ANTIBIOTIKLARNING MIKROBLARGA QARSHI TA'SIRLARI ASOSIY MEXANIZMLARI Shularni hisobga olgan holda amaliy tibbiyotda qo‘llaniladigan antibiotiklar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:
- mikroblarga qarshi kuchli faollikka ega bo‘lishi, tanlab ta'sir etishi, keng ta'sir spektriga ega bo‘lishi;
- bakteritsid yoki bakteriostatik ta'sir etishi;
- biologik membranalardan (GET) yaxshi o‘tishi va organizmning har xil muhitlarida o‘z faolligini yo‘qotmasligi;
- mikroorganizmlar chidamliligini (bardosh bera olishini) keltirib chiqarmasligi;
- makroorganizm uchun zaharli ta'siri kam bo‘lishi, sensi-bilizatsiya va boshqa nojo‘ya ta'sirlari bo‘lmasli;
- terapevtik ta'sir kengligi katta bo‘lishi;
- mikroblarga qarshi ta'sir davomiyligi yetarli bo‘lishi;
- saqlanganda buzilmasligi va parenteral kiritishga yaroqli bo‘lishi;
- tayyorlanishi, xarid qilinishi yengil va narxi arzon bo‘-lishi kerak.
PENITSILLINLAR Penitsilinlar yuqori faollikka ega ekanligi, zaharliligi va nojo‘ya ta'sirlarining kamligi sababli keng qo‘llaniladigan antibiotklar safidan o‘rin olgan. Penitsillin ta'sirida bak-teriyalarning hujayra qobig‘i (murein va peptid zanjiridan iborat mukoproteid) sintezlanishi buziladi.
Penitsillinlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: I. Biologik sentez usuli bilan olinadigan penitsillin pre-paratlari (biosentetik penitsillinlar)
1. Parenteral yo‘l orqali kiritiluvchi (oshqozonning kislo-talik muhitida parchalanib ketadi)
a) qisqa ta'sir etuvchilar
− benzilpenitsillinning natriyli tuzi
− benzilpenitsillinning kaliyli tazi
b) davomli ta'sir etuvchilar
− benzilpenitsillinning novokainli tuzi
− Bitsillin-1
− Bitsillin-5
2. Enteral yo‘l bilan kiritiluvchi (kislotaga chidamli)
− fenoksimentilpenitsillin
II. Yarim sintetik penitsillinlar
1. Parenteral va enteral yo‘l bilan kiritiladigan vositalar (kislotaga chidamli)
a) penitsillinaza ta'siriga chidamlilar
− oksatsillinning natriyli tuzi
− nafsillin
b) keng ta'sir spektriga ega preparatlar
− ampitsillin
− amoksitsillin
2. Parenteral yo‘llar bilan kiritiluvchilar (oshqozonning kislotalik muhitida parchalanib ketadi)
a) keng ta'sir spektriga ega vositalar (ko‘k yiring tayoqchasiga ham chidamli)
− karbenitsillinning dinatriyli tuzi
− tikarsillin
− azlotsillin
3. Enteral yo‘l bilan kiritiluvchi (kislotaga chidamli)
− karbenitsillin indanil natriy
− karfetsillin