Zanjirli almashtirish usuli - natija o‘zgarishiga uchta va undan ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatsa, ular o‘rtasidagi bog‘liqlik funktsional bo‘lganda qo‘llaniladigan usul.
Induktsiya - tadqiqotni yoki biror obyektni (hodisani, jarayonni) xususiylikdan umumiylik sari o‘tilishi tushuniladi.
Ichki xo‘jalik rezervlar(imkoniyatlari) - xo‘jalik yuritish samaradorligini oshirish imkoniyatini aniqlashda ijobiy ta’sir etuvchi omillar harakatini kuchaytirish va ularning salbiy ta’sirini tugatish tushuniladi.
Iqtisodiy tahlilning maxsus usullari - taqqoslash, guruhlashtirish, mutlaq va nisbiy miqdorlar, indeks, dinamika, bartaraf etish, zanjirli bog‘lanish, etakchi bo‘g‘inni ajratib qo‘yish, koeffitsientlar, foizlar, o‘rtacha miqdorlar, qayta hisoblash, ko‘rsatkichlarning bajarilish foizi va oo‘ish sur’atidagi farq, mutlaq farq kabilar.
Iqtisodiy-matematik usullar - integral, korrelyatsiya, regressiya, omillar tizimini determinlashgan modellarda aks ettirish, nazariy o‘yin kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |