Nazorat savollari
1.O’zbekiston tabiatni muxofaza qilish qo’mitasi strukturasi?.
2.Bionazorat bo’limi ish faoliyati, maqsad va vazifalari?
3.Urug’chilik uchun kvota ajratish tartiblari, ularni rasmiylashtirish qoidalari?.
4. O’zbekiston Respublikasi karantin nazorat boshqarmasi faoliyati, maqsad va vazifalari?.
5.Urug’larni xisobga olish va nazorat qilish tartibi?.
6.Urug’ indekslari?.
7.Urug’larni chet el mamlakatlaridan qabul qilish va chet el mamlakatlarga chiqarish tartibi?.
8. Urug’ sifati?.
9. Urug’larni saqlash usullari?.
10.Urug’ning nav sifatini ayting?.
11.Urug’larning ekish sifatiga qaysi ko’rsatkichlar kiradi?.
12.Urug’larni saqlash usullari?.
13.Urug’larni transportirovka qilish.
14.Realizatsiya qilish tartiblari (xisobga kiritish va xisobdan chiqarish).
13-MAVZU: OCHIQ MAYDONLARDA KO’CHATZORLAR UCHUN QO’YILADIGAN TALABLAR
Reja:
1. Ochiq maydonlarda ko’chatzorlar uchun qo’yiladigan talablar
2. Ko’chatlarni yaganalash.
3. Ko’chatlarni yetishtirish va parvarishlash.
4. O’simliklarni hisobga olish.
Tayanch iboralar: vegetativ organlar, payvand tag, payvand dust onalik plantatsiya, vegetativ usul, tabiiy ko’payish,
Ochiq maydonlarda bir yillik o’simliklarni ko’chatsiz yetishtirish usuli mehnat sarfini va o’simlik tannarxini ma’lum darajada kamaytiradi, bunda o’simlik kuchli rivojlanishi bilan ajralib turadi, kamroq kasalanadi. Bu usulning kamchiligi shundan iboratki, o’simliklar ko’chat bnlan yetishtirilgandagiga qaraganda birmuncha kech gullaydi va urug’ 2,5-3 baravar ko’p sarf bo’ladi.
Gul urug’lari ekish uchun tuproq qunt bilan tayyorlanadi. Kuzgi haydalgan yoki shudgorlanib yoz bo’yi ekilmagan yerlarga rejaga muvofiq joylashtiriladi. Kultivatsiya va borona solinadi. Bir yillik o’simliklarni ko’chatsiz usulda yetishtirida urug’lar bahorgi don ekinlari singari mart oxiri - aprel boshlarida (qachonki yer yetilganda) ekiladi.
Qatordagi o’simliklar va qatorlar orasidagi masofalar ekin vazifasi va o’stirilayotgan o’simlik biologik xususiyatlariga ko’ra aniqlanadi. Urug’lar ariq tortuvchi traktor yoki qo’lda tayyorlangan qatorlarga ekiladi.
Yer haydalayotganda yoki kultivatsiya paytida o’g’it to’liq solinmagan bo’lsa, u holda jo’yak tortish davomida 1 m2 yerga 30-50 g. superfosfat, 20-30 g. ammiak selitrasi va 10-15 g. kaliy tuzi beriladi . Yuqori kislotali tuproqlarni ohak bilan o’g’itlash tavsiya qilinadi. Urug’ yaxshi shamollatilgan torf, qum yoki chirindilar bilan ko’mib berkitiladi. Urug’ni g’altakmola bilan tekislab, ehtiyotkorlik bilan sug’oriladi. Katta maydonlarda keng egatli lentali 3-4 qatorli seyalkalar bilan urug’lar ekiladi. Bu seyalkaning qatorlari orasidagi masofa 20-30 sm. va lenta orasidagi masofa 60 sm. bo’lishi lozim. Noqoratuproqli mintaqa sharoitlarida ekish ishlari qishdan oldin, taxminan oktyabrning 3-o’n kunligida o’tkaziladi. Ekish uchun tuproq va juyakli qatorlar oldidan tayyorlanadi. Kech kuzgi ekishda urug’lar torf yoki chirindi bilan 2-3 sm. qalinlikda ko’miladi. Ba’zi xo’jaliklarda qish davrida ochiq yerga ekish amalga oshiriladi. Ekish uchun joylar kuzda tayyorlanadi. Kor qatlami 15-20 sm. qalinlikda bo’lganda, oldindan tayyorlangan maydonlarga qor ustidan chuqurligi' 1,5-2,0 sm. bo’lgan jo’yaklar tortiladi va urug’lar sepiladi. So’ngra shu vaqtgacha muzlamaydigan xonalarda saqlangan, shamollatilgan torf yoki chirindi bilan ko’miladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |