Behi uchun payvandtaglar. Mahalliy tur behining urug’ ko’chatlari behi uchun eng yaxshi payvandtag hisoblanadi. Bulardan Namangan viloyati uchun Shirin va Nordon, Farg’ona viloyati uchun oddiy Quva (Chilgi behi), Buxoro viloyati uchun Turmush, Xorazim viloyati uchun Almurut behi, Samarqan viloyati uchun Samarqand navlari tavsiya etiladi.
Olcha va gilos uchun payvandtaglar. Ochani payvandlash uchun antipka, magalebka, magaleb olchasi, xushbo’y olcha navlari eng yaxshi payvandtag hisoblanadi. Bu navlarning ildiz sistemasi baquvvat bo’lib, qurg’oqchilikka juda chidamli bo’ladi.
Olxo’ri uchun payvandtaglar. Olxo’ri uchun (mahalliy) Sug’diyona olchasi eng yaxshi payvandtag bo’ladi. U har qanday yerga ham yaxshi moslashadi.
O’rik uchun payvandtaglar. Urik uchun o’rikning mahalliy klonlari (Xashaki o’rik) dan yetishtirilgan urug’ ko’chatlar eng yaxshi payvandtag hisoblanadi.
Shaftoli uchun payvandtaglar. Mahalliy shaftolilardan oq shaftoli urug’ ko’chatlari eng yaxshi payvandtag hisoblanadi. Sho’rga chidamli payvandtag sifatida Xorazim nav shaftolisi tavsiya etiladi. Bu navning ko’chatlari sizot suvlari yuza bo’lgan yerlarda ham yaxshi o’sadi.
Bodom uchun payvandtaglar. Shirin bodom uchun oddiy bodom yaxshi payvandtag bo’ladi. U asosan lalimi, sershag’al va toshli tuproqda o’sadi.
Yong’oq uchun uning mahalliy qishga chidamli navlari payvandtag bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Xurmo uchun Kavkaz va virgin xurmolari payvandtag bo’la oladi.
Xitoy xurmosi uchun unabining mevasi mayda mahalliy navlari va 1-mayda mevali nordon navlari pavandtag bo’lishi mumkin. 1-mayda mevali nordon navning urug’i tez o’nib chiqadi.
Urug’idan (generativ yo’l bilan) ko’paytirish. O’zbekistonda urug’lar orqali yetishtiriladigan ko’chatzorlarda, asosan, urug’i (danagi) bilan ko’payadigan daraxtlar hamda danakli o’simliklarning payvandtaglari yetishtiriladi. O’rik, shaftoli, tog’olcha va yong’oq mevalilar, tez o’sadigan daraxtlar singari urug’i bevosita shakl berish bo’limining birinchi dalasiga ekiladi. Bu daraxtlarning urug’lari urug’ko’chatlar, payvandtaglar ko’chatzoriga ekilib, keyin ko’chatzorning birinchi dalasiga ko’chirib o’tqazilganda kuchli o’sadi va payvand qilinganda kurtaklarning ko’pchiligi olmaydi. Olma, nok va behi urug’lari bevosita shakl berish bo’limining birinchi dalasiga faqat yaxshi agrotexnika usullari qo’llanilganda va urug’ning konditsion sifati yuqori bo’lgandagina ekilishi mumkin.
Bu ko’chatlarning ildizi yaxshi tarmoqlanishi va urug’ ko’chatlar yetishtirish davrini uzaytirish uchun ko’chat qilinadigan yosh davrida ular pikirovka qilinadi, ya’ni ildizchalarining uchi kesilib yaxshi unumdor tuproqqa ko’chirib o’tqaziladi. Lekin bizning sharoitda bu usul kam qo’llanadi, chunki yuqori harorat ta’siridan ko’chirib o’tqazilgan o’simliklarning ko’pi chiqitga chiqadi. Pikirovka qilish o’rniga bizning sharoitda urug’ ko’chatlarning ildizlarini mexanizatsiya yo’li bilan skoba shaklidagi maxsus pichoqlar yordamida kesish mumkin. Bular traktor kultivatorlariga o’rnatiladi. 2-3 ta barg chiqargan urug’ ko’chatlarning 8-10 sm chuqurlikdagi ildizlari kesiladi. Bundan so’ng o’simlik qatorlari yaqinidagi tuproq bosib-bosib qo’yiladi va sug’oriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |