Andijon davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakulteti “Tibbiy profilaktika ishi” yo`nalishi Enazarova Zarifaxonning “Mikrobiologiya, immunologiya va virusologiya” fanidan tayyorlagan
taqdimoti
MAVZU: Kimyoterapevtik preparatlar, antibiotiklar tasnifi, ta’siri, ularga mikroorganizmlarning sezgirligini o’rganish usullari. Antibiotiklarning salbiy ta’siri. Mikroorganizmlarning antibiotiklarga chidamlilik rivojlanish mexanizmlari.
Antibiotiklar
Antibiotiklar − biologik kelib chiqishga ega bo‘lgan kimyoviy birikmalar bo‘lib, mikroorganizmlarga tanlab shikastlovchi va halok etuvchi ta'sir ko‘rsatadigan moddalardir. Ular L.Paster ta'rifi bo‘yicha antibioz deyilib, birinchi marta ingliz olimi A.Fleming tomonidan 1929 yilda tasodifan penitsillin topilgan. 1940 yilda X.V. Flori va E.B.Cheyn uni toza holda ajratib olgan. Hozirgi kunda antibiotiklarning soni va turi juda ko‘p, ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Tarkibida β-laktam halqasi bor antibiotiklar (penitsil-linlar, sefalosporinlar, karbapenemlar, monobaktamlar).
2. Makrolidlar − tarkibida makrotsiklik lakton halqasi bor antibiotiklar (eritromitsin, oleandomitsin) va azalid-lar (azitromitsin).
3. Tetratsiklinlar − tarkibida 4 ta kondensirlangan olti a'zoli halqasi bor antibiotiklar (oksitetratsiklin, tetra-siklin, metatsiklin, morfotsiklin).
4. Dioksiaminofenilpropan unumlari (levomitsetin).
5. Aminoglikozidlar − molekulasida aminoshakar saq-lovchi antibiotiklar (streptomitsin, neomitsin, gentamitsin, monomitsin, kanamitsin, sizomitsin).
6. Siklik polipeptidlar guruhi antibiotiklari (polimiksinlar).
7. Linkozamidlar (linkomitsin, klindamitsin).
8. Glikopeptidlar (vankomitsin va boshqalar).
9. Fuzidiy kislotasi.
10. Mahalliy qo‘llaniladigan antibiotiklar (fyuzafyunjin).
Antibiotiklar yoki mikroorganizmlarning ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi (bakteriostatik samara) yoki ularning halok bo‘lishiga olib keladi (bakteritsid samara).
1. Bakterial hujayra devorining sintezini buzadi (penitsillinlar, sefalosporinlar)
2. Sitoplazmatik membrananing (qobiq) o‘tkazuvchanligini buzadi (polimiksinlar);
3. Hujayra ichidagi oqsilning sintezlanishini buzadi (tetratsiklinlar, levomitsetin, aminoglikozidlar va b.);
4. RNK sintezini buzadi (rifampitsin).
Antibiotiklarning mikroorganizmlarga qarshi quyidagi asosiy ta'sir mexanizmlari ma'lum:
Do'stlaringiz bilan baham: |