Ko’rsatkichlar |
Ochiq yer
|
Plyonka yopilgan inshoot
|
Oq mato bilan qo’shimcha soyalangan plyonka yopilgan inshoo
|
Havoning bir kecha kunduzlik o’rtacha harorati,0S
|
21,1
|
24,0
|
28,1
|
Havoning kunlik o’rtacha harorati, 0S
|
27,4
|
31,4
|
30,1
|
Havoning tungi o’rtacha harorati, 0S
|
15,2
|
17,4
|
17,0
|
Susbtartning 5 sm chuqurlikdagi harorati, 0S
|
21,9
|
27,2
|
27,1
|
Substrat yuzasidani harorat, 0S
|
23,2
|
25,7
|
24,1
|
Substratning quruq tuproq vazniga nisbatan namligi, %
|
-
|
22,6
|
22,9
|
Havoning nisbiy namligi, %
|
47,0
|
88,0
|
89,7
|
Vertikal harorat gradienti, 0S
|
+0,8
|
+3,2
|
+3,3
|
Gorizontal harorat gradienti, 0S
|
+12,2
|
+14,0
|
+13,1
|
Yoritilganlik, ming/lyuks
|
110,0
|
91,0
|
83,0
|
Qulay haroratni ushlash uchun suv sarfi, m3/m2
|
-
|
0,005
|
0,0016
|
Yirik va o’rtacha o’lchamli issiqxonalar sharoitida plyonka ostida yashil qalamchalarining ildiz olishi uchun qulay harorat, havo va tuproqning nisbiy namligi sharoitlari yuzaga keladi. Qalamchalarning yaxshi ildiz olishi uchun o’ziga xos sharoitlar talab etiladi. Ularning orasida havo va tuproqning harorati, namlik va yoritilganlik asosiy omillardan hisoblanadi. Bunday mikroiqlim sharoitlarini yaratish uchun shaffof polietilen plyonka bilan qoplangan maxsus inshootdan foydalanish mumkin. Ularning ichida qulay mikroiqlim sharoitlarini hosil qilish uchun o’simliklarga mayda dispers ko’rinishida suv purkaladi, maxsus inshootlarda ochiq yerga nisbatan qulay bo’lgan havo va substratning harorat tartibi ta’minlanadi, unda ochiq yerga nisbatan farq 2,7-5,30S ni tashkil etadi. O’simliklarning yaxshi ildiz olishi uchun vertikal harorat gradienti (tuproq-havo) va havoning nisbiy namligi muhim tashqi omillar hisoblanadi.
Ushbu ko’rsatkichlar plyonkali inshootlarda qulay darajada bo’ldi va mos holda 3,2-3,30S va 88,0-89,7% ni tashkil etadi. Ko’chatlarni yetishtirish uchun inshoot ichining yoritilganlik darajasi ochiq maydonga (110,0 tыs., lyuks) nisbatan 17,3 i 24,0% ga kam bo’lishi yorug’likning bunday kamayishi inshootni yopishda ishlatilgan materialning fizik xususiyatlari bilan bog’liq ekanligi keltirilgan. Qalamchalarning ildiz olishi va zaytun ko’chatlarining o’zsishi davrida himoyalangan va osiq yerdagi mikroiqlim (o’rtacha oylik), 2019 y.Inshootni oq mato bilan qo’shimcha yopish yorug’lik oqimini kamaytirish va inshoot ichiga tushayotgan tik quyosh nurlarining yoyilitirish imkonini beradi, barglarning kuyish ehtimolini kamaytiradi. Inshootni to’rsimon bo’z mato bilan soyalashdan yana bir maqsad – umumiy suv sarfini kamaytirish va buning natijasida elektrodvigatelning ishlash davomiyligini bir kunda 60 martadan 20 martagacha qisqartirish hisobiga elektr energiyasini tejash belgilangan edi. Oq mato bilan soyalangan inshootda odatdagi usulda suv sarflashga (0,015 m3/m2) nisbatan suv sarfining tejalishi har metr kvadrat substrat hisobiga kuniga 10 l ni tashkil etishi aniqlangan.
Qalamchalarning ildiz olishi, rivojlanishi uchun plyonkali issiqxonada yaratiladigan mikroiqlim sharoitlari katta ta’sir ko’rsatadi. Ularning asosiylari quyidagilar hisoblanadi: substrat va havoning namligi va harorati; substratning mexanik va kimyoviy tarkibi; inshoot ichining yoritilganlik darajasi. Mikroiqlim sharoitlarining ahamiyati eng avvalo shundaki, u qalamchaning bazal qismida meristema to’qimalari hosil bo’lishi va barglarning assimilyatsiya faoliyatini jadallashtiradi, qalamchalarda ildiz hosil bo’lish jarayonlari va ko’chatlarning rivojlanishi esa aynan shunga bevosita bog’liqdir. Mamlakatimizda va xorijda olimlarning ushbu sohada olib borilgan tadqiqotlaridan ko’rinishicha, vegetativ yo’l bilan ko’payuvchi o’simliklar yashil qalamchalarining yaxshi ildiz olishi uchun muayyan sharoit talab etiladi. Ularning eng asosiylari havo va tuproqning harorati, namlik va yoritilganlik hisoblanadi, bunday mikroiqlim sharoitlarini yaratish uchun shaffof polietilen plyonka bilan qoplangan maxsus inshootdan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |