Texnologik jarayon va uning tuzilishi ishlab chiqarish turi bo‘yicha aniqlanadi.
Ishlab chiqarish turi va unga to‘g‘ri keladigan ishni tashkil qilish shakli tehnologik jarayonni tasnifini hamda uning tuzilishini aniqlaydi. Shuning uchun ham ishlab chiqarish turini aniqlash detalga mexanik ishlov berish tehnologik jarayonni loyixalashni boshlang‘ich asosiy bosqichidir.
Mashinasozlikda ishlab chiqarish turilari asosan uchta turga ajraladi: donalab, seriyalab va yalpi.
Ishlab chiqarish turini analitik va jadvallar usulida berilgan yillik ishlab chiqarish dasturiga asosan, detal og‘trligi hamda uni materialining zichligiga bog‘liq holda aniqlash mumkin. Ishlab chiqarish turini jadvallar usili bilan aniqlashda detal massasini mashina detallarini loyihalashga mo‘ljallangan KOMPAS dasturi yordamida hisoblab, N=13000 dona va m = 2.68 kg bo‘lganda ([10],2 – j,18 – b) ga asosan o‘rta seriyali deb aytishimiz mumkin.
Berilgan yillik dasturga asosan ishlab chiqarish qadamini quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi.
(5) bu yerda: – dastgohlarni bir yillik haqiqiy ishlash vaqti fondi; N=13000 dona – yillik ishlab chiqarish dasturi.
Seriyali ishlab chiqarish turida detallarni partiyalarga bo‘lib ishlov berish sababli partiyadagi detallar sonini hisoblab topish talab qilinadi.
(6) bu yerda: a=3,6,12,24 kun – partiyadagi detallarni ishlov berishga kiritilish davri; F=254 kun – bir yildagi ishchi kunlar soni.
3.KONSTRUKTORLIK QISM.
3.1. Zagotovka turini tanlash va uni tayyorlash usulini aniqlash.
Mashina detallari uchun xom-ashyo quyidagi ko‘rinishlardan iborat bo‘lishi mumkin:
cho‘yan, po‘lat, rangli metall va plastmassalardan tayyorlangan quymalar;
po‘latdan sovutilgan va qizdirilgan hollarda tayyorlangan prokatlar va rangli metall-prokatlari.
Xom-ashyoning turi uning materialiga, shakliga, detalning xizmat vazifasiga va mashinalarda yig‘ilgan holda ishlash shart-sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi.
Shakldor detallar ishlash jarayonida cho‘zilish va egilish ta’sirida bo‘lmasa odatda cho‘yanlardan tayyorlanadi.
Bolg‘alash yordamida egilishga, cho‘zilishga buralishga ishlovchi va ko‘ndalang kesimi bo‘yicha o‘lchamlarida farq bo‘lgan letallarning xom-ashyolari tayyorlanadi. Bolg‘alash bilan katta o‘lchamli detallar uchun donali va kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitida yoki boshqa hollarda kichik detallar uchun xom-ashyo tayyorlanadi.
Shtamplangan xom-ashyo shtamplash mashinalirda olinadi. Shtamplangan metallning strukturasi bir xilligi bilan ajralib turadi. Shatmplangan xom-ashyoning shakli detal shakliga juda yaiqn bo‘lib, ayrim ‘ollarda mexanik ishlov berilmaydi (detallarning ayrim yuzalari nazarda tutilmoqda) . Bu o‘z navbatida metall sarfini kamaytiradi. Shtamplash jarayonining ish unumdorligi bolg‘alashga nisbatan ancha yuqori. Ishchining malakasi ham bolg‘alashga nisbatan past bo‘lishi mumkin. Shtamplash yo‘li bilan seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitlarida qo‘l keladi.
Aylana, kvadrat, olti burchakli prokatlardan tayyorlangan xom-ashyo o‘z shakli bo‘yicha yuqoridagiko‘rinishlarga yaqin bo‘lgan detallar tayyorlashda qo‘llaniladi.
Qaysi turdagi xom-ashyoni tanlash uni texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqilgandan so‘ng amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Zagotovkani olishni mavjud usullarini taxlil qilib, berilgan ishlab chiqarish sharoitida detalimiz uchun zagotovkani optimal tayyorlash usuli
prokatlashdir.