Gravitatsion doimiyni tajribada birinchi marta ingliz olimi Kavendish 1798 yilda aniqlagan: .
Tortishish kuchi ta’sirida barcha jismlar yerga tortiladi. Agar yer bilan bog’langan sanoq sistemasida istagan m massali jismga ta’sir qilayotgan kuchni ko’rsak, uni og’irlik kuchi deyiladi va u quyidagiga teng bo’ladi:
, (3.4)
bu yerda g - erkin tushish tezlanishi.
Og’irlik kuchini jismning og’irligidan farq qilish kerak. Jismning og’irligi deb jismning tayanchga ta’sir kuchiga aytiladi va uni G bilan belgilanadi. Agar jism yerga nisbatan tinch turgan bo’lsa, og’irlik kuchi va og’irlik o’zaro teng bo’ladi.
. (3.5)
Agar jism yerga nisbatan W tezlanish bilan harakatlanayotgan bo’lsa, (3.5) tenglik bajarilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |