REJA:
I . KIRISH
II. ASOSIY QISM
2.1. VIII guruh asosiy guruhcha elementlarining tarixi
2.2. VIII guruh asosiy guruhcha elementlarining umumiy tavsifi
2.3. VIII guruh asosiy guruhcha elementlarining kimyoviy va fizik xossalar
2.4. VIII guruh asosiy guruhcha elementlarining olinishi
III. XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABYOTLAR RO’YHATI
KIRISH
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi farmoni bilan tasdiqlangan «2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar Strategiyasi»ni «Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid Davlar dasturining 172-bandida «Ta’lim to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish vazifasi beldilab berildi. Qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida yigirmadam ortiq xorijiy davlatning ( Rossiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Italiya, Angliya, AQSh, Fransiya, Shvetsiya, Daniya, Norvegiya, Hollandiya, Ukraina, Belarus, Qozog’iston va boshqa) ta’lim to’grisidagi qonunlari o’rganildi va ularning ilg’or tajribalari inobatga olindi. 30 ga yaqin manfaatdor vazirlik va idoralar, ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan 50 dan ortiq mutaxassis va 100 dan ortiq fuqaro qonun loyihasi bo’yicha fikr va mulohaza, takliflarini bildirdi.
Mazkur loyiha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda. Takliflarning aksariyati ta’lim sohasidagi muammolar va ularning yechimiga, shuningdek ta’lim sifatini yaxshilashga, muallimlarning obro’-e’tiborini oshirishga, ularning ijtimoiy himoyasiga qaratilgan. Yangi tahrirda ishlab chiqilgan loyihasida boblar soni 5 tadan 12 tagacha va moddalar soni 34 tadan 70 taga yetkazildi. Loyihada boblar va moddalar mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirildi. Unda amaldagi qonunning 33 ta moddasiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilib mazmunan to’ldirildi hamda ilg’or xorijiy davlatlarning tajribalarini inobatga olgan holda 36 ta yangi modda kiritildiMavzuning dolzabligi : Mamlakatimizda yosh avlodning ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. O’sib kelayotgan o’g’il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma’naviyatli shaxs qilib ulg’aytirish hamda dunyo standardlariga mos, kuchli bilimli kadrlarni tayyorlash uchun imkon qadar zarur shart-sharoitlar yaratilib berilmoqda. Bunday chora-tadbirlar izchillikda va doimiy ravishda olib borilmoqda. Jumladan yangi universitet, institutlar, iqtisoslashtirilgan hamda umumiy o’rta ta’lim maktablari yangidan qurilmoqda, mavjudlari qaytadan rekanstruksiya qilinmoqda. Umuman olganda har qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini ta’minlaydigan yosh avlodning sog’lom va barkamol bo’lib voyaga yetishi hal qiluvchi o’rin tutadi. Shuning uchun biz islohotimiz ko’lamini va samarasini yanada oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallagan, tashabbuskor yoshlarimizga tayanamiz. Ushbu maqsad yo’lida yoshlarimiz o’z oldiga katta marralarni qo’yib, ularga erishishlari uchun keng ko’lamdagi imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko’mak berish-barchamiz uchun eng ustuvor vazifabo’lishi darkor va shundagina o’sib kelayotgan farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro’yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga “to’fonga” aylanadi. Shu maqsad asosida “Yangi O’zbekiston-maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi", degan fikr paydo bo’ladi.
Kimyo fani XXI asrda eng muhim fanlar qatoriga kiradi. Chunki har qanday fan “zanjirida’’ ma’lum bir halqa vazifasini o’taydi. Bugungi kunda turli sanoat va ishlab chiqarish turlari ekologiyaga jiddiy zarar yetkazmoqda. Inson hayoti va atrof muhit bir-biriga chambarchas bog’liq ekanligini doim yodda saqlash zarur. Undagi har bir o’zgarish nafaqat insoniyat salomatligi va turmush tarziga, balki, butun yer yuzidagi flora va founa olamlariga ham sezilarli ta’sir o’tkazadi. Ayni vaqtda zavod va qurilish obyetklaridan chiqarilayotgan kimyoviy chiqindilar litosfera, biosfera, gidrosfera va atmosferaga ayanchli tarzda o’z kuchini ko’rsatmoqda. Kimyo sohasining vazifalaridan biri ham mana shu jihat bilan bog’liq.
Ishlab chiqarilayotgan kimyoviy homashyolarni kompleks qayta ishlash ko’rsatgichini mutassil oshirib borish, chiqindilarning zararlilik darajasini kamaytirish va ularning tashqi muhitga chiqarilishini oldini olish kimyo sanoatining asosiy maqsad va vazifalaridan biridir. Bu masalalarni hal qilish esa mukammal hisoblash va kuchli tartibdagi amaliyotni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |