Yarim pansionda (ikki marta ovqatlanish) ertalabki nonushta va tushlik yoki kechki ovqat nazarda tutilgan bo‘ladi. Pansion – bu uch martalik ovqatlanishdir. Qimmatbaho xizmat ko‘rsatish variantlarida butun kun davomida va hattoki tunda istalgan vaqtda va istalgan miqdorda ovqatlanish hamda ichimliklar (spirtli ichimliklarni ham qo‘shib hisoblaganda) ichish imkoniyati nazarda tutilishi mumkin. - Shuningdek, taklif etilayotgan ovqatning zichlik gradatsiyasi (miqdori bo‘yicha) va ko‘pincha kaloriyaliligi hamda xizmat ko‘rsatishning turlari belgilangan bo‘ladi. Masalan, nonushta xillarining miqdori tashrif buyurilayotgan mamlakat yoki mintaqaning an’analariga bog‘liq bo‘ladi (yevropacha, kontinental, inglizcha, amerikacha,va hokazo). Mehmonlarga xizmat ko‘rsatishning turi ham muhimdir (shvedcha dasturxon).
Do'stlaringiz bilan baham: |