Mehanika-mashinasozlik



Download 3,03 Mb.
bet1/10
Sana18.04.2022
Hajmi3,03 Mb.
#561494
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KURS ISHI OLIMJONOV12345


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI

“MEHANIKA-MASHINASOZLIK” FAKULTETI


“MASHINASOZLIK TEXNOLGIYASI VA AVTOMATLASHTIRISH” KAFEDRASI”

“Moslanuvchan ishlab chiqarish tizimlarida RDB


Texnologik jixozlari “ FANIDAN

Kurs loyihasi
Bajardi: 20-18 MST guruh talabasi
Olimjonov A

Qabul qildi: Tojiyev B


Komissiya a`zosi: Gaynazarov A


FARG‘ONA 2022
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI

“MEHANIKA-MASHINASOZLIK” FAKULTETI


“MASHINASOZLIK TEXNOLGIYASI VA AVTOMATLASHTIRISH” KAFEDRASI”

“Moslanuvchan ishlab chiqarish tizimlarida RDB


Texnologik jixozlari “ FANIDAN

KURS LOYIHASI HISOBOTI

Bajardi: 20-18 MST guruh talabasi


Olimjonov A

Qabul qildi: Tojiyev B

Komissiya a`zosi: Gaynazarov A

FARG‘ONA 2022




KIRISH


Bizning mustaqil davlatimiz rivojlanish yo‘lidan bormoqda. Bizning ilk muvaffaqiyatlarimizdan biri - iqtisodiyotimiz uchun mutloqa yangi soxa avtomobilsozlik soxasining tug‘ilishi bo‘ldi.
Mamlakatimizda istiqlolga erishganimizning dastlabki yillaridanoq puxta o‘ylangan va bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinayotgan isloxotlar o‘z natijasini bermoqda. Istiqlol yillarida avtomobilsozlik, kimyo va neft-kimyo, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoati, telekommunikatsiya uskunalari va keng turdagi maishiy elektron maxsulotlari ishlab chiqarish kabi tarmoqlar jadal taraqqiy etib, sanoatimizning lokomotivlariga aylandi.
Bugun birgina avtomobilsozlik soxasi xaqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, mamlakatimiz istiqlolga erishgandan so‘ng o‘z faoliyatini boshlagan Asaka avtomobil zavodida yengil avtomobillarning uchta rusumi ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘sha paytda transport vositalari xaqida ketganda birgina vodiyning Asaka shaxri tilga olinar edi. Hozirda esa Toshkent, Samarqand va Xorazm viloyatlari xam O‘zbekiston avtomobil sanoatining markazlari sifatida tilga olinmoqda. Mazkur zavodlar yengil va yuk avtomobillari, maxzuz transport vositalarining 100 dan ortiq turlarini ishlab chiqarmoqda. Bu esa o‘tgan davr mobaynida yurtimiz avtomobil sanoati qanday shiddat bilan rivojlanganini ko‘rsatadi.[2]
1996 yil 19 iyul kuni Asakada «O‘zDaewooAvto» qo‘shma korxonasi-ning ishga tushirishi bilan mamlakatimiz iqtisodiyotida butunlay – avtomo-bilsozlik tarmog‘iga asos solindi.Mazkur tarixiy sanadan boshlab, to bugungi kunga qadar Asaka avtomobil zavodida eng zamonaviy standartlarga javob beradigan, qulay, ishonchli va tejamkorligi jixatidan xorijiy avtoulovlar bilan raqobatlasha oldigan avtomashinalar ishlab chiqarilmoqda.[3]
2008 yil mart oyida O‘zbekiston avtomobil sanoati hayotida muhim voqea ro‘y berdi. Zavod negizida «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi va «General Motors» kompaniyasi tasisiligida, yangi «GM Uzbekistan» korxonasi tashkil etildi. Buning natijasida o‘zbek avtomobillari yanada zamonaviy va ko‘rkam avtomobil rusumlari hisobiga kengaya boshladi. «Chevrolet» brendi ostida «Captiva» rusumli avtomobil ishlab chiqarilishi boshlandi. Shu yilning noyabr oyida esa Asaka avtomobil zavodi konveeridano‘zida ko‘rkam va keng intervernimujassamlashtirilgan millioninchi avtomobil – «Lacetti» avtomobili chiqdi.
Qisqa davr ichida zavodda «General Motors» kompaniyasining yana ikki yangi glabal rusumi – «Spark» va «Kobalt» avtomobillarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22 noyabrdagi «2013-2015 yillarda Xorazm viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida»gi 1856-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasmining 2013 yil 21 fevraldagi «Xorazm viloyati «Damas» rusumli yengil avtomobillarni ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 51-sonli qaroriga muvofiq viloyatda «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatining Xorazm viloyati filiali – «Xorazm avto» zavodi ishga tushirildi.
2014 yilning birinchi yarmida «Damas» va «Orlando» rusumli avtomobillarni yig‘ish boshlandi. Shu yilning o‘zida 30,7 ming dona «Damas» va «Orlando» avtomobillari ishlab chiqarildi. Bundan tashqari, yurtimizda kichik biznes egalari va xususiy tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida o‘tgan yilning oxirida «Labo» avtomobilini ishlab chiqarish xam yo‘lga qo‘yildi. Natijada, 1996 yilda uchta rusumdagi avtomobillarni ishlab chiqarish bilan o‘z faoliyatini boshlagan zavodda bugun o‘n bitta rusumdagi yengil avtomobillar ishlab chiqarilmaqda. Ularning orasida yaqinda avto ishqibozlarga taqdim etilgan «Nexia» avtomobillining yangi avlodi mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligiga munosib sovg‘a bo‘ldi. Mazkur yangi avtomobil qulayligi, jixozlanishi, xavfsizligi bo‘yicha eng yuqori talablar darajasida ishlab chiqarilmoqda. Shuni aloxida takidlash kerakki, ko‘p yillardan buyon yengil avtomobillarimiz aksariyat kompaniyalar tomonidan o‘tkaziladigan reytinglarda ommabopligi yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda. Xususan, «Matiz» avtomobili Rossiya bozorlarida omma-bopligi va ko‘p sotilgani bilan «Yil avtomobili» degan nomni qo‘lga kiritib kelmoqda. Avtomobilsozlikni rivojlantirish va uning ishlab chiqarish salohiyatini yuksaltirishda mahalliylashtirish muhim o‘rin tutishi xach kimga sir emas. Bu iqtisodiytni barqaror taraqqiy ettirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, ishlab chiqarishga yangi va samarali texnologiyalarni tadbiq qilishni jadallashtirish imkonini beradi.
Agar zavod tashkil topgan 1995-1996 yillarda «O‘z-DongJu», «O‘z-DongVon», «O‘z-TongXong», «O‘z-SeMyung» kabi 10 ga yaqin qo‘shma korxonalar faoliyat yuritgan bo‘lsa, hozirgi kunda «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi 35 dan ortiq yirik qo‘shma va mahalliy ishlab chiqarish korxonalari ishlab turibdi. Bundan tashqari, 300 dan ortiq xususiy korxonalar «O‘zavtosanoat» AK tizimidagi yirik korxonalar uchun zaruriy materialni yetkazib bermoqda.
2011 yili O‘zbekistonda «General Motors» korporatsiyasi bilan hamkorlikda dvigatellar ishlab chiqaradigan yangi qo‘shma korxona faoliyati yo‘lga qo‘yilganini ham aloxida takidlash joiz. Mahalliylashtirish dasturi asosida tashkil etilgan «General Motors Powertrain Uzbekistan» qo‘shma korxonasi yiliga 132 mingdan ortiq dvigatel ishlab chikarish quvvatiga ega. Muhimi shundaki, «Evro-5» Xalqaro ekologik standartlariga to‘la javob beruvchi o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan ushbu dvigatellar Asaka avtomobil birga, qator xorijiy mamlakatlarga ham eksport qilinmoqda.
Yurtdoshlarimizning g‘urur va iftixoriga aylangan O‘zbekiston avtomobil sanoati haqida so‘z yuritar ekanmiz, transport va logistika xizmatini yangi bosqichga ko‘tarishda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy va shinam avtobuslar, kichik hamda o‘rtacha og‘irlikdagi yuk tashuvchi avtomobillar, shuningdek, og‘ir yuklarni tashuvchi katta yuk avtomobillarining aloxida ahamiyatga ega ekani xech kimga sir emas.
«O‘zavtosanoat» AK tomonodan, tizimdagi korxona va tashkilotlar hamda sanoat va avtomobilsozlikka ixtisoslashtirilgan kasb-xunar kollejlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha maxsus chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. U o‘quvchilarning ishlab chiqarishdagi tajribasini tashkil qilishga, ularni ish bilan taminlashga va o‘rta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalarining moddiy-texnik bazalaini mustahkamlashga yo‘naltirilgan. Ushbu maqsadni hisobga olgan holda tizimdagi 35 dan ortiq qo‘shma va maxalliy ishlab chiqarish korxonalariga o‘ttiz uchta kasb-hunar kollejlarining bitiruvchi kurslarida talim olayotgan 13 ming nafardan ortiqroq o‘quvchilar biriktirilgan.
O‘tgan yigirma yil davomida yurtimizda avtomobil sanoati avtomobillarga texnik va servis xizmati ko‘rsatish kabi bir qator xizmat turlarini rivojlantirish orqali ko‘plab yangi ish o‘rinlarini yaratilishiga turtki bo‘ldi. Bularning barchasi yurtimiz istiqloli tufayli yaratilgan qulay shart-sharoitlar mahsulidir. Buning natijasida mamlakatimiz avtomobilsozlik sohasi jamiyatning boshqa turdosh sohalarini ham rivojlantirishga turtki bo‘lishi bilan birga, yurtimizning chekka hududlaridagi yurtdoshlarimizning ish bilan bandligini taminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugun kompaniya tizimida 27 ming nafardan ortiq yurtdoshlarimiz doimiy ish o‘rniga ega. O‘z o‘rnida aytish kerakki, bu raqam yil sayin ortib bormoqda.
Yurtimiz istiqloli tufayli yangidan tashkil etilgan va qisqa muddatda yetakchi tarmoqlardan biriga aylangan yurtimiz avtomobil sanoatida qo‘lga kiritilgan yutiqlar bilan tanishgach, bularning barchasi aynan yurtimiz istiqloli bilan bevosita bog‘liq ekanini his qilamiz.



Download 3,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish