Mehnat predmetlari omillari - korxonaning xom ashyo va asosiy materiallar bilan ta’minlanganligini hamda ulardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar.
Mahsulotni bir tekisda ishlab chiqarish - mahsulotni tuzilgan jadval asosida, mahsulotning oldindan aniqlangan assortimenti va sifatiga muvofiq etkazib berish va sotishni o‘z vaqtida ta’minlanishi.
Mahsulot etkazib berish shartnomasi – korxonalar o‘rtasida tuziladigan bitimdir.
Mahsulot sifati - uning barcha mo‘ljallangan maqsadda foydalanishga yaroqli xususiyatlarining majmuasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |