mehnat unumdorligi bo‘yicha.

Soni boyicha korxonada mehnat potentsialidan foydalanishni organish uchun royxatdagi xodimlar sonidan foydalanish koeffitsienti aniqlanadi
_ Ortacha amalda ishlagan xodimlar soni Ortacha royxatdagi xodimlar soni, ish kunlar boyicha hisoblangan

KRo‘yxatdan foydalanish
Keyingi yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil keyingi bo‘limlarda ko‘riladi. Ishchi kuchi harakatini vaqt bo‘yicha, korxonalar bo‘yicha intensivligini o‘rganish maqsadida quyidagi nisbiy ko‘rsatkichlar aniqlanadi:
Qabul qilish K _ Ishga qaM qilinganlar soni x ^
T ro‘yxatdagi
Ishdan bo‘shash K _ Ishdan b°‘shaSanlar soni x 100%
T ro‘yxatdagi
Xodimlar sonini to‘ldirish Kt _ I l*qililhgaaril£lr s on. X 100%
Ishdan bo‘shaganlar soni
O‘rganilayotgan davrda ro‘yxatda turgan xodimlar Xodimlar doimiylik Kt _ soni X 100%
Tro‘yxatdagi
T royxatdagi - korxonaning o‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlari soni.
Ishga qabul qilish va undan bo‘shash natijasida ishchi kuchi sonining o‘zgarishi ishchi kuchi harakati deb ataladi. Uni ifodalash uchun quyidagi absolyut ko‘rsatkichlar aniqlanadi:

  • qabul qilish oboroti (ishga qabul qilinganligi xaqida buyruq chiqarilgan);

  • ishdan bo‘shash oboroti (ishdan bo‘shamaganligi xaqida buyruq chiqarilgan);

  • ishchi kuchi umumiy oboroti (qabul qilingan va bo‘shaganlar umumiy soni).

O‘z xohishi bilan ishdan bo‘shagan kishilar qatoriga quyidagilar kiradi: o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shaganlar, shuningdek quyidagilar: tanlovdan o‘tish natijasida boshqa joyga o‘tganlar, yashash uchun boshqa
joyga ko‘chganlar, kasallik yoki nogironlik, o‘qishga kirish, pensiyaga chiqish, oiladagi kasal kishini boqish, ikki tomon bitimiga asosan bo‘shagan kishilar.
Ishga qabul qilish va bo‘shash haqidagi ma’lumotlar asosida ham korxona, ham milliy iqtisodiyot darajasida quyidagicha ishchi kuchi balansi tuziladi:

Download 90,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish