1
|
2
|
3
|
4
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1
|
2
|
3
|
4
|
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1
|
2
|
3
|
4
|
4
|
3
|
2
|
1
|
4
|
3
|
2
|
1
|
Dala tajribasi takrorlanishining shakli:
— Bir yarusli.
— Ikki yarusli.
Takrorlash uchun savollar:
Topshiriq.
5-MAVZU: URUG’LARNI TAYORLASH USULLARI
1. Ishning maqsadi: Talabalarga o’rtacha namuna olishdan maqsad, ekinlarni urug’ini namligini va ekishga yaroqliligini tekshirishdan iboratligini o’rgatishdan iborat. Shular yordamida namunalar olishni o’rgatish.
Biror partiyadagi urug’larning sifati o’sha partiyadan o’rtacha namuna olish yo’li bilan aniqlanadi. O’rtacha namuna katta urug’ partiyasining xususiyatlarini xarakterlaydigan kichik urug’ namunasidir. Urug’ partiyasi deb raqamlangan va tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan biror ekinning, navning, reproduktsiyaning navdorlik kategoriyasining kelib chiqishi bir hil, bir yilda yetishtirilgan ma’lum massaga ega bo’lgan o’xshash urug’larga aytiladi. Urug’ partiyasi katta bo’lsa ayrim qismlarga, ya’ni nazorat birliklarga bo’linadi. Har xil ekinlar urug’ining partiyasi turli katta - kichiklikda bo’ladi. Urug’ partiyasining og’irligi ko’rsatilgan nazorat birlikdan ortiq bo’lsa, bu partiya ikkita yoki undan ko’p nazorat birlikka bo’linadi va ularning har qaysisidan o’rtacha namuna olinadi. Urug’ partiyasidan yoki uning bir qismidai o’rtacha namuna ajratib olish mahsus asboblar yordamida bajariladi. Shchuplardan konussimon, silindrsimoi, qop shchuplari, Nobbe shchupi kabilari keng ko’llaniladi. Namunalar ko’yidagi miqdorda olinadi.
10 qopgacha bo’lgan urug’ partiyasidan namuna har bir qopning 3 joyidan - usti, o’rtasi, tagidan; 25 qopgacha har bir qopdan; 100 qopgacha har qaysi 5 qopdan va 100 qopdai ortiq bo’lsa har 10 qopning 1 joyidan olinadi. Bunda urug’ olinayotgan joy (qatlamni) almashtirib turilishi lozim.
Avtomashina va aravalardan namunalar konussimon shchup bilan 5 ta har xil joydan, 3 ta chuqurlikdan jami 15 taga yetkazib yelinadi.
omborlardan 5 joydan burchaklardan o’rtadan va 3 ta chukurlikdan, ya’ni yuzadan 10 sm chuqurlikdan, o’rtasidan va poldan 10 sm balandlikda jami 15 taga yetkazib olinadi.
So’ta holatida xnrmonda saqlanayotgan urug’lik makkajo’xoridai 15 ta so’ta olinadi (5 joydan 3 qatlamda).
N azorat birlikdan orgiq bo’lmaydigan urug’ partiyasi saqlanayotgan bo’lsa bir nechta omborning har qaysisidan 15 ta dan namuna olish kerak. Har qaysi nazorat birlikdan olingan namuna birga qo’shiladi. Shu tariqa asosiy namuna hosil qiladi.
Asosiy namunadan tahlil uchun 2 ta o’rtacha namuna ajratiladi. - biri urug’ning tozaligini unuvchanligini, 1000 dona donning vazni va boshqa sifatlarini aniqlash uchun ishlatilsa, ikkinchisi urug’iing namligi va zararkunandalar bilan nechog’lik kasallanganligini aniqlash uchun ishlatiladi. Tahlil uchun olinadigan o’rtacha namuna har hil og’irlikda bo’ladi. Ko’p g’alla o’simliklari uchun olinadigai o’rtacha namunaning og’irligi 1000 gr ga teng bo’lsa, o’tlar uchun 100-150 gr teng bo’ladi.
O’rtacha namuna olish uchun asosiy namuna urug’lari stolga to’kilib aralashtiriladi. So’ngra urug’lar chizg’ich bilan tekislanib, yirik urug’li ekinlarniki (eryong’oq, no’xot va boshqa) 5 sm gacha, qolgan ko’pchilik ekinlarniki qalinligi 1,5 sm gacha keladigan to’g’ri to’rtburchak ko’rinishida yoyib ko’yiladi. Keyin chizg’ich bilan butsimon qilib kesib, 4 ta uchburchakka bo’linadi. Qarama qarshi tomondagi ikkita uchburchakdagi urug’ olib tashlanadi, qolgailari esa bir-biriga qo’shilib aralashtiriladi. Bu jarayon qolgan urug’lar 2 ta o’rtacha namuna tuzish uchun yetarli mikdorga kelguncha davom etaveradi. Ana shundan keyin hosil bo’lgan to’rtburchakning 2 ta qarama-qarshi tomonlari olib tashlanadi. 2 ta uchburchakdagi urug’lar aralashtiriladi va 2 ga bo’linadi. Birinchi o’rtacha namuna xaltachaga solinib, ichiga xo’jalik ekin, navning iomi, hosil yulingan yil, urug’ partiyasining raqami va og’irligi yozilgan yorliq solinadi va uni og’zi kanop bilan bog’lanib, kanopning uchlari plombalab qo’yiladi.
I kkinchi o’rtacha namuna toza shishaga solinib, og’zi tikin bilan mahkam berkitiladi va ustidan surgich parafin kuyiladi. Birinchi namunaga kanday yorlik solingan bo’lsa shishaga ham xuddi shunday yorlik yopishtiriladi,
Agar urug’larniig kasalliglar bilan zararlanganligini tekshi-riladigan bo’lsa og’irligi 200 gr keladigan uchinchi namuna olinib, pishik qog’oz xaltaga solinadi va -ustiga yuqorida aytilgan ma’lumotlar yozib qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |