A.Mansurov. Ikki fortepiano uchun syuita («lya-major»)
1. «Yoshlar qo‘shig‘i» murakkab uch qismli shaklda yozilgan bo‘lib, bunda qismlar
yakunlanmagan holda, o‘zidan keyingi kelayotgan qism uchun tayyorlov vazifasini bajaradi. Har
bir qism tonika bilan yakun topish o‘rniga yangi qismning dominanta tonalligida yakunlanadi.
Birinchi qism oddiy ikki qismli shaklda yozilgan;
Ikkinchi qism oddiy uch qismli shaklda yozilgan;
Uchinchi qism – dinamiklashtirilgan repriza.
A.Mansurov ko‘p janrlarda ijod qiladi, asarlar tahlil etilganida esa zamonaviy
mavzularga ko‘p murojaat qilishi ayon bo‘ladi.
Kompozitor ijodiy jarayonida nafaqat zamonaviy mavzular, balki zamonaviy ifodaviy
vositalar borasida ham izlanishlar olib borishi diqqatga sazovordir. A.Mansurov musiqasining
asosi, uning kuy ohang tabiati xalq milliy qo‘shiqchiligi bilan uzviy bog‘liq. Syuitaning birinchi
asarida kompozitor A.Mansurovga xos bo‘lgan asosiy timsollarning keng rivojlantirilishi
kuzatiladi. Ohang rivojlantirish usullaridan unumli foydalangan holda, kompozitor musiqiy
mavzularning ichki o‘sishini ta’minlaydi. Ushbu asar o‘zining yorqin timsollari bilan tinglovchi
e’tiborini tortadi. Mavzuning har bir ijrosi tembrning yangicha jilosi, yangicha ritmik rasm bilan
to‘ldirib turiladi va natijada asarning yaxlitligi ta’kidlanadi.
№2. «Orzu» – yalpi rivojlovli oddiy uch qismli shaklda yozilgan. Bu yerda qismlar
o‘rtasidagi chegaralar aniq belgilab berilmagan. Asar «do major» tonalligida boshlanadi, lekin
keyingi rivojlanish davomida tonallik rejasi noturg‘un xarakterga ega.
Ikkinchi qism sokin, o‘ychan, sekin rivojlanuvchi kirish qismi bilan boshlanadi. Ayrim
epizodlarda fakturaning polifonik tarzda tuzilganligi diqqatni jalb qiladi. Ayrim hollarda
polifonik usullar qo‘llanilgan, ayrim hollarda esa gomofon bayon usuli polifoniyalashtiriladi.
Bunday usullar musiqaga uzluksiz yumshoq harakatni ta’minlab beradi. Asosiy kuy mayin,
yumshoq yangraydi va sokin tabiat manzaralari ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi.
Syuitaning yakunlovchi qismida ekspressiya va grotesk, raqs va marsh ritmi hukmronlik
qiladi. Umuman olganda mazkur yakunlovchi bo‘lim turkum shakllantirilishda o‘rni salmoqlidir.
U turkum yaxlitligini ta’minlaydi. A.Mansurovning asarlari ansambl ijrochilari oldiga bir qator
murakkab ham texnik, ham ijrochilik vazifalarini qo‘yadi. Bu yerda fortepiano texnikasining
turlituman unsurlari uchraydi: sakrama harakatlar, arpedjiolangan akkordlar, tokkata passajlari,
ikkilangan notalar va hokazo. Ritm masalalari asarning ruhiyati va shakllantirilishida ahamiyati
nihoyatda kattadir. Ijrochilar aniq, turg‘un ritm, tovush yorqinligi ustida ko‘p ishlashlari zarur.
A.M.Mansurovning ushbu asarlarida kompozitor ijodiga xos bo‘lgan qirralar, ya’ni musiqaning
hissiyotlarga boyligi, badiiy timsollarning ifodaviyligi yorqin namoyish etilgan.
Ko‘rib chiqilgan ikki fortepiano uchun asarlar ham litsey o‘quvchilari, ham
konservatoriya talabalari tomonidan ijro qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |