2.3.1-rasm
MDH mamlakatlarida kelgusi yillarda kutilayotgan aholi soni, mln kishi hisobida (2030 va 2050 yillar)
*-Krim okrugi hisobga olinmagan;
**- Krim va Sevastopol okruglari hisobga olingan.
Manba: Департамента по экономическим и социальным вопросам ООН на 1 июля 2015-2100 годов.Population Division. World Population Prospects, the 2015 Revision.
Belarusiya va Moldova aholisi soni kamayishi, Armanistonda bu ko’rsatkich 1,1% ga saqlab qolingan holda boshqa davlatlarda aksincha, o’sish tendensiyasi kuzatilishi prognoz qilimoqda.
Bu kabi holat asrning o’rtalarida Qozog’iston aholi sonining barqaror o’sishi natijasida 18 mlnga yetishi kutilmoqdaki, u o’zining aholi soni jihati bo’yicha to’rtinchi o’rnini dadillik bilan egallab turadi. Albatta, bu kelgusida MDH mamlakatlarining demografik turdagi imkoniyatlaridan biridir. Bu esa mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro mehnat resurslari eksportini ishlab chiqarishning turli sohalaridagi aholi evaziga ta’minlashning qulay turlaridan biridir.
Qozog’iston o’z to’rtinchi o’rnini ushlab turgan holda asr o’rtalariga kelib mamlakatda aholi soni 20 millionga kishiga yetib, MDH jami aholisini 7,7 foizi tashkil etadi. Albatta, bu kelgusida MDH mamlakatlarining demografik turdagi imkoniyatlaridan biridir. Bu esa mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro mehnat resurslari eksportini ishlab chiqarishning turli sohalaridagi aholi evaziga ta’minlashning qulay turlaridan biridir. Albatta, bu kelgusida MDH mamlakatlarining demografik turdagi imkoniyatlaridan biridir. Bu esa mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro mehnat resurslari eksportini ishlab chiqarishning turli sohalaridagi aholi evaziga ta’minlashning qulay turlaridan biridir.
MDH mamlakatlarida aholining o’lim darajasi va migratsiya holati tug’ilish ko’rsatkichi prognozidan farq qiladi. Agarda barcha hamdo’stlik mamlakatlarida prognoz qilinayotgan davrda tug’ilish koeffitsienti o’rtachaga nisbatan hech bo’lmaganda 0,5 foizga yuqori (tug’ilishning yuqori varianti) bo’lsa, 2050 yilga yetib barcha MDH mamlakatlarida aholi soni 306,1 mln kishiga yetishi mumkin va aksincha, bu koeffitsient 0,5 foizga past (tug’ilishning past varianti) bo’lsa aholi soni 225,8 mln kishigacha kamayib ketishi mumkin. Joriy davrda va bundan keyingi yillarda MDH da umumiy aholi sonining o’sishi aholi tarkibi tez ko’payuvchi mamlakatlar hisobiga ro’y beradi4.
Yuqorida aytib o’tilganidek, MDH mamlakatlarida aholi soni o’sishi yoppasiga kuzatilmaydi, aksincha, Yevrosiyo iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlarda mos holda 2,9 va 3,1 mln kishiga kamayish kuzatiladi va aholining ko’payishida asosan, O’zbekiston, Turkmaniston hamda Tojikistonda va Kavkazorti davlatlarida sodir bo’ladi. Buning natijasida MDH mamlakatlari aholisi ulushi dunyo aholisi ko’payishida tutgan o’rni kamayadi va uning darajasi 4,73 foizdan 3,85foiz(2020 yil) gacha tushadi5.
BMT keltirgan ma’lumotlarga ko’ra, 2050 yilga kelib, aholi soni kamayish tendensiyasiga ega bo’lib turgan Rossiya Federatsiyasida oxirgi qirq yillikda 30 mln va Belarusiyada 2, 6 mln kishi atrofida kamayadi. Shuningdek, Qozog’istonda ularning soni 1,7 mln kishi atrofida bo’lishi mumkin. Moldova esa aholi sonining kamayishi 0,8 mln atrofini tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Shu bilan birga aholi o’sib boruvchi davlatlar orasida O’zbekistonda eng yuqori ko’rsatkich qayd etiladi. Bu ko’rsatkich 30% ga yoki 11 mln dan ortiq kishiga ortishi kuzatiladi. Tahlil qilinayotgan yilda Tojikistonda 3,8 mln, Turkmaniston va Qirg’isiztonda esa mos holda 1,8 va 1,3 mln kishiga ortadi6(2.3.1-jadval).
Prognoz qilinayotgan yillarga kelib, aholi yosh tarkibida ham sezilarli o’zgarishlar kuzatiladi. Butun dunyo aholisi tarkibida 60 yoshdan yuqori yoshli aholining ulushi o’tgan yillarga nisbatan ortib, mehnat qilish qobiliyatiga ega aholining ulushi esa qisman kamayadi. shuningdek, MDH mamlakatlarida ham bu kabi natijalar qayd etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |