2.3.1-jadval
MDH mamlakatlarida aholining yosh tarkibi o’zgarishi prognozi
|
2015
|
2050
|
0-14
|
15-59
|
60+
|
80+
|
0-14
|
15-59
|
60+
|
80+
|
Armaniston
|
18,4
|
65,3
|
16,3
|
2,9
|
14,4
|
52,5
|
33,1
|
7,1
|
Ozarbayjon
|
21,9
|
68,0
|
10,0
|
1,3
|
18,6
|
57,0
|
24,4
|
3,8
|
Belarusiya
|
16,2
|
63,6
|
20,3
|
3,6
|
16,9
|
53,5
|
29,7
|
6,0
|
Moldova
|
15,7
|
67,7
|
16,6
|
2,2
|
12,7
|
53,7
|
33,6
|
4,8
|
Qozog’iston
|
26,7
|
62,6
|
10,7
|
1,1
|
22,5
|
58,9
|
18,6
|
2,5
|
Qirg’iziston
|
31,4
|
61,5
|
7,1
|
0,9
|
24,5
|
59,4
|
16,1
|
2,0
|
Rossiya
|
16,8
|
63,2
|
20,0
|
3,1
|
17,7
|
53,5
|
28,8
|
5,1
|
Tojikiston
|
34,8
|
60,1
|
5,0
|
0,6
|
27,0
|
59,8
|
13,2
|
1,8
|
Turkmaniston
|
28,2
|
64,9
|
6,9
|
0,8
|
19,4
|
62,4
|
18,2
|
2,0
|
O’zbekiston
|
28,5
|
64,1
|
7,4
|
1,0
|
20,1
|
60,8
|
19,1
|
2,5
|
Ukraina
|
14,9
|
62,5
|
22,6
|
3,4
|
15,9
|
52,6
|
31,5
|
5,5
|
Manba:United Nations, Department of Economic and Social Affairs/ Population Division World Population Prospects: The 2015 Revision, Key Findings and Advance Tables. New York: United Nations.P:27-31.
Yuqoridagi jadval ma’lumotlari shuni ko’rsatadiki, MDH mamlakatlarida 2050 yilga kelib yoshlar va 60 yoshgacha bo’lganlar ulushi yuqoriligi saqlanib qoladi. Hamdo’stlik davlatlarida aholi tarkibining o’zgarishi aholining qarish muammosi bilan bog’liq bo’ladi va ularning soni (pensiya yoshidagi aholi) oldingi yillarga nisbatan ortadi. Shuningdek, yoshlar va mehnat qilish qobiliyatiga ega aholi soni kamayishi kuzatiladi. Bu holat ayniqsa, Rossiya, Ukraina, Moldova va Armaniston davlatlarida sodir bo’ladi. Mamlakatdagi pensiya yoshidagilarning ulushi ko’p bo’lishi davlatning nafaqa xarajatlari, sog’liqni saqlash va ijtimoiy to’lovlarga bo’lgan sarflari ortishiga olib keladi. Shuningdek, mamlakatda mehnat resurslarining kamayishi mehnat bozoriga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Mehnat resurslariga bo’lgan talabni mamlakatda hududlararo, mehnat ishlab chiqarishini ortishi va iqtisodiyotdagi o’sish bilan qoplash mumkin bo’lsada, lekin mehnat bozori rivojlanishida resurslarining yetishmasligi muammosi saqlanib qolaveradi.
Rossiyada aholi soni bo’yicha xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan prognozlarga ko’ra, federatsiya aholisi soni va mehnat qilish yoshidagilar ulushi kamayishi kuzatilishiga qaramasdan, bu jiddiy muammolarni keltirib chiqarmaydi. Rossiya mehnat resurslari defitsitini tashqi (xalqaro) migratsiya orqali to’ldirib turadi7. Mehnat resurslari yetishmasligi o’rnini to’ldirish avvalo, mamlakat ichki resurslari (ishsizlar, shu mamlakat hududida yashovchi aholining ichki migratsiyasi) orqali agar ular soni ham bu defitsit o’rnini qoplay olmagan taqdirda xorijiy ishchi kuchini doimiy yoki vaqtinchalikka jalb etish orqali amalga oshirilishi zarur.
Rossiyada demografik muammolar yechimini topishda mamlakatda demografik siyosat bilan bog’liq bo’lgan demografik rivojlanishning 2025 yilgacha bo’lgan milliy dasturini ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi. Shu bilan birga dastur faoliyatini ta’minlovchi, uni moliyalashtirish bilan shug’ullanuvchi organlar faoliyati ham tashkil etiladi. Bu dasturni amalga oshirishda mamlakat YaIM ning 2,5% dan kam bo’lmagan qismi yo’naltiriladi. Rossiyada demografik rivojlanish milliy dasturi uch yo’nalishda amalga oshiriladi: tug’ilishni rag’batlantirish, oilalarni qo’llab-quvvatlash, ota-onalar mas’uliyatini oshirish; sog’liqni yaxshilash va aholi o’limini kamaytirish va migratsiyani tartibga solish va aholi bandligini ta’minlash hisoblanadi.
Rossiyada aholining o’sishi 2030 yilga qadar dastlabki 8 yil ichida tabiiy o’sish orqali bo’lmasa, migratsion oqim bilan o’ldirib turiladi. Ammo 2024 yildan aholi sonining sof holda kamayishi yuz bera boshlaydi. Mamlakatda migratsion harakat yuqori bo’sada tabiiy o’sishning haddan ortiq kamayishi hisobida umumiy o’sishga erishilmaydi.
O’zbekistonda esa buni aksini ko’rishimiz mumkin, ya’ni aholining tabiiy harakati hozirgi yillarga nisbatan ancha ortadi. Shu bilan birga quyida mamlakatda aholining 2025 yilda 2015 yilga nisbatan qanday o’zgarganini ko’ramiz (2.3.2-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |