Mutlaq likvidlik koeffitsienti - u pul mablag‘larining joriy majburiyatlariga nisbati sifatida aniqlanadi.
Moliyaviy mustaqillik koeffitsienti - u korxonaning o‘z mablag‘larining xo‘jalik mablag‘lari umumiy summasiga nisbati tariqasida aniqlanadi.
Mehnat omillari - korxonaning ishchi kuchi bilan ta’minlanishi, ish vaqtidan foydalanish va mehnat unumdorligi darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar.
Mehnat vositalari omillari - korxonaning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligi, tarkibi, texnik holati va ulardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |