Mazkur ishchi o‘quv dasturi Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti Kengashining 2020 yil " " dagi yig‘ilishida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etilgan.



Download 15,59 Mb.
bet118/154
Sana30.04.2022
Hajmi15,59 Mb.
#596133
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   154
Bog'liq
Доривор усимликлар Уруғчилик ва кучатчилик УМК 24 11 2021 й охири

Urug’lar konditsiyasi

Ekin turi

1 kg urug’ olish uchun talab qilinadigan yangi uzilgan meva miqdori, kg

Klasslar bo’yicha urug’larning unib chiqishi,% hisobida

I

II

O’rmon olmasi

100-120

90

75

Madaniy olma

250-400

90

80

O’rmon noki

100-150

90

70

Behi

100

90

70

Nordon olcha

12-15

85

70

Antipka

8-10

90

75

Yovvoyi gilos

10

80

65

Xonaki olxo’ri

12

85

70

Tog’olcha

10-12

95

80

Tikanli olcha

8

85

70

Oddiy o’rik

15-30

90

70

Shaftoli

15-30

90

75

Yong’oq

-

90

75

Bodom

-

90

75

Xurmo

-

80

70

Mahalliy unabi

-

80

75

Urug’larni ifloslantiradigan aralashmalar o’rmon olmasida 4 %, nok va behida 5 %, mayda olxo’ri, tog’olcha, antipka, gilos, olcha, xurmoda 2 %, shaftoli, o’rik, yirik olxo’ri, bodom va yong’oqda 1 % dan oshmasligi kerak.


Urug’ mevali daraxtlarning urug’lari begona aralashmalardan tozalanadi va don saralash mashinasidan o’tkazilib, konditsiya darajasiga yetkaziladi. Ekish uchun tayyorlangan urug’larda begona aralashmalardan tashqari, mayda, yengil, singan, urilgan, zararkunandalardan zararlangan va puch urug’lar uchraydi, ularni ham ajratib olish kerak. Salmoqli yirik urug’lardan unuvchanligi yuqori va standart payvandtaglar o’sib chiqadi. Shuning uchun ekishga to’la rivojlangan, to’la qimmatli va yirik urug’larni tanlash lozim va ular katta-kichikligiga qarab metall elaklarda saralangan bo’lishi zarur.
Urug’ mevali turlar urug’ining namligi 15-16 % dan oshmasligi kerak. Urug’larning namligi yuqori bo’lsa, ular mog’orlaydi, ba’zan o’z-o’zidan qizib ketadi va ayniydi, stratifikatsiya qilish vaqtida chiriydi.
Urug’larning yuqori sifatli bo’lishini tashqi ko’rinishiga rangi, hidi va boshqa sifatlariga qarab ham aniqlasa bo’ladi. Urug’ mevali daraxtlarning yaxshi urug’lari to’q va tig’iz, urug’palla va murtagi oq bo’ladi. Ularda sariq, shishasimon va yaltirab turgan dog’lar bo’lmaydi, urilganida maydalanmay, puchayib qoladi; ular elastik, taxir mazali bo’ladi; yupqa temir listda yoki tovada (yog’ solmasdan) ozgina olovda sal qizdirilsa, po’sti yorilib ketadi va urug’lar charsillab sakraydi. Sifatsiz urug’lar qovurilganda kuyib ketadi.
Danak mevali daraxtlar urug’ining po’sti xira kul rang bo’lishi ularning sifatsizligini ko’rsatadi. Ana shu turlarning urug’pallasi va murtaklari ham urug’ mevali daraxtlarnikiga o’xshash bo’lishi kerak. Urug’larning to’q, danaklari yorilmagan, mog’orlamagan va qo’lansa hidsiz bo’lishi ularning sifatlilik belgisidir. Danak mevalilarning mag’zi qobig’ining burishgan bo’lishi, urug’ning o’ta quritilganligini ko’rsatadi.
Biroq urug’larning yaroqliligini ularning tashqi belgilariga qarab aniqlash usuli hamisha ham to’g’ri bo’lmaganligi sababli ularning unib chiqish-chiqmasligi ikkita aniq usul-bo’yash va tez undirish usuli bilan aniqlanadi. O’lik hujayra va to’qimalarni indigo – karmin bilan bo’yash usuli D.N.Nelyubov tomonidan ishlab chiqilgan. Meva daraxtlarining urug’ qobig’i va endospermini oson ajratib olish uchun bo’yashdan oldin bir kun davomida xo’llab qo’yiladi. Mag’izdan ajratish uchun danaklar avval qizdiriladi. Urug’lar qobiqdan tozalanadi. Qobiqdan tozalangan urug’lar sinash uchun (har birida 100 tadan 33 ta namuna olinib) 0,1-0,2 % kontsentratsiyali indigo – karmin eritmasiga solinadi. Uch soatdan keyin eritma to’kilib, urug’lar suvda yuviladi va so’ngra sanaladi.Dastlabki ildizchasi bilan bo’yalgan, shuningdek yarmi yoki to’liq bo’yalgan urug’lar unib chiqmaydi.
Urug’larni unib chiqishi mumkin bo’lgan enegiyasi haqida M.A.Soloveva tomonidan ishlangan tez undirish usuli birmuncha aniqroq tushuncha beradi. Bunda ham uch kun ho’llab qo’yilgandan keyin urug’lar unib chiqishi kerak. Ajratib olingandan so’ng urug’ murtagi Petri idishi yoki likopchadagi nam gigroskopik paxta yoki sterillangan dokaga qo’yiladi. Paxta yoki dokani qaynagan suv bilan vaqti - vaqtida ho’llab turish lozim. Unib chiqish vaqtida harorat 20-230S atrofida saqlanadi. Juda yuqori haroratda urug’lar chiriydi, past (12-150S) haroratda esa unib chiqishi cho’zilib ketadi. Unib chiqqan urug’lar ildizcha va ko’kara boshlagan urug’ palla beradi. Unib chiqish 14-18 kun davom etadi. Urug’larning sifati ular tayyorlangandan so’ng qumlashdan oldin yoki kuzda ekishdan avval aniqlanadi.

Download 15,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish