Mazkur ishchi o‘quv dasturi Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti Kengashining 2020 yil " " dagi yig‘ilishida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etilgan.



Download 15,59 Mb.
bet132/154
Sana30.04.2022
Hajmi15,59 Mb.
#596133
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   154
Bog'liq
Доривор усимликлар Уруғчилик ва кучатчилик УМК 24 11 2021 й охири

Bir yillik novdalardan qalamchalari orqali ko’paytirish
Respublikamiz sharoitida odatda terak, tol, jiyda, boshqa daraxt va butalarning qalamchalari asosan maxsus onalik plantatsiyalarida yetishtirilgan daraxtlardan yoki tunkalardan o’sib chiqqan (bachki) bir yillik novdalaridan tayyorlanadi. Qalamcha uchun tayyorlangan novdalarni bahorgi ekish mavsumigacha butunligicha (kesmasdan) saqlash zarur.
Tayyorlangan novdalar 50–100 donadan bog’lanib qurib qolishdan saqlash uchun, xandaqlarga (chuqurligi 40–60 sm) ko’mib qo’yiladi. Imkon qadar novdalar ko’miladigan joy quyosh nuridan panalangan bo’lishi lozim. Bu hol novdalarni barvaqt ko’karib ketishdan asraydi. Novdalar ekishdan 1–2 kun oldin ko’milgan joyidan olinadi va undan 20–25 sm uzunliqdagi qalamchalar kesiladi, bunda qalamcha uchining yo’g’onligi 0,5–1,5 sm gacha bo’lishi shart.
Agar qalamchalar ertaroq kesilgan bo’lsa, u vaqtda ular 40–50 sm chuqurlikdagi xandaqlarda saqlanadi. Maxsus xandaqlar nam tuproqli yerlardan qaziladi. Qalamchalar o’suvchi kurtagi (uchi) pastga qaragan holda ko’milishi zarur, sabab tuproq tortilganda yoki cho’kkanda kurtaklar o’rni zararlanmaydi. Maxsus tayyorlangan xandaq tagiga 5 sm qalinlikda sof daryo qumi solinadi. Qalamcha ustiga ham yana bir qavat 10 sm qalinlikda qum to’shaladi va 40–50 sm qalinlikda tuproq bilan ko’miladi.
Qalamcha novdadan shunday kesilishi kerakki, bunda oxirgi va yaxshi rivojlangan, shikastlanmagan kurtak ustidan 1–2 sm qoldirib 45 daraja qiyalikda kesiladi. Bunda bahorgi yog’inlar paytida suv turib qolmaydi. Bu esa qalamchalar uchini chirishdan saqlaydi va novdalar tik o’sishi uchun imkoniyat yaratiladi. Qalamchaning pastki qismi barg kurtagi ostidan kesiladi. Bu yerda ildiz olishi uchun shira ajralib oq bo’rtmalar, ya’ni «kallyus» hosil bo’lib ko’plab, ildizlar rivojlanadi.
Tok qalamchasi 50–60, smorodina va anor qalamchalari 20–25 sm uzunlikda, yo’g’onligi 0,5–1,5 sm bo’lgan bir yillik yetilgan novdalardan tayyorlanadi va yuqoridagi terak qalamchalarini tayyorlash texnologiyasi singari kesiladi va saqlanadi, zarur bo’lganda olib ekiladi. Tol daraxtini ko’paytirish uchun tol daraxti novdalaridan 1,5–2 metr uzunlikda va 5–8 sm yo’g’onlikda bo’lgan novdalardan tayyorlanib, suv o’tadigan ariqlar va yo’l bo’ylariga 50–60 sm chuqurlikka ekiladi.
Buldenej, jasmin va barbaris kabi buta daraxtlarini ko’paytirish esa ularni tomir qismini bolta, bel yoki o’tkir pichoqlar bilan kesib, alohida-alohida olib ekiladi. Qalamchalar tayyorlashda har bir hududning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda kasallikka, hasharotlarga, suvsizlik va sho’rlanishga chidamli bo’lgan mahalliy daraxt hamda buta navlaridan tayyorlashga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiq.
Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo viloyatlarining cho’l hududlari va boshqa hududlardagi qisman sho’rlangan, sho’rlanishga moyil sug’oriladigan yerlarida asosan, ko’k terak, qoratol, jiyda ko’chatlari va qalamchalari, shuningdek qayrag’och, zarang, shumtol, aylant, akatsiya, amorfa, tikan daraxti (gledichiya), biryuchina, katalpa, maklyura, yapon saforasi, tut, na’matak, sharq tuyasi, virginiya archasi kabi daraxt va buta ko’chatlari yaxshi o’sadi.
Respublikaning tog’li, shuningdek, sho’rlanmagan yoki oz miqdorda sho’rlangan yerlarda deyarli yurtimizda o’sadigan barcha daraxt va buta ko’chatlari va qalamchalarini ekib o’stirish mumkin. Ko’chat va qalamchalar odatda tuproq harorati +4, havo harorati +5 darajadan oshgandan so’ng ekiladi. Havo harorati minus darajada bo’lganda, ya’ni yer muzlagan davrda ko’chat va qalamchalarni ekish mumkin emas. Yer muzdan bo’shagach, tuproq qo’l bilan ushlanganda nam, (lekin yopishqoq loy shaklida bo’lishi kerak emas) sochiluvchan bo’lgan holda, ya’ni tuproq yetilganda ekish ishlari olib boriladi.
Ko’chat va qalamcha ekilgandan so’ng, uning atrofi albatta bostirib, to’liq sug’orilishi zarur. Ko’chatlar qazilganda va transportda tashilganda ildizini ochiq qoldirmaslik, sovuq urishi va ildizining shamollashiga yo’l qo’ymaslik kerak. Sug’oriladigan tomorqa yerlarda, ariq bo’ylari va yo’l chetlariga teraklar odatda bir qatorli qilib, har 1 metr masofada, tollar 3 metrgacha masofada, non jiyda ko’chatlari 1 qatorli ekilganda har 3–5 metr masofada, plantatsiya usulida 4 x 5 metr yoki 5x5 metr sxemalarda ekiladi.
Shuningdek, kichik-kichik maydonlarda terak ko’chatlari yoki qalamchalari qalin qilib ko’chat olish uchun ekilishi mumkin. Boshqa daraxt turlari qatorli qilib ekilganda har 2-4 metr masofada, plantatsiya usulida ekilganda 4x2 metr, 4x3 metr, 5x2 metr va 5x3 metr sxemalarda, mevali daraxt ko’chatlari o’sish xususiyati va daraxt turiga qarab 6x6 metr, 6x7 metr va ba’zan bundan katta sxemalarda ekiladi. Falla va paxta dalalarini chorva mollari tomonidan payhon qilinishdan saqlash uchun atrofiga terak yog’ochlaridan to’siqlar tayyorlash o’rniga, bir qatorli qilib, har 0,5–1 metr oraliq masofada na’matak ko’chatlarini ekib «yashil to’siqlar» barpo etish mumkin.
Na’matak uzoq muddat gullab atrofga chiroyli manzara berishi bilan birga kelajakda mevasidan qo’shimcha daromad olish mumkin. Cho’l hududlaridagi qumlik yerlarda saksovul, cherkez va qandim ko’chatlarini gektariga 1000–3000 dona miqdorida ekish maqsadga muvofiq. Tog’li hududlarda tog’ archasi, bodom, pista daraxtini ko’chati va urug’idan maxsus tayyorlangan zinapoyalarga va maydonchalarga eroziyaga qarshi qalin qilib ekish tavsiya etiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, barcha igna bargli daraxtlar tuproq zamini bilan ekilishi zarur. Katta shahar hududlarida asosan manzarali va soya beradigan daraxtlar ko’chatini ekish maqsadga muvofiqdir.
Yog’ochlangan qalamchalardan dusen, paradizka, behi, smorodina, amerika tor krijovnigi, anjir, anor kabi meva va rezavor-meva o’sim- liklari ko’paytiriladi.
Dusen, paradizka va behining ba’zi turlari qishki qalamchadan yaxshi ko’paytiriladi. Behining anjir navi O’zbekiston navlariga nisbatan qalamchadan yaxshiroq ko’payadi. Qalamcha qancha yosh bo’lsa, shuncha tezroq ildiz oladi. Shuning uchun ko’pincha bir yoshli qalamchalar ishlatiladi. O’simliklarni qalamchalaridan ko’paytirish eng arzon, eng tez natija beradigan, qulay va oddiy usuldir. Qalamchalar yetishtirish uchun doim suv oqib turadigan unumdor yer ajratiladi. Rezavormeva va subtropik o’simliklarning qalamchalari xazonrezgilikdan keyin tayyorlanadi. Qalamchalar 25-30 sm uzunlikda bo’ladi. Ko’klamda o’tqazish uchun tayyorlangan qalamchalarning yuqorigi va pastki uchlari bug’in oraliqlari o’rtasidan, kuzda o’tqazish uchun esa pastki uchlari pastki kurtak tagidan, yuqori uchlari kurtakdan 1-1,5 sm qoldirib kesiladi.
Qishlab chiqqan qalamchalar ham o’tqazish oldidan xuddi shu tartibda kesiladi. Ammo qalamchalarning pastki uchlarida kallyus qavariqlari paydo bo’lgan bo’lsa, ular kesilmaydi va ularning pastki qismidagi kesilgan joyi yangilanmaydi. Ko’klamda o’tqaziladigan qalamchalar 50 donadan bog’-bog’ qilib bog’lanib, 0° haroratdagi yerto’lada nam qumga tik holda ko’mib bahorgacha saqlanadi. Yerto’la bo’lmasa, qalamchalar ochiq joyda, 30 sm chuqurlikdagi ariqlarga qo’yib, ustiga 10-12 sm qalinlikda nam tuproq solinadi. Ba’zan qalamchalar oldindan yuvilgan daryo qumida stratifikatsiyalanadi yoki kilchalanadi. Qalamchaning pastki uchidagi qavariq (kallyus) yaxshiroq o’sishi uchun, stratifikatsiya qilishdan oldin qalamchaning pastki qismi kurtak tagidan kesiladi.
Paradizka qalamchalari «tovoncha» qoldirib kesilgan holda stratifikatsiya qilinadi. Buning uchun qalamcha shu yilgi novdaning pastki qismidan emas, balki o’tgan yilgi yog’ochlikning bir qismini qo’shib kesib olinadi. Pastki qismidan bir tekis qilib bog’langan bog’lar pastki qismlari yuqoriga qaratilib tik qilib nam qumga qo’yiladi va ustiga 8-10 sm qalinlikda nam qum sepiladi. Binodagi harorat 2-5 °S chamasida bo’lishi lozim. Ko’chatzorga o’tqaziladigan qalamchalar oz bo’lsa yerto’lada, ko’p bo’lsa ochiq joyda tayyorlanadi. Qalamchalar ochiq joyda tayyorlanadigan bo’lsa, eni 3 m, chuqurligi 60-70 sm keladigan va keraklicha uzunlikda ariq qaziladi. Bog’-bog’ qilib mahkam bog’langan qalamchalarning tekislangan pastki qismlari yuqoriga qaratilib ariq ichiga qo’yiladi.
Bog’langan qalamchalar ustiga tuproq solinadi. Uning ustiga 9-10 sm qalinlikda nam qum yoki yumshoq tuproq sepiladi. Keyin o’sha qalamcha bog’lari ustiga yuqorida aytilgan tartibda ustiga tuproq sepilib, yana bir qator qalamcha bog’lari qo’yiladi, uning ustidan esa ariq chetidan 5-10 sm baland qilib tuproq tortiladi. Ana shu tartibda ko’milgan qalamchalar yaxshi qishlab chiqadi. Bunday tayyorlash natijasida ularda qavariqlar (kallyuslar) paydo bo’ladi va bahorda o’tqazilgandan keyin tez o’sib ketadi.
Vegetativ yo’l bilan ko’paytiriladigan payvandtaglarning qalamchalari boshqa daraxtlarning qalamchalariga qaraganda bahorda tezroq ko’karadi. Demak, ularni ertaroq o’tqazish kerak. Tuproq xuddi payvandtag ko’chatzoridagidek qilib tayyorlanadi. Qalamchalar qator qilib, qator oralari 70 sm va qatordagi tuplar orasi 10-12 sm qoldirib o’tqaziladi. 1 gektarga 100-140 mingga yaqin qalamcha ketadi. Qalamchalar tortilgan chizimcha yoki bir lemexli plugda ochilgan egat bo’ylab, tayyorlangan chuqurchalarga 45° qiya qilib o’tqaziladi va ular plug ikkinchi marta o’tganida ko’mib ketiladi. Qalamchalar o’tqazilgandan keyin dala tezda sug’oriladi. Dala sug’oriligandan va tuproq o’tirishgandan keyin qalamchalarning uchi yer yuziga ko’pi bilan 1 sm chiqib turishi va yuqorisidagi kurtagi esa yer yuzasi bilan bir sathda bo’lishi lozim.
S.N.Stepanovning xabar berishiga qaraganda, Ist-Molling stantsiyasida (Angliya) olxo’ri va olmaning ba’zi bir turlarini yog’ochlangan qalamchalaridan muvaffaqiyatli ravishda ko’paytirish uchun o’stirish moddalari ishlatadilar. Bunday holda oktyabrda qalamchalar 30-40 sm uzunlikda kesiladi va morfologik jihatdan bir xil bo’lgan uchlarini bir tomonga qaratib bog’-bog’ qilib bog’lanadi. Keyin bog’larning bir necha santimetr keladigan quyi qismi kornevinga botirib olinadi. Olxo’ri uchun 50% li etil spirtidagi eritma kontseytratsiyasi 1:2000 va olma uchun 50% li etil spirtidagi eritma kontsentratsiyasi 1:400 bo’lishi kerak. Dorilangan qalamchalar chuqurga qo’yilib 7 °S haroratda 2 oy saqlanadi. Ana shu vaqt ichida qalamchalarning pastki uchida qavariq (kallyus)lar paydo bo’lib, ildizlar vujudga kela boshlaydi. Dekabr oyida qalamchalar ko’chatzorning birinchi dalasiga o’tqaziladi. Odatda, novdaning quyi qismidan kesib olingan qalamchalar yaxshiroq ildiz oladi. Bu usulni bizning sharoitda ham sinab ko’rish kerak.
Bir qator meva daraxtlari (olxo’ri, olcha, olma va boshqalarning ba’zilari) tunkadan chiqqan bachki novda va ildiz- qalamchalardan(yoshildizlaridan) ko’paytirish mumkin. Tunkaning pastki qismidagi qo’shimcha kurtaklardan bachki novdalar hosil bo’ladi. Kesilgan joy yuqorisidagi qavariqdan ham yangi novdalar paydo bo’lib, bular qo’shimcha kurtaklar boshlang’ichini beradi.
Tunka bachkilari baquvvat novdalar beradi, bu daraxtda saqlanib qolgan ildiz novdalarni ko’p miqdorda oziq moddalar bilan ta’minlaydi. Agar daraxtning yer ustki qismlari (sovuq urishi, sinishi va hokazolarga ko’ra) nobud bo’lsa, tunkasidan chiqqan bachki novdalar yordamida qimmatli navni saqlab qolish mumkin. Ammo bachki novdadan hosil bo’lgan daraxtlar urug’ yoki qalamchadan o’stirilgan o’simliklarga qaraganda chidamli emasligi va uzoq yashamasligi qayd qilingan.

Download 15,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish