Mehnat bozori statistikasi. Iqtisodiy faol va nofaol aholi



Download 90,92 Kb.
bet4/6
Sana10.06.2022
Hajmi90,92 Kb.
#650968
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
14-мавзу

To + QQ - B = Ti
Bunda: To - davr boshidagi xodimlar soni; QQ- qabul qilinganlar soni, shu jumladan manbaalar bo‘yicha: bandlilik xizmat yo‘llanmasi bilan; boshqa korxonalardan o‘tkazilganlar;
boshqa manbaalardan (korxonaning o‘zi qabul qilgan; o‘qishdan, armiyadan qaytgan va h.k.);
B - ishdan bo‘shaganlar soni, shu jumladan sabablar bo‘yicha: boshqa tashkilotga o‘zkazish sababli;
xodimning xohishi bilan mehnat - bitimini tugatilishi (o‘z xohishi bilan);
korxonaning xohishi bilan mehnat - bitimini tugatish, armiya safiga chaqirish sababli;
boshqa sabablar bilan.
T1 - davr oxiridagi xodimlar soni.
Aholi bandligini o‘rganish uchun korxona va tashkilotlardagi ish joylarining yangisini barpo etish va ba’zilarini yo‘qotish bo‘yicha xarakatini ham o‘rganishni taqozo etadi. Bandlilik xizmatlari idoralari korxona va tashkilotlardan ularning xodimlarga bo‘lgan talabini olib o‘rganadilar va shu ma’lumotlar asosida statistika quyidagi ko‘rsatkichlarni hisoblaydi:

  • ish joylarining umumiy soni - umumiy mavjud ish joylari + bo‘sh ish o‘rinlari;

  • bo‘sh ish joylar soni (korxona va tashkilotlarning buyurtmalari asosida aniqlanadi);

  • yangi kiritilgan ish joylar soni (ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta qurish va ish smenalarini ortishi natijasida va h.k.);

  • bir bo‘sh joyga band bo‘lmagan aholining yuklamasi.

3.Ish vaqti va undan foydalanish ko‘rsatkichlari.
Ish kuchi soni va uning tarkibi bu sohadagi masalaning miqdor tomoni hisoblanadi, ish vaqti va undan foydalanish darajasi esa uning sifat tarafini belgilaydi. Ish vaqtidan foydalanishni tahlil qilish uchun ish vaqti fondlarini tarkibini o‘rganishni, ish kuni va ish davri uzunligini, ishlagan ish vaqti xajmiga xar hil omillar ta’sirini o‘rganishni taqozo etadi. Ish vaqti statistikasi - mexnat statistikasining bir bo‘limi hisoblanadi.
Ish vaqtini yo‘qotishni o‘rganish mexnat muammolari bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari, ijtimoiy ta’minot bo‘limlari, kasaba uyushmalari, korxona va tashkilotlarning rahbarining doimiy e’tiborida turadi.
Ish vaqti sarflangan mexnat meyorini ifodalaydi va u amaliyotda ikki ko‘rsatkich yordamida o‘lchanadi: 1) ishlagan kishi - kuni xodimning korxona ro‘yxatida turgan va ishga kelgan kunlarini bildirib, unga ish vaqti davomida xaqiqiy ishlangan va ishlanmagan soatlar kiraveradi. Ishlangan kishi-kunlariga shu korxonada o‘z xodimlari tomonidan amalda ishlangan kishi kunlari, bu korxona yo‘llanmasi bilan boshqa korxonada ishlangan kishi-kunlari, shuningdek xizmat safarida bo‘lgan xodimlarning ishlagan kunlari kiritiladi.

  1. Ishlangan kishi-soati ish vaqtining aniq o‘lchov birligi hisoblanadi, chunki uning tarkibiga tanaffus vaqtlari, kechikib kelish va vaqtli ketib qolish vaqtlari kiritilmaydi.

Ish vaqtidan foydalanish darajasini bilish uchun statistika quyidagi ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanadi:

  1. Bir ishchi tomonidan ishlangan kunlardan, ya’ni ish oyi uzunligidan foydalanish koeffitsienti;

  2. Ish kuni uzunligidan foydalanish koeffitsienti;

  3. Ish vaqtidan to‘liq foydalanish koeffitsienti;

Bir ishchi tomonidan amalda ishlangan kunlar sonini aniqlash uchun korxonada ishlangan barcha kishi-kunlar soni o‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar soniga bo‘linadi. Bu ko‘rsatkichning amaldagisini bazis darajasi bilan solishtirilib birinchi koeffitsient aniqlanadi.
Ish kunining amaldagi uzunligini aniqlash uchun ishlangan barcha kishi-soatlar soni, ishlangan kishi-kunlar soniga bo‘linadi. Bunda ikki hil ko‘rsatkich aniqlanadi: a) ish kunining to‘liq uzunligi (bunda odatdagi va odatdan tashqari soatlar e’tiborga olinadi) va b) ish kunining odatdagi uzunligi (bunda faqat odatdagi soatlar e’tiborga olinadi). Bu ko‘rsatkichning amaldagi bazis davrdagisi bilan solishtirilib ikkinchi koeffitsient aniqlanadi. Birinchi koeffitsientni ikkinchisiga ko‘paytirib uchinchi ya’ni ish vaqtidan to‘liq foydalanish koeffitsienti aniqlanadi.

Download 90,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish