Mehnat bozori statistikasi. Iqtisodiy faol va nofaol aholi



Download 90,92 Kb.
bet2/6
Sana10.06.2022
Hajmi90,92 Kb.
#650968
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
14-мавзу

5.1.1-jadval
O‘zbekiston aholisining yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi
Respublikamiz hududlarida demografik rivojlanishning asosiy tendentsiyasi tug‘ilishning kamayishida hamda migratsiyaning salbiy qoldig‘i ko‘rinishida namoyon bo‘lmoqda. Bu esa aholining yosh guruhlari tarkibiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Xususan, aholi yosh guruhlari tarkibida mehnatga layoqat yoshidan kichiklar ulushi 1991 yildagi 43,1 %dan 2010 yilga kelib 32,4%ga, mehnatga layoqat yoshidan kattalar ulushi esa 7,8%dan 7,3%ga kamaygan, mehnatga layoqatli aholining solishtirma salmog‘i esa 49,1%dan 60,3 %gacha ko‘paygan.
Mehnat resurslari - yoshi va sog‘ligi bo‘yicha mehnatga layoqatli va amalda iqtisodiyotda band yoki band bo‘lmagan kishilar bo‘lib, umumiy doimiy yashovchi aholining bir qismini tashkil etadi. Ularga quyidagilar kiradi:

  1. mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli kishilar;

  2. 16 yoshga etmagan amalda ishlayotgan o‘smirlar;

  3. mehnatga layoqatli yoshdan katta bo‘lsa ham, amalda ishlayotgan kishilar;

  4. mamlakatda faoliyat olib borayotgan xorij mamlakatlar fuqarolari.

Mehnat resurslari soni quyidagicha aniqlanadi:
MR = MYO - (N + BB) + PO‘;
ME - mehnat resurslari, mehnat yoshidagilar;
N - I va II guruh nogironlari;
BB - band bo‘lmagan aholi;
PO‘ - band bo‘lgan nafaqaxo‘rlar va 16 yoshga etmagan ishlayotgan o‘smirlar.
Ayrim olingan regionlar bo‘yicha mehnat resurslari soni hisoblanganda mayatnikli migratsiya ham hisobga olinadi.
Masalan, shaharda 200 ming kishi yashaydi: ulardan 16 yoshga etmaganlar - 46 ming kishi, mehnatga layoqatli yoshdagilar 112 ming kishi, mehnat yoshidagi yuqori yoshdagilar - 42 ming kishi. Mehnat yoshidagilardan 3 foizi ishlamayotgan I va II guruh nogironlar va imtiyozli nafaqaxo‘rlar. Korxona, muassasa va tashkilotlarda 1.56 ming o‘smirlar va 10 ming nafaqaxo‘rlar ishlaydi. Shaharga ishlash uchun har kuni 1.4 ming kishi keladi va 0.3 ming kishi boshqa regionlarga borib ishlaydi.
MYo aholi = 0.97 112 = 108.6 ming kishi
MR (mayatnikli migratsiyasiz) = 108.6 + 1.56 + 10 = 120.2 ming kishi MR (mayatnikli migratsiyani = 120.2 + 1.4 - 0.3 = 121.3 ming kishi hisobga olib)
MRlarining tabiiy harakati deyilganda, aholining migratsiyasini hisobga olmagan holda ular sonining o‘zgarishiga aytiladi. Ishchi kuchi soni o‘zgarishi intensivligini o‘rganish maqsadida quyidagi ko‘rsatkichlar aniqlanadi:
MR tulkishi 100%;

  • MR sonining tabiiy to‘lishi Kt = - 100 %;

MR
MR kamayish 100%

  • MR sonining tabiiy kamayishi Kt = ~r 100/o;

  • MR tabiiy o‘sish Kt = MR sonining tabiiy - MR sonining tabiiy

to‘lishi Kt kamayishi Kt
Aholi migratsiyasi

  • MR migratsiyali to‘lishi Kt = - 100%;

MR
Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) ta’rifiga asosan iqtisodiy faol aholiga mamlakat aholisining 15 yoshdan 72 yoshgacha bo‘lgan qismi kiritilib, ular o‘z ish kuchini mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun taqdim etadilar va ikki qismga bo‘linadilar: band bo‘lganlar va band bo‘lmaganlar. Masalan, O‘zbekiston Respublikasida 2010 yilda iqtisodiy faol aholi soni 11,9 mln. kishi bo‘lib, shu jumladan iqtisodiyotda band bo‘lganlar 11,6 mln. kishi, band bo‘lmaganlar - 601.4 ming kishi. Shu jumladan, mehnat birjalarida qayd etilgan ishsiz maqomini olganlar soni 16,24 ming kishi. Band bo‘lganlarga joriy davrda faoliyat yuritgan quyidagi kishilar:

  • manfaatdorlik asosida yonlanib mehnat qilganlar (xafta davomida eng kami bilan bir soat);

  • daromad keltiruvchi mehnat bilan band bo‘lganlar (yonlanib yoki yonlanmasdan mehnat qilganlar).

Biron-bir ob’ektiv yoki sub’ektiv sabablar bilan vaqtincha ishda bo‘lmaganlar (betobligi, otpuskadagi, o‘qishdaligi tufayli va h.k.) ham ish haqi hisoblangan yoki hisoblanmagan bo‘lishdan qat’iy nazar band bo‘lganlar safidan chiqarilmaydi.
O‘zining xususiy uy xo‘jaligida band bo‘lganlar (ovqat pishirish, kiyim tikish va ta’mirlash, uyni tozalash, bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanishi va h.k.) iqtisodiyotda band bo‘lganlar safiga kiritilmaydi.
Xalqaro andozalarga asosan band bo‘lganlar ishlab chiqarishda bajarayotgan funktsiyasiga qarab quyidagi guruhlarga ajratiladi:

  1. Yonlangan xizmatchilar. Bu guruhga kiruvchilar ish beruvchilar bilan tuzilgan bitimga asosan mukofot oladilar. Bunda tashkilot tomonidan olinadigan daromad e’tiborga olinmaydi va barcha tanlanganlar yoki ishga tayinlanganlar, shuningdek rahbarlar, boshqaruvchilar ham yonlanma xizmatchilar hisoblanadilar. Bularga diniy xodimlar, harbiy xizmatni o‘tayotganlar, ichki bo‘lim va xavfsizlik organlarida xizmat qilayotganlar ham kiradilar.

  2. Ish beruvchilar. Bu guruhga xususiy (oilaviy) korxona yosh firma boshqaruvchilari ishlab chiqarish maqsadida yonlangan xizmatchilar mehnatidan foydalanuvchilar.

Ularga aktsionerlik jamiyatida ishlovchilar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan bitim tuzish imkoniyatiga ega bo‘lganlar, ishchilarni yonlash va bo‘shatib yuborish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar kiradi.

  1. Mustaqil ish bilan band bo‘lganlar. Bularga mustaqil yoki bir yoki bir necha sheriklar bilan birgalikda ishchi kuchi yonlamasdan daromad keltiruvchi ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi kishilar kiradi.

  2. Ishlab chiqaruvchi kooperativ a’zolari. Bu guruhga o‘z korxonasida ishlayotgan va boshqarish jarayonida boshqa a’zolar bilan teng huquqqa ega bo‘lgan (ishlab chiqarishni boshqarish va daromadni taqsimlashda) kishilar kiradi.

  3. Oilaviy korxonalarning haq olmasdan ishlaydigan xodimlari.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishsizlikni o‘rganish muhim ahamiyat
kasb etadi.
Ishsizlik deb, o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, ishlab turgan joyidan, mehnat daromadidan ajralgan, ish qidiruvchi shaxslar sifatida ro‘yxatga olingan, mehnat qilish, kasbiy tayyorgarlikdan o‘tishga tayyor 16 yoshdan pensiya yoshiga qadar bo‘lgan fuqarolar ishsizlar sirasiga kiradi.
Iqtisodiyotda “to‘la ish bilan bandlik” degan tushuncha mavjud. Lekin hech qachon aholini 100 % ish bilan band qilib bo‘lmaydi. SHuning uchun ma’lum miqdordagi aholining ishsiz bo‘lishi iqtisodiy jihatdan tabiiy hol hisoblanadi. Ishsizlikning quyidagi turlari mavjud:

  1. Friktsion ishsizlik. Bularga ish qidirayotganlar yoki yaqin vaqtlar ichida ish bilan taminlanishi kutilayotgan ishchi kuchlari kiradi.

  2. Tarkib o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan ishsizlik. Bunda ishchi kuchi darhol yoki qisqa muddatda ish topa olmaydi. U malakasini o‘zgartirishi, qayta malaka oshirishi, ma’lumot olishi, kasb egallashi lozim. Xatto yashash joyini o‘zgartirishiga to‘g‘ri keladi.

  3. Siklik ishsizlik. Ishlab chiqarish hajmining pasayishi yoki toxtashi natijasida ishchi kuchiga bolgan talabning pasayishi va ishsizlikning paydo bolishidir. Siklik ishsizlikda ishsizlar soni kopayadi. Lekin tsikl otgach yangi ish joylari paydo bolib ishsizlar soni kamayadi.

Statistika ishsizlik darajasini xarakterlash uchun absolyut va nisbiy korsatkichlardan foydalanadi. Ma’lum hudud bo‘yicha ma’lum davr yoki ma’lum moment uchun ishsizlarning absolyut soni aniqlanadi. Lekin uning intensivlik darajasini aniqlash uchun ishsizlik koeffitsienti hisoblanadi. Buning uchun ishsizlar soni mehnat resurslari soniga bo‘linadi va protsentda ifodalanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 5-7 % ishsizlik bo‘lishi tabiiy holat hisoblanadi.
O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi axborotnomasiga asosan 2010 yilning yanvar-dekabrida mehnat bo‘limlariga ishga joylashtirishda yordam berishni so‘rab 671,6 ming fuqaro murojaat qildi. Bu 2009 yilning shu davriga nisbatan 2,0 foizga ko‘pdir.
Dekabr oyi oxirida mehnat bo‘limlarida ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatda turganlar soni 16,2 ming nafarni (2009 yilning mos sanasida

  1. ming kishi) tashkil etgan.

Ishga joylashish maqsadida mehnat bolimlarida royxatda turgan aholining aksariyati Toshkent shahriga - 3,5 ming (respublika miqyosida jami royxatda turganlarning 21,4 foizi), Fargona viloyatiga - 1,9 ming kishi (11,8 foizi), Buxoro viloyatiga - 1,4 ming kishi (8,9 foiz), Qashqadaryo viloyatiga - 1,3 ming kishi (8,1 foizi), Surxondaryo viloyatiga - 1,1 ming kishi (6,9 foiz) togri keladi.

  1. yilning yanvar-dekabrida mehnat bolimlari tomonidan 595,6 ming fuqaro (barcha murojaat etganlarning 88,7 foizi) ishga joylashtirilgan bolib, bu 2009 yilning shu davriga nisbatan 2,7 foizga yuqoridir.

Mehnat organlarida royxatga olingan ish bilan band bolmagan fuqarolar umumiy sonidan shu yilning oxiriga 16,2 ming kishi ishsiz maqomiga ega bolgan.
Iqtisodiy nofaol aholiga 15 yoshdan 72 yoshgacha bo‘lgan aholining quyidagi kategoriyalari kiritiladi:

  • kunduzgi bo‘lim o‘quvchilari, talabalari, magistrlari, aspirantlari, tinglovchi va kursantlari;

  • nafaqaxo‘r va nogironlar;

  • uy xo‘jaligida band bo‘lganlar;

  • ish qidirishni tugatganlar;

  • ishlashi shart bo‘lmaganlar.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozorida yuz berayotgan jarayonlarni tahlil qilishning muhim quroli bolib, ortacha yillik miqdorlarda 1.01 va 1.07 ga nisbatan tuziladigan mehnat resurslari balansi hisoblanadi. U mehnat resurslarining soni va tarkibi, ularning milliy iqtisod tarmoqlari va mulk formalari boyicha taqsimoti, ishsizlar va iqtisodiy nofaol aholi haqidagi korsatkichlar tizimi bolib, u faqat mehnat statistikasi malumotlari asosida emas, balki statistikaning boshqa tarmoqlari korsatkichlarini oz ichiga oladi. U jamiyatning ijtimoiy tuzilishini, mehnat bozoridagi talab va taqdimni organish uchun muhim qurol bolib hisoblanadi.
Mehnat resurslari balansi ikki bir-biri bilan bogliq bolimlardan iborat: uning birinchi bolimida mehnat resurslarining soni va tabiiy takror paydo bolishini, ikkinchi bolimida mehnat resurslarini sohalar va faoliyat turlari boyicha taqsimlanishini ifodalaydi.
Mehnat resurslari balansi sxemasini quyidagicha ifodalash mumkin:

  1. Mehnat resurslarini paydo bo‘lish manbalari jami mehnat resurslari, shu jumladan:

  • mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi;

  • iqtisodiyotda band bo‘lgan o‘smirlar;

  • iqtisodiyotda band bo‘lgan qariyalar va ishsizlar.

  1. Mehnat resurslari taqsimoti:

  • jami iqtisodiyotda band bo‘lganlar, shu jumladan:

  • iqtisodiyot tarmoqlarida;

  • xususiy uy xo‘jaligini yuritish uchun yonlanganlar;

  • doimiy yo‘nalish va boshqa soha xodimlari;

  • mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan ishlab chiqarishdagi ajralgan holda o‘qiyotganlar;

  • mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan, lekin iqtisodiy faoliyat va o‘qish bilan band bo‘lmaganlar.


Download 90,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish