Xarid qilish bo‘limi ko‘pgina hollarda ta’minotchilar bilan uzoq muddatli shartnomalar tuzishadi(ba’zida tender o‘tkazishadi). Uzoq muddatli shartnomalar chegirmalar olishga , ishning osonlashishiga yordam beradi( zaklyuchil kontrakt na god i spi spokoyno). - Xarid qilish bo‘limi ko‘pgina hollarda ta’minotchilar bilan uzoq muddatli shartnomalar tuzishadi(ba’zida tender o‘tkazishadi). Uzoq muddatli shartnomalar chegirmalar olishga , ishning osonlashishiga yordam beradi( zaklyuchil kontrakt na god i spi spokoyno).
- Lekin bunday xaridlar usulining kamchiligi ham bor. Ta’minot hajmining davriyligi shartnomaga belgilangan bo‘ladi. Agar mehmonxonaning to‘lish hajmi pasaysa, ushbu tovarlar ortib qoladi va aksincha bo‘lganda tovarlar yetmay qolishi mumkin. Yana yetkazib berilayotgan tovarlarning sifati keyinchalik qoniqtirmasligi mumkin, shartnomani esa buzish jarayoni oson kechmaydi.Yoki bozorda tovar narxi pasayishi, mehmonxona esa shartnomaga belgilangan narxni to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
- Ko‘pgina xaridlar chakana savdolar orqali amalga oshiriladi. Lekin buning ham o‘ziga xos kamchilaiklari bor, kerakli tovarlar bozorda topilmay qolishi mumkin.Ulgurji savdoda mehmonxona vino, spirtli ichimliklar, pivo, tamaki mahsulotlari va go‘shtni sotib oladi. Agar otel mehmonxonalar zanjiriga kirsa zaruriy tovarlarning aksariyatini ushbu zanjirning neytrallashgan tizimi orqali oladi. Ushbu tizim ta’minotni amalga oshiradigan markazlashgan omborxonalarga ega. Tizimning malakali xodimlari xarid qilinayotgan tovarlarning sifatli bo‘lishini ta’minlashlari kerak.
- Xaridlar quyidagicha tartibda amalga oshiriladi:
- 1. Mehmonxonaning barcha bo‘limi xarid bo‘limiga talabnoma beradi.
-
- Uning shakli har xil bo‘lishi mumkin, lekin hammasi ham detallashgan bo‘ladi- tovarning hajmi, og‘irligi, taminotchi davlat,miqdori va eng asosiysi muddati kelishib olinadi.
- 2. Xaridlar bo‘limi menejeri kelib tushgan talabnomalar xususiyatiga qarab, ta’minotchilar takliflarini ko‘rib chiqib(narx, chegirmalar, to‘lov vositasi va b.), yaxshisini tanlaydi va buyurtmani rasmiylashtiradi.
- 3. Buyurtmaga asosan yetib kelgan tovarni tekshirishadi, ro‘yxatdan o‘tkazishadi, yaroqsizini qaytarishadi.
- 4. Ta’minotchilardan kelgan schyot-fakturani tekshirishadi, ro‘yxatga olib, moliya bo‘limiga to‘lov uchun jo‘natishadi.
Mustahkamlash savollari - 1. Injenerlik xizmati va uning vazifasi haqida ma’lumot bering.
- 2. Yong‘in ro‘y berganda mehmonxona xodimlari qanday harakatlarni amalga oshirishlari zarur?
- 3. Xavfsizlik xizmati va uning tarkibi.
- 4. Mehmonxonada mehmonlar xavfsizligini taminlash.
- 5. Xavfsizlik xizmati xodimlari qanday talablarga javob berishlari kerak?
- 6. Mehmonxonaning xarid qilish bo‘limining asosiy vazifasini tushuntiring.
- 7. Mehmonxonada xaridlar qanday tartibda amalga oshiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |