Mazkur o’quv-uslubiy majmua orqali talabalar o‘zini-o‘zi mustaqil nazorat qilishi va bilimlarini joriy nazoratdan o‘tkazishda foydalanilishlari mumkin



Download 7,44 Mb.
bet359/467
Sana06.02.2022
Hajmi7,44 Mb.
#432642
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   467
Bog'liq
buxgalteriya dars

Fond samarasi (qaytimi) - asosiy ishlab chiqarish vositalarining bir so‘miga ishlab chiqariladigan mahsulot miqdoridir.
Fond sig‘imi - bir so‘mlik mahsulotga to‘g‘ri keladigan asosiy ishlab chiqarish vositalarning qiymati.
Hajm ko‘rsatkichlari - yalpi, tovar, sotilgan, sof va me’yoriy sof mahsulotlar.
12 – mavzu: soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobi

REJA:


  1. Yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan soliqlar va uning ahamiyati.

  2. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobi.

  3. Byudjetdan tashqari jamg‘armalarni tashkil etish maqsadi va ularning turlari.

  4. Pensiya jamg‘armaiga majburiy to‘lovlar hisobi.

  5. Respublika yo‘l jamg‘armasi to‘lovlar hisobi.

  6. Maktab ta’limini rivojlantirishga majburiy ajratmalarni to‘lash tartibi

  7. Yagona soliq to‘lovi hisobi.

  8. Yagona er solig‘i hisobi.

Soliqlar – bu jismoniy va yuridik shaxslar daromadlari hamda mulklaridan ma’lum (qonunda belgilangan) bir qismini davlatning moliyaviy imkoniyatini ta’minlash maqsadida majburiylik, qaytarmaslik, davlat majburlovini qo‘llashlik asosida byudjetga o‘tkazishning birdan-bir qonuniy usulidir.
Soliqlar milliy daromadni davlat tasarrufiga olishning eng muhim vositasiga aylangani sababli, ular makroiqtisodiyotni tartibga solishda borgan sari muhimroq rol o‘ynamoqdaki, YAMM umumiy hajmida soliq tushumlari salmog‘ining ko‘payishi buning ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Soliqlarni tasniflash - soliqlarni muayyan xarakterli belgilari, ya’ni ularni undirish usullari, qo‘llaniladigan stavkalar turi, soliq imtiyozlari va hokazolar bo‘yicha guruhlashdir.
Soliqlarni turlari bo‘yicha tasniflashga bir necha belgilar asos qilib olingan. Halqaro amaliyotda ikkita asosiy tasnif guruhlari qabul qilingan-bevosita va bilvosita soliqlar. Ushbu guruhlar soliq solish ob’ektiga va to‘lovchi bilan davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga bog‘liqdir.
Bevosita soliqlar bevosita daromad va mol-mulkka belgilanadi (soliqqa tortishning bevosita shakli), ya’ni bevosita soliqlarning uzil-kesil to‘lovchisi daromad oluvchi (mol-mulkka egalik qiluvchi va h.k.) xo‘jalik sub’ekti hisoblanadi.
Soliq to‘lovchining daromadi (ish xaqi, foyda, foizlar va boshqalar) va mol-mulki (erlar, uylar, qimmatli qog‘ozlar va boshqalar) qiymati bevosita soliqlar ob’ektidir.
Bilvosita soliqlar - narx yoki tarifga ustama ko‘rinishida belgilanadigan, tovar va xizmatlardan olinadigan soliqlar. Bilvosita soliqlarga tovarni sotish narxida to‘lanadigan yoki tarifga kiritilgan tovar va xizmatlarga solinadigan soliqlar kiradi, ya’ni bilvosita soliqlarning pirovard to‘lovchisi bo‘lib, tovar iste’molchisi maydonga chiqadi, uning zimmasiga soliq narxda ko‘zda tutilgan ustamalar orqali yuklanadi. Mazkur holda korxonalar o‘zlari ishlab chiqargan tovarlar va xizmatlarni sotib, soliq summalari hisobga olingan pul summalarini oladilar, so‘ngra olingan barcha soliq summalarini tegishli tartibda byudjetga o‘tkazadilar.
Bilvosita soliq solishda davlat amalda yangi qiymatni taqsimlash ishtirokchisiga aylanib, tovar yoki xizmatlarni sotish paytida ushbu qiymatning bir qismiga bo‘lgan o‘z huquqlarini e’lon qiladi.
Bevosita soliqlardan farq qilib, bilvosita soliqlar bevosita to‘lovchining daromadi yoki mol-mulki bilan bog‘lanmaydi. Odatda, shaxsiy iste’mol tovarlari shuningdek aholiga sartaroshxonalarda, kimyoviy tozalash shohobchalarida, avtotransport korxonalari tomonidan ko‘rsatilgan va hokazo xizmatlar soliq solish ob’ekti hisoblanadi. Bilvosita soliqlarga tortiladigan tovarlar va xizmatlar soni muntazam ravishda oshib boradi.
Bevosita soliqlar salmog‘ining kamayishi korxonalarning moddiy-texnika bazasini kengaytirishga, qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarishga olib keladigan bo‘lsa, bilvosita soliqlar salmog‘ining ko‘tarilishi korxonalarda investitsion faoliyatini rivojlantirishga imkon yaratadi.
Soliqlar majburiy to‘lov bo‘lib, qonun asosida undiriladi. Demak, soliqlarda, moliyada bo‘lgani singari doimiy qaytarilib turadigan moliyaviy voqeliklar, aniqrog‘i pul munosabatlari bo‘ladi. Ana shu pul munosabatlarining mazmunini ochish orqali soliqlar mohiyati ochiladi.
Umumdavlat va mahalliy byudjetlarga to‘lanadigan soliqlarning asosiy qismi yuridik shaxslar zimmasiga to‘g‘ri keladi. SHu bilan birgalikda davlat maqsadli fondlariga to‘lanadigan majburiy to‘lovlarning ham kattagina qismini yuridik shaxslar to‘laydi. YUridik shaxslar tomonidan soliqlar va majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri to‘lanishi, avvalo, ularda soliq hisobining qay darajada yuritilishiga bog‘liq. Soliq hisobini to‘g‘ri tashkil qilish va yuritishda hisobning asosiy vazifalari belgilab olinadi.

Download 7,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish