Mazkur ishchi o‘quv dasturi Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti Kengashining 2020 yil " " dagi yig‘ilishida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etilgan.


-afzallik: Ekinni sug’orish uchun berilayotgan suv resurslarining tejalishi



Download 15,59 Mb.
bet83/154
Sana30.04.2022
Hajmi15,59 Mb.
#596133
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   154
Bog'liq
Доривор усимликлар Уруғчилик ва кучатчилик УМК 24 11 2021 й охири

2-afzallik: Ekinni sug’orish uchun berilayotgan suv resurslarining tejalishi. Tomchilatib sug’orishda

  • sug’orish rejimi o’simlikning suvga bo’lgan talabiga mosligi;

  • suvning to’g’ridan-to’g’ri o’simlik ildiz qatlamiga berilishi;

  • tuprokdan bug’lanadigan suvning kamligi;

  • begona o’tlar bo’lmasligi bois barcha suv faqat ekinga tegishli bo’lishi;

  • suvning dala bo’ylab tarqalmasligi va tuproqqa singib ketmasligi;

  • tashlamaga suv tashlanmasligi hisobiga suv tejalishi;

  • tomchilatib sug’orish natijasida boshqa sug’orish usullariga nisbatan 20 % dan 80 % gacha suv tejaladi;

  • tomchilatib sug’orishda dala emas, yetishtirilayotgan ekin sug’oriladi

3-afzallik: Mehnat va moddiy resurslar sarfi kamayadi.
Tomchilatib sug’orishda suv o’simlikka shlanglar vositasida yetkazib berilganligi uchun dalaning faqat ekinlar joylashgan qismigina namlanadi. Bunda dala tuprog’i qotmaydi, natijada tuproqni yumshatishga (kultivatsiya) va ariq olishga hojat qolmaydi.
Tuprog’i qotmagan maydon esa mavsum oxirida oson haydaladi.
O’g’it suv bilan birga berilganligi bois, o’g’itlash uchun texnika ishlatishning zaruriyati yo’qoladi. Natijada mehnat va yonilgi moylash materiallari tejaladi.
Dalada suvchilarning ketmon ko’tarib, ariq to’g’irlab yurishiga hojat qolmaydi, ya’ni sug’orishdagi qo’l mehnati keskin kamayadi.
Tomchilatib sug’orishda suvni tejashga odatda quyidagilar hisobiga erishiladi:

  • sug’orish rejimining o’ziga xosligi (sug’orish me’yorining o’simlikning suvga bo’lgan talabiga mosligi);

  • sug’oriladigan (namlanadigan) maydonning cheklanganligi (suv to’g’ridan-to’g’ri o’simlikning ildizi rivojlanadigan qatlamga yetkazib beriladi);

  • tuproqdan bug’lanadigan suv miqdorining kamligi (dalaning ko’p qismi quruq qolishi tufayli);

  • begona o’tlar rivojlanishining cheklanishi (ma’zkur o’tlar bo’lmaganligi tufayli barcha suv ekinga tegishli bo’ladi);

  • sug’orishga berilayotgan suvning dala bo’ylab tarqalib ketmasligi va tuproqqa singib ketmasligi;

  • daladan tashlamaga suv tashlanmasligi.

Tomchilatib sug’orishda faqat o’simlikning ildizi atrofi namlanganligi tufayli sug’orishning foydali ish koeffitsienti 90-95 % ga teng bo’ladi. Boshqa sug’orish usullarida (shu jumladan, egatlab va yomg’irlatib sug’orish usullarida ham) bu ko’rsatkich 70-75 % dan ortmaydi.
Qayd etilgan afzalliklardan (hosil miqdori va sifatining yaxshilanishi, suv tejalishi va resurslar sarfining kamayishi) tashqari tomchilatib sug’orishning yana bir qancha ijobiy tomonlari mavjud bo’lib, ular quyidagilarda namoyon bo’ladi:

  1. tomchilatib sug’orish ozuqani (o’g’itni) o’simlik ehtiyojiga mos ravishda suvga qo’shib berish imkoniyatini yaratadi. Bunda o’gitlash uchun sarflanadigan texnika xarajatlari, ishchi kuchi sarfi hamda beriladigan o’g’itning 50 % gacha miqdori tejaladi.

  2. tomchilatib sug’orish tizimida suv va ozuqa ekin maydoni bo’yicha bir tekis taqsimlanadi. Natijada daladagi ekinning barchasi bir xilda rivojlanadi va hosili ham bir vaqtda pishib yetiladi. Bir tekis pishib yetilgan hosilni yig’ishtirib olish ham osonlashadi.

  3. ekin dalasining bir qismi namlanishi dalaga mexanizmlar kirishiga imkoniyat qoldiradi. Natijada dala tuprog’i qurishini kutmasdan agrotexnik tadbirlarni sug’orish bilan bir vaqtda olib borish mumkin, ya’ni mehnatni samarali tashkil etishga imkoniyat yaratiladi.

  4. sug’orish vaqtida daladan oqava chiqmaganligi bois tuproq eroziyasi to’liq bartaraf etiladi. Ushbu jihatdan qaraganda, tomchilatib sug’orishni katta nishabli va tekislanmagan maydonlarda qo’llash ayniqsa katta samara beradi.

  5. tomchilatib sug’orilganda suvning tuproqqa behuda shimilishi bartaraf qilinadi. Natijada yer osti suvlarining sathi ko’tarilmaydi va dalaning botqoqlanishi hamda sho’rlanishining oldi olinadi.

  6. dala sektorlarga bo’lib sug’orilganligi uchun bir vaqtda sug’orishga beriladigan suvning sarfi katta bo’lmaydi. Natijada kam suv bilan katga maydonlar sug’oriladi hamda debeti kam bo’lgan suv manbalaridan (quduqlardan) foydalanishga imkoniyat yaratiladi;

  7. tomchilatib sug’orilganda egatlar oralig’idagi tuproq doimo quruq bo’ladi. Natijada begona o’tlarni chopib yo’qotish osonlashadi hamda ularga qarshi gerbitsidlarni suv bilan birga berish ikoniyati ham yaratiladi;

  8. o’simlik ildiz qatlami atrofi doimo nam bo’lganligi bois, u yerda tuz yig’ilmaydi;

  9. sabzavotlar va poliz ekinlar tomchilatib sug’orilganda ular hosilining suv ichida qolib ketishi xavfi yo’qoladi, ya’ni hosil sifatining buzilishi yuz bermaydi;

  10. tomchilatib sug’orishda dalaning bo’laklarga (sektorlarga) bo’lib sug’orilishi quvurlar diametrini va nasos bosimini kichikroq qilib belgilash imkoniyatini yaratadi. Natijada kam quvvatli nasosni ishlatish xarajatlari ham kamroq bo’ladi.


Download 15,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish