Iqtisodiy-matematik usullar - integral, korrelyatsiya, regressiya, omillar tizimini determinlashgan modellarda aks ettirish, nazariy o‘yin kabilar.
Istiqbol tahlili - korxonaning kelgusi faoliyatini oldindan o‘rganish sodir bo‘ladigan j`arayonlarni oldindan belgilash maqsadida amalga oshiriladigan tahlil.
Investitsiya faoliyati –nomoddiy aktivlarni sotib olish va sotish, uzoq muddatli moddiy aktivlar sotib olish uchun etkazib beruvchilarga to‘langan pullar va unga tenglashtirilgan mablag‘lar chiqim ustunida aks ettiriladi.
Ijtimoiy mehnat unumdorligi - moddiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan har bir ishlovchi hisobiga hosil qilingan milliy daromad miqdori bilan o‘lchanadi
Individual mehnat unumdorligi – individual (yakka tartibda ishlovchining (lokal) uchastka, sexdagi, korxona, tarmoqdagi) ishlovchining ishlab chiqargan mahsuloti.
Kompleks tahlil - korxona faoliyatini makon va zamon nuqtai nazaridan barcha tuzilmalari bilan birga batafsil tahlil qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |