213
5-rasm.Interfaol ta’limning asosiy belgilari.
Izoh:
Refleksiya (lot. “reflexio” – ortga qaytiSh, aks etiSh): kiShining o‘z xatti-harakatlari,
ularning asoslarini tuShunib etiShi, fahmlaShiga qaratilgan nazariy faoliyati; biliShning alohida
faoliyati; Shaxsiy kechinmalari, his-tuyg‘ulari va o‘y-xayollari mohiyatini fikrlaSh orqali anglaSh),
o‘z-o‘zini tahlil qiliShi.
Barcha ta’lim turlari kabi interfaol ta’lim ham ustuvor tamoyillarga ega:
1. MaShg‘ulot – ma’ruza emas, balki jamoaning umumiy iShi.
2. Guruhning tajribasi pedagogning tajribasidan ko‘p.
3. Talabalar yoSh, ijtimoiy mavqe va tajribaga ko‘ra o‘zaro teng.
4. Har bir talaba o‘rganilayotgan muammo yuzasidan o‘z fikrini aytiSh huquqiga ega.
5. MaShg‘ulotda talaba Shaxsi tanqid qilinmaydi (fikr tanqid qiliniShi mumkin).
6. Bildirilgan g‘oyalar talabalarning faoliyatini boShqarmaydi, balki fikrlaSh uchun axborot
(ma’lumot) bo‘lib xizmat qiladi.
Interfaol ta’lim quyidagi imkoniyatlarga ega:
- talabalarda bilimlarni o‘zlaShtiriShga bo‘lgan qiziqiShni uyg‘otadi;
- ta’lim jarayonining har bir iShtirokchisini rag‘batlantiradi;
- har bir talabaning ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
- o‘quv materialining puxta o‘zlaShtiriliShi uchun qulay Sharoit yaratadi;
- talabalarga ko‘p tomonlama ta’sir ko‘rsatadi;
- talabalarda mavzular bo‘yicha fikr hamda munosabatni uyg‘otadi;
- talabalarda hayotiy zarur ko‘nikma, malakalarni Shakllantiradi;
- talabalarning xulq-atvorini ijobiy tomonga o‘zgartiriliShini ta’minlaydi.
Ta’limni taShkil etiShga interfaol yondaShuvni qaror toptiriSh uchun o‘qituvchilar bir qator
Shartlarga rioya etiShlari zarur. Ular:
- ta’lim jarayoniga jamoadagi barcha o‘quvchilarning to‘la qamrab oliniShi;
- o‘quvchilarning maShg‘ulotlarga ruhan tayyorgarliklarini inobatga oliSh;
- o‘quvchilar sonining ko‘p bo‘masligi;
-
o‘quv xonasining jihozlaniShi;
- topShiriqni bajariSh, materialni taqdim etiSh, guruhlarning iShlanmalarini muhokama
qiliSh uchun vaqtning aniq belgilaniShi;
- o‘quvchilarning kichik guruhlarga mohirona biriktiriliShi
73
.
Izoh:
Stullar kichik va katta doira Shaklida joylaShtirilganda kichik doirada talabalar, katta
doirada ekspert guruhi joylaShadi.
Bugungi kunda jahon ta’lim tizimida interfaol ta’limning quyidagi Shakllarda amalga
oShirilayotganligi barchaga ma’lum
74
(6-rasm):
73
Муслимов
Н
.,
Усмонбоева
М
.,
Мирсолиева
М
.
Инновацион
таълим
технологиялари
ва
педагогик
компетентлик
.
Ўқув
услубий
мажмуа
. -
Тошкент
, 2016. -
Б
. 74.
74
Муслимов
Н
.,
Усмонбоева
М
.,
Мирсолиева
М
.
Инновацион
таълим технологиялари
ва
педагогик
компетентлик
.
Ўқув
услубий
мажмуа
. -
Тошкент
, 2016. -
Б
. 74.
Do'stlaringiz bilan baham: