16-bob
POEZDLAR HARAKATI
Umumiy talablar
233. Uchastkada poezdlarning harakatiga faqat bir xodim - xizmat ko’rsatayotgan uchastkasida poezdlar harakati grafigining bajarilishiga javobgar poezd dispetcheri rahbarlik qilishi shart.
Poezd dispetcherining buyruqlari, faoliyati uchastkada poezdlar harakati bilan bevosita bog’liq xodimlar tomonidan bajarilishi shart.
Poezd dispetcheridan tashqari, uchastkada poezdlar harakati to’g’risida tezkor ko’rsatmalar berish taqiqlanadi.
234. Poezdlar harakatiga rahbarlik qilish bo’yicha har bir stansiya va yo’l posti va har bir poezd bir paytning o’zida faqat bir xodim, ya’ni: stansiya – stansiya navbatchisining, dispetcherlik markazlashtirish bilan jihozlangan uchastkalarda esa - poezd dispetcherning, post – post navbatchisining, poezd - etakchi lokomotiv (motorvagon poezdi) mashinistining tasarrufida bo’lishi shart.
Stansiyalarda yo’llarning rivojlanganligiga bog’liq ravishda bir nechta stansiya, post yoki park navbatchilari bo’lishi mumkin, ularning har biri o’zi ishlaydigan hududida poezdlar harakatiga yakka o’zi rahbarlik qiladi. Bunday stansiyalarda boshqaruv hududlarini chegaralash va har bir stansiya, post yoki park navbatchisining poezdlar harakati bilan bog’liq vazifalari stansyaning texnikaviy–boshqaruv aktida ko’rsatiladi.
Stansiyalarda etakchi lokomotiv (motorvagon poezdi) mashinisti va poezdga xizmat ko’rsatayotgan barcha xodimlar stansiya navbatchisining, dispetcherlik markazlashtirish bilan jihozlangan uchastkalarda joylashgan stansiyalarda esa-poezdlar dispetcherining ko’rsatmalariga bo’ysunadilar.
235. Har bir yo’lovchi, pochta-bagaj, yo’lovchi-yuk va odamlar ketayotgan poezd, qoida bo’yicha belgilangan yo’lga, yuk poezdlari esa-belgilangan yo’llar guruhiga qabul qilinishi lozim.
Stansiyada to’xtamaydigan poezdlar, qoida bo’yicha asosiy yo’llardan o’tkazilishi lozim.
Poezdlarni qabul qilish va jo’natishda yo’llaridan foydalanish tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatilishi lozim.
236. Stansiya navbatchisi poezdlarni vaqtida qabul qilinishi uchun bo’sh yo’llar mavjud bo’lishini ta’minlashi shart. Poezdning berk kirish signali oldida zaruratsiz har bir to’xtashi uchun stansiya navbatchisi javobgardir.
O’tayotgan poezdlardan ajratib olinib, yuk ortish, tushirish, ta’mir va boshqa jarayonlarga mo’ljallangan alohida vagonlar yoki vagonlar guruhi bilan qabul qilsh-jo’natish yo’llarini band etish taqiqlanadi.
Oraliq stansiyalarda alohida vagonlar yoki vagonlar guruhi bilan qabul qilish-jo’natish yo’llarini vaqtincha band etishga poezdlar dispetcherining ruxsati bilan yo’l qo’yiladi.
Tutib qoluvchi berk yo’llarni har qanday harakat tarkibi bilan, muhofaza berk yo’lini esa - yo’lovchi va odamlar ketayotgan yuk vagonlari, portlovchi va boshqa xavfli yuklar ortilgan yuk vagonlari bilan band etish taqiqlanadi.
237. Poezdlarni qabul qilish va jo’natish, manyovrlar bajarish bilan bog’liq jarayonlarda, ayiiqsa, SSB qurilmalarining normal faoliyati buzilgan sharoitlarda, stansiya boshlig’i stansiya navbatchilari, markazlashtirish posti operatorlari, signalchilar va strelka posti navbatchilari ishini nazorat qilishi shart. Stansiya boshlig’i stansiya navbatchilarining ishini shunday tashkil qilishi kerak-ki, harakat xavfsizligi so’zsiz ta’minlangan holda poezdlarning to’xtab qolishiga yo’l qo’yilmasin.
Stansiya navbatchisining xonasi alohida ajratilgan bo’lishi lozim.
Stansiya navbatchisining xonasiga faqat stansiya boshlig’i, vazifalarini stansiya navbatchisi bilan birgalikda bajaradigan yoki u bilan bevosita ishlaydigan shaxslar hamda stansiya navbatchisining faoliyatini va boshqaruv asboblarining sozligini nazorat qiluvchi xodimlar kirish xuquqiga ega.
Shtatlar ro’yxatida tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi xodimlari ko’zda tutilmagan stansiyalarda, poezdlarni qabul qilish va jo’natish, manevrlarni amalga oshirish, strelka o’tkazgichlarga texnikaviy xizmat ko’rsatish, yuklarni qabul qilish va jo’natish jarayonlarini, DATK raisi tomonidan belgilangan tartibda, boshqa xizmatlar xodimlari bajaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |