Mazkur ishchi o‘quv dasturi Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti Kengashining 2020 yil " " dagi yig‘ilishida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etilgan.


Introdutsent dorivor o’simliklar urug’chiligini tayyorlash



Download 15,59 Mb.
bet33/154
Sana30.04.2022
Hajmi15,59 Mb.
#596133
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   154
Bog'liq
Доривор усимликлар Уруғчилик ва кучатчилик УМК 24 11 2021 й охири

Introdutsent dorivor o’simliklar urug’chiligini tayyorlash. Sizlarga ma’lumki, o’tgan darslarimizda dorivor o’simliklar urug’chiligi va ko’chatchiligi bo’yicha sohaning dolzarb ekanligi, sohani rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan ishlar va alohida sohaning rivojlanishida hukumat tomonidan qabul qilingan qarorlar,farmon va farmoyishlarning ijrosi borasida batafsil gapirib o’tdik. Navbatdagi darsimizda dorivor o’simliklar urug’chiligi va ko’chatchiligini yanada rivojlantirish va kelajakda keng masshtabli plantatsiyalar tashkil etishda nafaqat mahalliy floraga mansub dorivor o’simliklarga, balkim introduktsiya qilingan yoki introduktsiya qilish ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish arafasida turgan dorivor o’simliklar turlarining ham urug’ va ko’chatxonalarini tashkil etish yoki onalik plantatsiyalarini yaratish to’g’risida fikr yuritamiz.
Nima uchun introdutsent dorivor o’simliklarni yetishtirish yoki ularning onalik plantatsiyalarini tashkil etish kerak? Gap mahalliy farmatsevtika sanoatining rivojlanishiga brib taqaladi. Sabab, yangi dorivor vositalar yaratishda va ularning tarkibiga ishlatiladigan dorivor o’simliklarning xom ashyo substantsiyalarini olishda mahalliy floraga mansub dorivor o’simliklar xilma-xilligi kamlik qiladi.Ularning turlarini introduktsiya qilib mahalliy flora tarkibiga kiritishimiz va import qilinayotgan dorivor o’simliklar xom-ashyosini yoki dorivor vositalarni mahalliy sharoitda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishimiz zarur. Shundagina, mahalliy sharoitda farmatsevtika sanoatining mustaqilligi ta’minlanadi yoki boshqacha qilib aytganda, import o’rnini qoplovchi hamda eksportbop dori vositalari o’zimizda tayyorlanadi. Bu tadbir:

  1. Respublikamiz sharoitida yashaydigan insonlarning salomatligi uchun ko’proq foyda beradi (Abu Ali ibn Sino o’z asarlarida qayta-qayta takrorlaganki, mahalliy tuproq va iqlim sharoitida o’sgan har bir shifobaxsh giyoh o’sha yerlik insonga ko’proq foyda keltiradi,sabab bu inson o’sha tuproq va iqlimga xosdir);

  2. Dorivor farmatsevtik vositalarni tabiiylashtirish borasida butun dunyoda global hisoblangan muhim siyosatni amalga oshishida yordam beradi.

Shuningdek, introdutsent o’simliklarning onalik plantatsiyalarni tashkil etishning yana bir ijobiy tomoni tuproq va iqlim sharoitiga mos adaptatsiya bo’lgan urug’ zahirasi yoki ko’chat zahirasi mahalliy shgaroitda tayyorlanadi.Bunga misol sifatida respublikamizga 2017 yilda Gollandiyadan keltirilgan ekma za’faron (shafran) o’simligini olishimiz mumkin. 2017 yilda 36,5 tonna 36,5 gektar (1 gektariga 1 tonna) o’simlikning tuganak piyozlari respublikamizning tuproq va iqlim sharoitida ekildi va 2018 yil, 2019 yil vva 2020 yillar mobay-nida respublikamizdagi O’rmon xo’jaligi tizimidagi xo’jaliklarga, tadbirkor hamda fermerlarga ta’lluqli maydonlarga 170 gektarga ko’paytirildi. Demak, har yili import sifatida olinishi kerak bo’lgan o’simlikning tuganak piyozlari zahirasi respublikamiz sharoitida yaratildi.Endilikda esa tashkil etilgan plantatsiyalardan ekma za’faron (shafran) xom-ashyosi yoki mahsuloti o’z sharo-itimizda yetishtiriladi. Demak, dorivor o’simliklarni introduktsiya qilish, introdutsent dorivor o’simliklarning urug’chiligi va ko’chatchiligini tashkil etish, introdutsent dorivor o’simliklarni keng masshtabdagi plantatsiyalarini yaratishda asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Bu esa o’z navbatida respublikamiz farmatsevtika sanoatining rivojlanishidagi 4 bosqich :

  1. Dorivor o’simliklarning keng masshtabdagi plantatsiyalarini tashkil etish va xom-ashyosini mahalliy sharoitda yetishtirish;

  2. Mahalliy sharoitda Galen (Jolinus) vositalari (preparatlari) ishlab chiqish;

  3. Dorivor o’simliklarning substantsiyalarini ishlab chiqish;

  4. Dorixonalarda mavjud bo’lgan tayyor dorivor vositalar (tabletka, svecha, ampula va boshq.)ni mamlakatimiz farmatsevtika zavodlarida ishlab chiqishni amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Endi, ma’ruzada keltirilgan rejaga nazar tashlasak. Dunyoning barcha mamlakatlarida bo’lgani kabi, O’zbekistonda ham o’simliklar introduktsiyasi, dorivor o’simliklar introduktsiyasi yo’nalishida alohida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.
Ushbu ilmiy tadqiqotlar olib boish joyi Botanika bog’lari, urug’chilik va ko’chatchilik stantsiyalari, ilmiy tadqiqot institutlari qoshidagi nav sinash laboratoriyalar va hududiy kollektsiyalari hisoblanadi.Bu muassasalar dunyodagi barcha shunga o’xshash muassasalar bilan uzviy bog’liqlikda ish olib boradi. Masalan O’z FA sining Toshkent botanika bog’i Respublikamizda o’simliklar introduktsiyasi asosida introduktsion ilmiy tadqiqotlar olib boradigan eng katta ilmiy muassasadir.
Toshkent Botanika bog’i dunyoning 120 ta Botanika bog’lari bilan doimiy hamkorlik qiladi. Botanika bog’lari miqiyosida hozirgacha indeks asosida urug’ almashtirish tizimi yo’lga qo’yilgan. Ya’ni, boshqa Botanika bog’larida mavjud o’simliklarning urug’lari indeks kitobchasida bizga jo’natiladi, bizning Botanika bog’ida mavjud o’simliklarning turlari indeks kitobchasida ularga jo’natiladi. Indeks kitobchalari asosida ilmiy tadqiqotchi introduktor olimlar kerakli turlarni tanlab o’z egasiga qaytaradilar. Indeks kitobchalari o’z egasiga borgandan keyin, laboratoriyada tanlangan o’simliklarning urug’lari ajratiladi.Urug’lar paketga solingan holda so’ralgan joyga jo’natiladi. Urug’ bizning mamlakatimizga yetib kelgandan so’ng, birinchi navbatda karantin inspektsiyasining maxsus laboratoriyasida tahlildan o’tadi.Urug’ning karatin holati manfiy chiqqandan so’ng, Botanika bog’iga jo’natiladi.
Botanika bog’ida qabul qilingan urug’lar avvalombor maxsus karantin maydonlarda ekiladi. Maxsus karantin maydonlarda sug’orish uchun sarflangan suv alohida kovlangan (10-12 chuqurlikda)chuqurliklarga uzatiladi va bu holat 4-5 yil davom etadi. Bu davr mobaynida agar bo’lsa o’simlik kasallik, zararkunanda yoki boshqa karantin ko’rsatkichlaridan tozalanadi. Ushbu tadbirlar amalga oshirilgandan keyin o’simlikning introduktsion ilmiy tadqiqotlari reja asosida boshlanadi.Barcha ilmiy tadqiqotlar asosida introdutsent introduktsion shkalalar asosida baholanadi va uning istiqbollilik darajasi aniqlanadi. Istiqbolli dorivor o’simlikning onalik plantatsiyasi, urug’xona va ko’chatxonalari tashkil etiladi. Buyurtmaga ko’ra, ishlab chiqarishga yetkazib beriladi. Introdutsent dorivor o’simliklarning urug’chiligi yoki zarur bo’lganda ko’chatxonalar tashkil etish ana shunday tartibda olib boriladi.
Izoh. Bunday istiqbolli dorivor o’simliklarga misol sifatida dorivor lavanda, dorivor shalfey, steviya rebaduiana, dorivor moychechak,dorivor tirnoqgul,qalampir yalpiz, bir necha kassiya turlarini, kurkuma, dorivor imbir, oddiy igr kabi turlarni keltirish mumkin.

Download 15,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish