Sano (Kassiya) - Cassia (Tourn.) L. Sano Dukkakdoshlar - Fabaceae (Caesalpinaceae) oilasiga mansub bulib, buyi 1 m gacha yetadigan yarim buta usimlik xisoblanadi. Poyalari shoxlangan, pastki shoxlari yerda sudralib usadi. Barglari 4-8 juft bargchalardan tashkil topgan, juft patli murakkab bulib, poya va shoxlarida bandi yordamida ketma-ket urnashgan. Bargchalari nishtarsimon, utkir uchli, plastinkasi assimetrik, tekis kirrali. Sarik gullari shingil tupgulni xosil kiladi. Sano mevasi - yassi, yapalok tuxumsimon, yashil-jigarrang, kup urugli dukkak xisoblanadi. Sano iyun oyidan kuzgacha gullaydi, mevasi sentyabrdan boshlab yetiladi. Tibbiyotda sanoning barglari va mevalari ishlatiladi.
6 .20-rasm. Nayzabarg sano (Kassiya ostrolistnaya) - Cassia acutifolia Del. Sano turlarining vatani Afrikaning chul va yarim chul mintakala- ri, va Arabistonning janubiy xududlari xisoblanadi. Markaziy Osiyo, Kozogiston va Kavkazda bir yillik dorivor usimlik sifatida ustiriladi.
Bargi va mevalari tarkibida 2,70-6,17% gacha antratsen unumlari (rein, aloe-emodin, glyukorein va boshka), salitsilat va boshka kislota- lar, smolalar va boshka biologik faol birikmalar bor.
Sanoning dorivor preparatlari (damlamasi, kuruk ekstrakti tabletka xolida, senadeksin murakkab sano damlamasi - rena ichimligi, poroshogi murakkab kizilmiya poroshogi va kompleks preparatlar tar- kibiga kiradi) surgi sifatida kullaniladi. Sano bargi surgi sifatida va bavosilda ishlatiladigan choylar-yigmalar, kafiol preparatlari, sennazid A va V, Xindistonda chikariladigan surgi preparatlari - se- nade, glaksena va boshka preparatlar tarkibiga kiradi. Sano turlari kadim zamonlardan beri Markaziy Osiyo xalklari orasida turli ka- salliklarni davolash uchun ishlatilib kelingan dorivor usimliklar- dan xisoblanadi. Sano bargidan tayyorlangan damlamasini Ibn Sino podagra, jigar ogrigi va sarik kasalliklarini davolashda surgi dori sifatida kullagan. Tomok ogriganda va tomokda shish paydo bulganda u sano bargi damlamasiga ituzum mevasi shirasini kushib (ba’zan kashnich shirasi va ituzum shirasida sano bargini ivitib tayyorlangan damlama bilan) tomokni chayishni buyurgan.
Xalk tabobatida sano bargi va mevasidan tayyorlangan damlama me’da-ichak kasalliklarida, ayniksa, surunkali kabziyatda surgi dori sifatida samarali kullaniladi.
S assik kovrak (Ferula vonyuchaya) - Ferula assa-foetida L. Kovrak selderdoshlar (soyabonguldoshlar) - Apiaceae (Umbelliferae) oilasiga mansub bulib, buyi 1 m gacha yetadigan kup yillik o’t o’simlik. Kovrak 8-9 yildan sung poya chikaradi, tik usadi, yugon novda shakllantiradi, yukori kismi shoxlangan buladi. Ildizoldi barglari bandli, chuzinchok yoki lantsetsimon uch bulakka ajralgan. Poyadagi barglari maydarok, bir necha marta patsimon kirkilgan bulib, bandi bilan ketma-ket urnashgan. Oksarik, besh bulakli gullari murakkab soyabon tupguliga joylashgan. Kovrakning mevasi - kushalok pista xisoblanadi. Kovrak mart-aprel oylarida gullaydi, mevasi aprel- mayda yetiladi. Sassik kovrak Markaziy Osiyodagi dashtlarda, yalangliklarda, kumli chullarda, soz tuprokli yerlarda, ba’zan tog oldi tekisliklarida usadi. Tibbiyotda kovrakning ildizidan olinadigan yelimi - smolasi ishlatiladi. Yelim-smola olish uchun poya chikarmagan usimlikning ildiz atrofi chukur kilib kovlanadi va ildizining yukori tomonidan ozgina joyi kesib kuyiladi. Shu yerdan yelim-smola okib chikadi. Kotib kolgan smola ertasiga yigib olinadi. Ildizida yelim-smola tamom bulguniga kadar u kesiladi va shu tarzda yelim-smola yigilaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |