Urug’larning og’irligi 1000 dona urug’ massasi bilan o’lchanadi va ular 5 guruhga bo’linadi.
1. O’ta yengil urug’lar 0,001-0,01 mg
2. Nisbatan yengil urug’lar 0,01-0,1 mg
3. Yengil urug’lar 0,1-0,2 mg
4. O’rtacha urug’lar 0,2-10 mg
5. Og’ir urug’lar 10 mg va undan yuqori
Birlamchi urug’chilik maydonidagi xar bir o’simlikdagi urug’lar terib olinadi va torozida tortib, uning massasi aniqlanadi.
Elita urug’chilik maydonlaridagi dorivor o’simliklar urug’ hosildorligi ular ekilgan maydonlardagi barcha to’liq pishib yetilgan urug’larni terib olish, o’lchash yo’li bilan aniqlanadi.
Masalan: Moychechak o’simligini urug’lik uchun 20 m2 maydonga ekilgan. Shu maydonda yani 20 m2 dagi o’simlik urug’lari yig’ishtirib olinadi va torozida tortib 1 gektarga o’tkaziladi.
20 m2 - 3kg moychechak urug’i
1 gektar maydondagi hosildorligi X=10000∙3=1500 kg/ga yoki 1,5 t
Mo’ljallangan urug’lik dorivor o’simliklar hosili barcha elementlarni, jumladan: bir gektardagi o’simliklar sonini, bir tupdagi gul savatchalarning o’rtacha sonini, bitta gulning vaznini hisoblab chiqish va aniqlash yo’li bilan belgilanadi. Urug’ hosilini belgilovchi yuqorida sanab o’tilgan elementlardan eng barqarori bir gektardagi o’simliklar soni hisoblanadi, bu son bir mavsum davomida kam o’zgaradi. Gul savatchalarning o’rtacha soni esa hisoblash vaqtiga qarab, mavsum davomida o’zgarib turadi. Bitta savatdagi gulning vaznini aniqlash eng qiyin ko’rsatkich hisoblanadi, chunki u o’simlikni parvarish qilish sharoiti va joyiga, mavsumdagi ob-havo sharoitiga va birinchi sovuq tushish vaqtiga bog’liq.
Mo’ljallangan hosilni aniqlashda fakat gullaganidan boshlab 10 kunlik bo’lgan gullar va ularning katta-kichikligi hisoblanadi. Bitta savatdagi gulning o’rtacha vaznini aniqlash hosilni oldindan aytib berish belgilari ichida eng qiyini hisoblanadi. Bunda yo’l qo’yilgan ozgina xato hosilni oldindan aytib berish natijalariga kuchli darajada ta’sir etadi. Bunda muayyan nav uchun rayonda qabul etilgan gulning o’rtacha vaznidan foydalaniladi. Gullarning vazni o’simlik o’stiriladigan sharoitga qarab o’zgarib turganligini ko’zda tutib va ob-havo, agrotexnika, birinchi sovuq tushishi kutilgan vaqt hisobga olingan holda qabul etilgan o’rtacha vaznga o’zgarish kiritiladi.
Mo’ljallangan hosil har bir dala bo’yicha aniqlanadi. Buning uchun mazkur dalaning turli qismidagi egatlarning har 10 metridagi o’simliklar va ulardagi gullar soni sanab chiqiladi. Namunalar dala diagonali bo’ylab, bir burchagidan ikkinchi burchagigacha har 100 qatordan keyin olinadi. Har bir namunada 10 metr oralikdagi o’simliklar va ulardagi gullar soni sanab chiqiladi. So’ng gullarning umumiy soni o’simliklar soniga bo’linsa, namunalardagi har bir o’simlikka o’rtacha nechta gul to’g’ri kelishi topiladi. Namunalardagi o’simliklar va gullar soni aniqlangandan keyin muayyan dalaning har gektaridagi o’simliklarning va keyin gullarning o’rtacha soni hisoblab chiqariladi. Bitta o’simlikdagi gul savatchalarning o’rtacha soni va bitta gulning o’rtacha vaznini bilgach har bir o’simlikdan ko’zda tutilgan yalpi va sovuq tushgunga qadar olingan hosilning o’rtacha og’irligi hisoblab topiladi. Bir gektardagi o’simliklar soniga qarab yalpi va sovuq tushgunga qadar bo’lgan hosil hisoblab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |