4. Dorivor o’simliklarga ekologik omillarning ta’siri. Yorug’lik omili ekologik omil ekanligini vao’simliklarning yorug’lik omili munosabatiga ko’ra guruhlari haqida malumot berish.Yeng muhim ekologik omil hayot omillaridan biri bu yorug’lik hisoblanadi. Yorug’lik fizikaviynuqtai nazardan olganda yorug’lik manbaidan chiqayotgan elektromagnit to’lqinlaridan iborat energiyanuridir. Bu yorug’lik nuri tirik organizmlar hayotida muhim rol o’ynaydi.O’simliklar tamonidan yil bo’yi qabul qilinadigan yorug’lik faqatgina yorug’lik tezligiga bog’liqbo’lib qolmasdan, u kunning uzunligiga ham bog’liq bo’ladi.Kunning uzunligi ekvatordan kutblarga tomon oshib boradi. O’simliklar qoplami uchun butun yilbo’yi qabul qilinadigan radiatsiya yig’indisi emas, balki yil davomida o’simliklar o’sish mavsumidagi yorug’lik miqdori ahamiyatga egadir. O’simliklar faqat o’ziga bevosita to’g’ri tushadigan yorug’likdan emas, balki tarqoq holda tushadiganyorug’likdan ham foydalanadi. To’g’ri tushadigan quyosh nurlari ko’pincha o’simliklar uchun xavfli bo’ladi. Chunki nurning tasirinatijasida o’simliklar tsitoplazmasi va xlorofilllari nobud bo’ladi. Tarqoq holda tushadigan yorug’lik o’simliklar tamonidan to’la o’zlashtiriladi. U foydaliroq bo’lib, uning 50 – 60 % fotosintez jarayoni uchunmuhim bo’lgan zangori - qizil nurlardan iboratdir. To’g’ri tushadigan yorug’likda bu xildagi nurlar miqdori30 – 35 % dan oshmaydi.Yorug’lik sezuvchi o’simliklarda barglar asosan kunning eng xavfli soatlarida radiatsiyani kam qabulqilishga moslashgan. Barglar gorizontal tekislikka nisbatan katta burchak bilan joylashgan, barglarning bunday joylanishini daraxtlardan evkalipt, mimozada ko’rishimiz mumkin, juda ko’p o’tchil o’simliklarda uchraydi. Masalai, yovvoyi lagun o’simligida hamma barglari shimoldan janubga tomon qaratilgan. Buning natijasida tush paytlaridagi kuchli quyosh nurlari oz miqdorda qabul qilinadi. Bunday o’simliklarga kompas o’simliklar deyilali. Quyosh yorug’ligi - turli xil to’lqin uzunligidagi, turli xil rangli nurlardan tashkil topadi. Masalan, qizil, sariq-havorang, ko’k, zangori, binafsha rang. O’simliklar uchun yorug’lik spektrining zangori - qizil, ko’k-binafsha nurlari muhimdir. Sariq-yashil nurlar, hammasidan ham kam yutiladi. Infraqizil nurlar deyarli yutilmaydi. Yuqori harorat sharoitida infraqizil nurlar o’simlikka salbiy tasir qiladi. Sababi, bu nurlar barg pigmentlari tamonidan yutilmasdan, balki to’qimalardagi suv tamonidan yutiladi, bu esao’simliklarning qizib ketishini vujudga keltiradi. Yorug’lik yashil o’simliklar uchun juda zarur: fotosintez natijasida yutilgan yorug’lik energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. O’simliklarning o’sishi, rivojlanishi uchun zarur hisoblangan organik moddalar hosil bo’lishida ishtirok etadi. Yorug’likka bo’lgan talabiga qarab o’simliklarning quyidagi ekologik guruhlari farq qilinadi:
1. Yorug’sevar o’simliklar (geliofitlar).
2. Soyasevar o’simliklar (stsiofitlar).
3. Oraliq o’simliklar (fakultativ geliofitlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |