Istiqbol tahlili - korxonaning kelgusi faoliyatini oldindan o‘rganish sodir bo‘ladigan jarayonlarni oldindan belgilash maqsadida amalga oshiriladigan tahlil.
Investitsiya faoliyati –nomoddiy aktivlarni sotib olish va sotish, uzoq muddatli moddiy aktivlar sotib olish uchun etkazib beruvchilarga to‘langan pullar va unga tenglashtirilgan mablag‘lar chiqim ustunida aks ettiriladi.
Ijtimoiy mehnat unumdorligi - moddiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan har bir ishlovchi hisobiga hosil qilingan milliy daromad miqdori bilan o‘lchanadi
Individual mehnat unumdorligi – individual (yakka tartibda ishlovchining (lokal) uchastka, sexdagi, korxona, tarmoqdagi) ishlovchining ishlab chiqargan mahsuloti.
Kompleks tahlil - korxona faoliyatini makon va zamon nuqtai nazaridan barcha tuzilmalari bilan birga batafsil tahlil qilishdir.
Kreditor qarzlari - o‘zga korxonalarning aylanma mablag‘larining bir qismi aynan tahlil qilinayotgan korxona aylanmasida qatnashishi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |