2.1. Detalning hizmat vazifasi.
O‘q detallari burovchi momentni uzatish uchun yoki tayanchlar sifatida foydalaniladi. O‘qlar pog‘onali va pog‘onasiz, yaxlit va g‘ovak, silliq yoki turlicha uncha murakkab bulmagan tuzilishda bo‘ladi. Mashinasozlikda uzunligi 150—1000 mm bo‘lgan o‘rtacha o‘lchamdagi pog‘onali o‘qlar eng ko‘p tarqalgandir. Teng o‘qli – profildagi o‘qlardan og‘ir yuklangan uzatmalarda, shlitsali yoki shponka ariqchasiga ega bo‘lgan vallar o‘rniga foydalaniladi. Bikr o‘qlar deb, uzunligini diametrga nisbati 15 dan oshmagan o‘qlarga aytiladi; nisbati yuqori bo‘lgan o‘qlar bikrmas xisoblanadi.
Odatda o‘qlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: 1) tutashuvchi silindrik yuzalarni aniqligi, yuza g‘adir-budurligi parametrlari tegishlicha Ra = 1,25 … 0,63 mkm va Ra = 2,5 … 1,25 mkm bo‘lgan 6 - 7-chi kvalitetlar bo‘yicha; 2) podshipnik osti bo‘yinchalarini silindrsimonlik va doiraviylikka dopuski diametral o‘lcham dopuskini 0,25 – 0,5 qismini tashkil etishi; 3) tishli g‘ildiraklar osti bo‘yinchalarini podshipnik osti bo‘yinchalariga nisbatan radial urishi dopuski diametral o‘lcham dopuskini 0,25 – 0,5 qismini tashkil etishi; 4) podshipnik osti bo‘yinchalarini o‘qdoshliligi dopuski 0,01 – 0,03 mm; 5) shponka ariqchalari yon tomonlarini podshipnik bo‘yinchalarini umumiy o‘qiga nisbatan simmetrililigi dopuski 0,03 – 0,05 mm.
Menga berilgan №01.012.007 sonli ”O‘q” detali bo‘lib unga o‘rnatilgan detallarning aylanishini ta’minlash bilan birga, burovchi momentlarni uzatishga ham xizmat qiladi. Zanjirli transportiyor taranglash qurilmasida o‘shbu o‘q detalining xizmat vazifasi 2 ta yulduzchalar orqali birikkan holda burovchi momentni uzatib berishdan iborat. Detalning B va B1 yuzalari polzunga o‘natiladi va tores qismi bo‘lgan A va A1 yuzalarga maslenka detali o‘rnatiladi. Eng asosiy yuzalardan biri bu D va D1 yuzalar bulib bunga yulduzchalar halqa va vint bilan o‘qqa mahkamlanadi.
O‘qlar asosan yuqori mustaxkamlikka ega bo‘lgan, yengil ishlov beriluvchi, kuchlanishlar konsentratsiyasiga kam ta’sirlanuvchi, yemirilishga chidamliligini oshirilishida esa termik ishlov berilishi ijobiy bo‘lgan konstruksion va legirlangan po‘latlardan tayyorlanadi. Ushbu talablarga 35, 40, 45, 40X, 20X, 40G2 va boshqa po‘latlari javob beradi.
Po‘lat 5 GOST 8510-86 materialining kimyoviy tarkibi,%
1-jadval
Po‘lat markasi
|
S
|
Si
|
Mn
|
Sr
|
Ni
|
Po‘lat 5
|
0.28-0.37
|
0.15-0.3
|
0.5-0.8
|
≤0.3
|
≤0.3
|
Po‘lat 5 GOST 8510-86 materialining po‘latning mexanik xossasi
2-jadval
Po‘lat markasi
|
σt, MPa
|
σv,MPa%
|
δ, %
|
NV
|
𝒂n,Dj/m2
|
Po‘lat 5
|
255-295
|
490-630
|
60
|
170
|
-
|
Do'stlaringiz bilan baham: |