Nazorat savollari:
1. Xisob texnologik karta deganda nimalarni tushinasiz?
2. Yalpi daromad nimani anglatadig?
3. Sof foida nima?
4. Rentabellik deganda nimalarni tushinasiz?
5. Bankrot nima?
II. AMALIY MASHG’ULOT MATERIALLARI
1-3-MAVZU: URUG’LARNI TUZILISHI TIPLARI URUG’ UCHUN QO’YILADIGAN TALABLAR
1. Ishning maqsadi: Dorivor o’simliklar bilan dala tajribalarini o’tkazish usullari. Dala tajribasining asosiy vazifasi ma’luin tuproq-iqlim sharoitida o’simliklarni ekib o’stirishning tajribada o’rganiladigan usullariga qiyosiy baho berishdan iborat.
Dala tajribalari natijalari asosida ishlab chiqarishga joriy etish uchun yangi agrotexiiik usullar ishlab chiqiladi. Dala tajribalaridan olingan ilmiy ma’lumotlar va ulami ishlab chiqarishda qo’llash shu tajribani uslubiy jihatdan qanchalik to’g’ri qo’yilganligiga bog’liq bo’ladi.
Dala tajribalarining turlari, maqsadi, o’tkaziladigan joyi, tajribaniiig davomiyligi, paykal (maydon)laring katta-kichikligi va boshqa ko’rsatkichlariga ko’ra bir necha turga bo’linadi.
O’tkaziladigan sharoitga ko’ra:
a) maxsus ajratilgan maydonlarda o’tkaziladigan dala tajribalari.
b) ishlab chiqarish sharoitlarida o’tkaziladigan dala tajribalari.
Qo’yilgan maqsadga ko’ra:
a) agrotexnika dala tajribalari;
b) nav sinash dala tajribalari.
Omillar soniga qarab dala tajribalari:
a) bir faktorli;
b) ko’p faktorli.
Davomiyligiga ko’ra:
a) qisqa muddatli;
b) ko’p yillik
v) surunkali.
Dala tajribasining tarkibiy qismlari. Dala tajribalarini o’tkazish uslublarida tajriba variantlarining tajribani takroriyligi, tajribadagi paykal (bo’linma) larning kattaligi va ularni joylashtirish usullari, hosilni yig’ishtirib olish usullari va tajribaning davomiyligi kiradi. Dala tajribasining variantlari deganda o’rganilayotgan o’simlik uning navi, o’stirish sharoiti, o’g’itlash, sug’orish va boshqalar tushuniladi. Variantlar soni tajriba tipikligiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etmasdan, undagi xatoliklarga ta’sir ko’rsatadi.
Tajriba o’tkazishda variantlar sonining 10-12 tadan oshib ketishi tajribadan olinadigan ma’lumotlaming aniqligini kamaytiriladi. O’rganilayotgan tajriba varianti bilan taqqoslanadigan variant nazorat yoki standart variant, deyiladi.
Tajriba va nazorat variantlari yigindisi tajriba shakli (sxemasi)ni tashkil etadi. Dala tajribalari kamida 3-4 yil davom etishi mumkin. Ular ma’lum kattalikdagi va shakldagi paykallarda o’tkaziladi.
Paykallar ma’lum maydon yoki uchastka bo’lib, unga o’rganiladigan yoki nazorat variantlari joylashtiriladi. Dorivor o’simliklar bilan tajriba o’tkazishda va ulardan olinadigan ma’lumotlar haqqoniy bo’lishi uchun bir yillik va ko’p yillik dorivor o’simliklar uchun 25-50, 50-100 m, qator oralari ishlanadiganlari uchun 100-250 m2 paykallarda tajriba o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |