Mazkur loyiha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda



Download 0,68 Mb.
bet9/11
Sana20.06.2022
Hajmi0,68 Mb.
#682685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
inert GAZ

Neonning fizik xossalari. Neon – rangsiz va hidsiz, ta’msiz gaz. Inert gazlar turkumidan bo‘lganligi sababli, nisbatan yuqori elektr o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Neondan tok o‘tganda, yorqin nur chiqaradi. Odatda, neon elektr toki ta’sirida qizil tangda nur tarqatadi.
Kimyoviy xossalari. Barcha nodir gazlar singari, neon ham tashqi elektron qavati to‘liq egallanganligi bilan ajralib turadi. Shu sababli ham, bu guruh gazlari kimyoviy jihatdan inertdir. Shu sababli ham, neonning birorta valent birikmasi hali olinmagan. Va hattoki neonning suv bilan (Ne∙6H2O) ko‘rinishidagi Klatrat birikmalarini gidroxinon yoki boshqa moddalar bilan olish va ushlab turish juda mushkuldir. Lekin, optik spektroskopiya va mass-spektrometriya vositasida, neonning Ne+, (NaAr)+ va (HeNe)+ ko‘rinishidagi ionlari mavjudligi aniqlangan.

2.4. VIII guruh asosiy guruhcha elementlarining
olinishi
Inert gazlarni sof holda ajratib olishning asosiy usuli bu o‘ta past haroratlarda sovitish, ya'ni, kriogen distillyatsiya usulidir. Bu jarayon katta miqdorlarda energiya sarfini taqozo qiladi. Jarayon mahsuli sifatida esa suyultirilgan havo hosil bo‘ladi. Jarayonda havo siqiladi va kuchli sovitiladi. Yo‘l-yo‘lakay, havo tarkibidagi suv bug‘lari, hamda, karbonat angidrid gazi chiqarib tashlanadi. So‘ngra, qolgan havo suyuq holga kelgunicha yanada chuqur sovitiladi. Jarayon davomida avval kislorod, keyin azot suyuq holda ajralib chiqadi. So‘ngra, haroratni asta-sekin yana oshirib borib, suyilgan gazlar birma-bir ajratib, chiqarib olinadi. Har bir elementning qaynash nuqtasi faqat o‘zigagina xos bo‘lgan, aniq harorat darajasiga ega. Suyiltirilgan havoni isitib borish orqali, uning tarkibidagi har bir gazni o‘zigagina xos bo‘lgan qaynash haroratiga yetgan payda, ya'ni, u suyuq shakldan gazsimon shaklga o‘tganda, alohida sof holda ajratib, boshqa idishga yig‘ib olish mumkin.
Argon - havo tarkibida mavjud bo‘lgan eng keng tarqalgan inert gazdir. Geliy esa tabiiy gaz bilan birikmalar tarzida uchraydi. Geliyni, suyiltirilgan tabiiy gazni distillyatsiya qilish orqali sof holda olish mumkin.
Geliyni tabiiy gazlardan va radiofaol minerallardan olish bilan bir qatorda, nodir gazlarning havodan olinishi ham katta ahamiyatga egadir. Nodir gazlarni texnika miqyosida olish uchun suyuq havoni fraksion haydashdan foydalaniladi. Havoning tarkibiy qismi o’zining qaynash tabiatiga qarab dastlab uch qismga ajratiladi:
I fraksiyaga geliy, neon va azot (qaynash haroratlari: He niki-2690S, Ne niki - 2460S va N2 niki-1960S) kiradi.
II fraksiyaga azot, argon va kislorod (qaynash haroratlari: Ar niki -1860S, O2 niki-1830S) kiradi.
III fraksiyaga kislorod, kripton, ksenonlar kiradi (qaynash haroratlari, Kr niki -1530S va Xe niki-1080S). So’ngra bu fraksiyaning har qaysisiga alohida ishlov beriladi.
Birinchi fraksiyadagi azotdan fizik usullar bilan geliy va neonni ajratib olish mumkin. Masalan, faol ko’mirda adsorbsiya qilish va qaytadan desorbsiya qilishidan foydalanib gaz aralashmasidan geliyni 99% ga qadar batamom tozalash mumkin, chunki ko’mirda bo’ladigan adsorbsiya hodisasi quyidagi asosiy qoidaga bo’ysunadi: qaysi gaz oson suyuqlansa, ya’ni uning qaynash harorati qanchalik yuqori bo’lsa, u ko’mirga shunchalik ko’p yutiladi.
Argon ikkinchi fraksiyadan olinadi. Avvalo, bu fraksiyani rektifikasiya qilish yo’li bilan aralashmada argonning nisbiy miqdori oshiriladi: bunday aralashma tarkibida taxminan 50% kislorod va 50% azot bilan argon bo’ladi. Ikkinchi marta rektifikasiya qilish yo’li bilan aralashmadan azot chiqarib yuboriladi, kislorod esa oltingugurt yoki vodorod bilan biriktiriladi. Anna shu yo’l bilan olingan argonning tozaligi taxminan 99% bo’ladi va u «texnik toza argon» sifatida idishlarda joylanadi.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish