Energetika-AQSH eng qudratli yoqilqi-energetika sanoatiga ega. Uning asosini ko'mir,neft va tabiiy gaz bilan yaxshi ta'minlangan energiya resurslari tashkil etadi.
Ko'mir sanoati-mamlakatning muhim sanoat tarmoqlaridan biri hisoblanadi. AQSH ko'mir qazib olish hajmi bo'yicha Xitoy va Rossiyadan keyingi o'rinda turadi. Mamlakatda ko'mirning asosiy qismi Appalachi ko'mir hovzasidan qazib olinadi. Shuningdek ko'mir Markaziy hovzada (Illinoys va Indiana shtatlarida), Vayoming, Kalarado,Nyu-Meksika kabi tog'li shtatlarda qazib olinmoqda. AQShda jami ko'mirning qismi ochiq usulda qazib olinadi. Qazib olinayotgan ko'mirning asosiy iste'molchisi issiqlik elektr stansiyalari (IES) hisoblanadi. Hozirgi vaqtda mamlakatda yiliga 1 mlrd ga yaqin ko'mir qazib olinmoqda.
AQShda neftga bo'lgan ehtiyoj mamlakat ichki qismidan qazib olinayotgan neft va Kanada, Venesuela va Fors qo'ltig'i mamlakatlaridan import qilinayotgan neft hisobiga qondirilmoqda. AQSH neftning aniqlangan zaxirasi bo'yicha g'arbning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar orasida birinchi va dunyodagi birinchi o'nlik mamlakatlar qatoriga kiradi. Mamlakatning asosiy neft qazib oluvchi shtatlarga Texas, Luiziana, Alyaska, Kaliforniya kabi shtatlar kiradi.
Mamlakatlarning tabiiy gazga bo'lgan ehtiyoji Texas, Luiziana, Oklaxoma, Nyu-Meksika, Vayoming shtatlaridan qazib olinayotgan tabiiy gaz va Kanadadan import asosida olib kelinayotgan tabiiy gaz hisobiga qondirilmoqda. AQSH tabiiy gaz qazib olish bo'yicha faqat Rossiyadan keyinda turadi. Neft AQSH yoqilg'i-energetika xo'jaligining asosini tashkil etadi. Dunyoning eng yirik neft monopoliyalariga «Eksson», «Teksako», «Golf oyl» kabi korporasiyalari kiradi.
AQSH elektroenergiya ishlab chiqarish bo'yicha ham elektrostansiyalarning yalpi quvvati bo'yicha ham dunyoda birinchi o'rinni egallaydi. Elektro energiya ishlab chiqarish tarkibida ko'mir,gaz,mazutga tayanib ishlovchi issiqlik elektrstansiyalarining ulushi 70 foizni, 22 foizni GES va AESlarga, muqobil energiya manbalari (geotermal, quyosh va shamol stansiyalariga 1 foiz to'g'ri keladi) AQSH AESlarda ishlaydigan energiya bloklarining soni bo'yicha ham dunyoda birinchi o'rinni egallaydi. Atom elektrostansiyalar asosan sharqda qurib ishga tushirilgan.
Mamlakatda mingdan ortiq GESlar ishlab turibdi.Eng yirik katta elektr stansiyalar Tennesi va Vashington shtatlar qurilgan. Vashington shtatida esa Kolumbiya daryosiga umumiy quvvati 20 mln kvt bo'lgan dunyodagi eng yirik GESlar kaskadi bunyod etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |