Мазмуны: тил ҳӘМ Әдебият


Texnika yo’nalishlarida oliy matematika fanining asosiy maqsadi quyidagilardan



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/104
Sana25.02.2022
Hajmi2,15 Mb.
#293489
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   104
Bog'liq
ЖУРНАЛ 3-САН-2018

Texnika yo’nalishlarida oliy matematika fanining asosiy maqsadi quyidagilardan 
iborat:
– talabaning intelektual salohiyatini rivojlantirish, mantiqiy va algoritmik fikrlash qobiliyatini 
shakllantirish; 
- mustahkam fundamental bilim berish, olingan bilimlarni zamonaviy texnika masalalarini 
amaliy 
yechimini 
tadbiq 
qilishga 
o’rgatish;
- tajriba o’tkazish yo’li bilan olingan natijalarning turli tabiiy jarayonlarning matematik 
modellarini tuzishga va ularni tahlil qilishga, olingan tahlillar asosida to’g’ri xulosalar chiqarish 
orqali maqbul yechimlar qabul qilishga o’rgatish; 
-talabalarda oliy matematika fani bo’yicha o`quv dasturi talablariga to’liq mos keladigan bilim 
va ko’nikmalarni shakllantirish. 
Texnika yo’nalishidagi talabalar uchun oliy matematika fanini loyihalashtirishda quyidagi 
asosiy 
konseptual 
yondashuvlardan 
foydalaniladi:
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha 
ishtirokchilarini 
to’laqonli 
rivojlanishlarini 
ko’zda 
tutadi. 
Bu 
esa 
ta’limni 
loyihalashtirilayotganda, albatta, ma`lum bir ta`lim oluvchining shaxsining emas avvalo 
kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog`liq va o`qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda 
yondashilishi nazarda tutadi.[1] 
Tizimli yondashuv. Ta`lim texnalogiyasi tizimning barcha belgilarini o`zida mujassam 
etmog`i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo`g`inlarini o`zaro bog`langanligini 
yaxlitligi. 
Faoliyatga yo`naltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakillantirishga, ta`lim 
oluvchining faoliyatining aktivlashtirish va intensivlashtirish, o`quv jarayonida uning barcha 
qobilyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini oshirishga yo`naltirilgan ta`limni ifodalaydi.
Diologik yondashuv. Bu yondashuv o`quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. 
Uning natijasida shaxsning o`z-o`zining ko`rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. 
Texnika yo`nalishi oliy o`quv yurtlarida oliy matematika fanini o`qitish ma`ruza, amaliy 
mashg`ulotlar va mustaqil ta`lim ko`rinishida olib boriladi. Oliy ta`lim muassalarida talabalar 
bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi tog`risidagi nizomga asosan talabalar 
bilimini nazorat qilish va moodul tizimi orqali baholashdan maqsad, ta`lim sifatini boshqarish 
orqali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o`zlashtirishida 
bo`shliqlar hosil bo`lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat. Ma’lumki 
talabalar bilimini baholashning oraliq baholash (OB) joriy baholash (JB) va yakuniy baholash 
(YB) turlari mavjud. 
OB da fanning bir nechta mavzularni qamrab olgan mooduli yoki bir nechta moodullar 
boyicha mashg`ulotlar o`tib bo`lgandan so`ng talabaning nazariy bilimi baholanadi.[3] Unda 


92 
talabaning muayyan savollarga javob berishi baholanadi. OB ni o`tkazish test, masalarni yechish, 
og`zaki suhbat va boshqa ko`rinishlarda ham amalga oshirish mumkin. Savollar variantlar 
asosida sistemali tuziladi. Unga hamma narsa o`zaro bog`liq va asosiy g`oya – anglash va 
“munosabatlardagi taffakkur” rivojlantirishga bo`ysundirilgan. Suhbat vaqtida berilgan savollar 
shakl jihatdan qisqa, aniq va aktiv fikrlashni talab etadi. 
Talabalarning javoblari ham qisqa, aniq bo`lishi kerak. O`qituvchi talabalarning javobini aniq 
dalillarga asoslanish va aniqliligiga qarab bilimlarni chuqurligi va qanchalik anglab olganligini 
aniqlaydi. Bunday savol – javoblar talabaning mustaqil fikrlashini rivojlanishga yordam beradi. 
OB ni og`zaki so`rov tarzida o`tkazish talabaning olgan bilimini baholashda yozma tarzida 
olinganligiga qaraganda samaraliroqdir. 
Birinchidan, yozma tarzda olinganda har bir talaba bilan individual shug`ullanib, talabaning 
qiziqishi, bilimi va tafakkurini to`la o`rganib bo`lmaydi. Ikkinchidan, talaba javoblarini 
ko`chirishi mumkin. Uchinchidan, OB ni og`zaki o`tkazilganda o`tilgan barcha mavzulardan 
savol beriladi, yozma ravishda esa uncha ko`p savolga javob yozish talabaga, uni tekshirish esa 
o`qituvchiga qiyinlik qiladi. 
Texnika oliy o`quv yurtlarida oliy matematika fanining o`qitilishning zamonaviy 
texnologiyalarini shakllantirish va fanning oz`lashtirilishini baholash uchun oraliq nazoratlarni 
sifatli tashkil etish bilan bo`lajak muhandislar matematika fanining maxsus fanlar bilan uzviy 
bog`likligini, texnik muammolarning yechimini hal qila olishini tushunib yetadi. Bu bilan 
talabalarning erkin fikrlashlari, ilmiy- nazariy izlanishlari va kreativ qobilyatlari shakllanadi va 
kasbiy kompetensiyalari rivojlanadi. 

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish