bios
-hayot,
techne
-san‟at,
logos
-fan) tirik organizmlarda kechayotgan biologik
jarayonlarni o‟rganish asosida inson uchun zarur bo‟lgan qimmatli mahsulotlar, shu
jumladan dorivor
vositalarni olish
uchun
ushbu
jarayonlarni, shuningdek
bioob‟ektlarning (bakteriyalar, viruslar, zamburug‟lar va boshqalar) o‟zidan
foydalanuvchi bilimlar sohasidir. Tibbiy biotexnologiya bioob'ektlar va ularning qayta
faoliyati mahsulotlaridan foydalangan holda profilaktik, diagnostik va dori preparatlarni
yaratish bilan shug‟ullanadi. Bunga birinchi navbatda antibiotiklar, vaktsinalar,
vitaminlar, gormonlar, qon preparatlari va boshqalarni yaratish va ishlab chiqarish
kiradi.
Bo‟lajak farmatsevtga mikrobiologiya kursini o‟rganish vaqtida, ilmiy adabiyotni
o‟qishda mikrob nomlari bilan to‟qnashishga to‟g‟ri keladi. Ushbu nomlar tasdiqlangan
klassifikatsiyaga muvofiq "Bakteriyalar nomenklaturasining xalqaro kodeksi" bilan
9
boshqariladi. Mazkur nomenklaturaga kiritilgan nomlar lotin tilida xalqaro qo‟llanish
uchun ruxsat berilgan.
Masalan:
Escherichia coli- ichak tayoqchasi, Enterobacteriaceae
oilasi (ichak bakteriyalari).
Dunyo tillarining internatsional lug‟at fondida, shu jumladan o‟zbek tilida
latinizmlar katta o‟rin egallaydi: institut, fakultet, rektor, dekan, professor, dotsent,
laborant, dissertant, audotoriya, kredit, kurs, prokuror, kongres, yurist, konservatoriya,
valeriana, monument, repetitsiya, repetitor, observatoriya, progress va boshqalar.
LOTIN TILINING QISQACHA TARIXI
Lotin tili tillar hindiеvropa oilasining italian guruhiga taalluqlidir.Qadim
zamonlarda Italiya hududidagi Appenin yarim oroli Latsiya viloyatida yashovchi lotin
qabilasi bu tilda so‟zlashgan. Bu qabila bosqinchilik urushlari bilan butun Yevropa,
Afrikaning shimoliy qismi va O`rta yer dengizi atrofidagi yerlarni bosib olgan va u
yerlarda yashovchi qabilalarga lotin tilini davlat tili, deb qabul qilishga majbur qilgan.
Latsiya viloyatining poytaxti Rim shahri bo‟lib, miloddan avvalgi I asrga kеlib, u Rim
saltanatiga aylangan. Rim saltanati kеngayib borgani sari, lotin tili uning hukmron tiliga
aylanib borgan.
Rim saltanati tomonidan Yunoniston (miloddan avvalgi 146 yillarda) bosib
olingandan so‟ng, yunon tili lotin tiliga sеzilarli ta'sir ko‟rsatgan. Chunki
Yunonistonda madaniyat yuksak darajada tashkil topgan. Yunonlar bilan bo‟lgan
aloqaning boshlanishidayoq rimliklar Yunonistonning yuqori darajada rivojlangan
madaniyatining ulkan ta'sirini sеzganlar.
Miloddan avvalgi V asrda Afinada Evropa tibbiyoti “otasi” Buqrot (Gippokrat)
yashagan va ijod qilgan. U o‟z asarlarida ilk bor ilmiy tibbiy atamalarini yozgan.
Buqrot o‟zining asarlarida qo‟llagan atamalarning katta qismi halqaro tibbiy lug‟atga
kiritilgan. Buqrotdan so‟ng qadimgi yunon tilidagi tibbiy atamashunoslikning
shaklanishida Aleksandriya tibbiyot maktabidan (miloddan avvalgi IV asr) Gerofil,
Erozistrat (taxm. miloddan avvalgi 330-240 yillar), keyinroq Ruf Efesskiy (taxm.
miloddan avvalgi I asr) va olim, faylasuf, vrach, anatom, farmatsevt Klavdiy Galen
10
(taxm. miloddan avvalgi 129-yillar) eng ko‟p hissa qo‟shganlar. Ular Buqrot bilan birga
ilmiy tibbiy atamashunoslikka asos solganlar.
Davrlar mobaynida lotin tiliga juda ko‟plab yunoncha so‟zlar kirib kеldi.
O‟z nеgizini saqlagan holda lotinlashgan yunon atamalari asta-sеkin halqaro miqyosda
tan olindi. Yunon yozuvi ta‟sirida lotin alifbosi 2 harfga ko`paydi
Do'stlaringiz bilan baham: |