Mehmonxonalarda turistlarga xizmat ko’rsatish jarayonini amalga oshirish uchun asosiy mehmonxona xizmatlari taqdim etishni ta‘minlovchi quyidagi asosiy xizmatlar minimal to’plami ko’zda tutilishi lozim: bronlashtirish; xizmat ko’rsatish; qabul qilish va hisob-kitob qismi; xonalar fondini ekspluatatsiya qilish Mehmonlar nuqtai nazaridan xizmat ko’rsatish servisi mehmonxonada eng muhimi hisoblanadi. Negaki bu xizmat xodimlari mijozlar bilan doimiy aloqada bo’lishadi va ular bilan bog’liq barcha vazifalarni bajarishadi. Xizmat ko’rsatish servisini menejer boshqaradi. Unga shveysarlar, bagaj toshuvchilar, liftchilar, yo’lak xizmatkorlari, joylashtiruvchilar, haydovchilar (ijaraga olingan mashinalar va mehmonlar avtomobillarni joylashtirishga xizmat qiluvchilar) bo’ysinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |